Baxitli Serdalieva - Qoraqalpoq davlat universiteti Chet tillar fakulteti Ingliz tili filologiyasi talabasi
Savol: "Meni sportga yetaklab borgan kishi”, deya kimnidir ayta olasizmi?
Javob: Ha. Ota-onam meni ko’p to’garaklarga, sport turlariga olip borishgan. Menimcha, har bir ota-ona o’z farzandini qaysi sohada iste’dodi borligini aniqlashi, to’g’ri yo’naltirishi zarur. Shuning uchun ham bolani ota-onasi "yetaklab olib bor”gani yaxshi narsa.
Savol: Nima uchun kurashasiz?
Javob: Har bir sport musobaqasidan oldin o’z oldimga maqsad qo’yaman. Shuning uchun sportda ahamiyatlisi - javobgarchilik hissi deb o’ylayman. Shu narsa meni uch bora sportning Taekvan-do turi bo’yicha O’zbekiston chempioni bo’lishimga sabab bo’lgan bo’lsa ajib emas.
Savol: Sport insonning ma’naviy olamiga qanday ta’sir ko’rsatadi?
Javob: Sport ayniqsa, qiz bolalar uchun ahamiyatli. Turlariga qarab sport har xil hususiyatlarni shakllantiradi. Masalan, qizlarga o’z yo’lidan adashmaslikka, irodali, kuchli bo’lishiga yordam beradi. Faqatgina jismoniy emas, balki ma’naviy tomondan ham yetuklikka yetaklaydi.
Eduard Egamberdiyev Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi, Prezident stipendianti:
Obod yurtimizga bayramlar yarashadi, mana qoraqalpoq elida davom etayotgan yoshlar festivali ko’tarinki kayfiyatda davom etmoqda. Bizni o’zimiz ustida yanada yaxshi ishlashga, ilim olishga undamoqda. Yoshlik bu hayotning oltin davri, chunki hayotimizning unutilmas va quvonchli onlariga to’la davr. Sababi, kelajak uchun zarur va eng ahamiyatli ta`lim-tarbiyani mana shu qisqa muddat ichida o’rganamiz, tajriba orttiramiz. Bugungi biz yoshlarga yaratilgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanishga harakat qilamiz. Haqiqatdan ham, yoshlikdagi harakatimiz, mehnatimiz vaqti kelib o’zining mevasini bermog’i aniq. Sababi, har qanday harakat natijaga quriladi. Natija esa bizni ko’klarga ko’tarib, olg’a intildiradi.
Tayrov Qudiyar Xitoyning Huawei Tech.Invest stipendianti g’olibi
—Kasb-hunar kollejida o'qib yurgan paytimda, yoshlar festivallarida va televizorlarda stipendiant bo’lgan yoshlarni ko’rib, ularga havas qilardim. Mana tinib-tinchimay bilim olib, kollejni muvaffaqqiyatli tugatib, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialiga davlat granti asosida qabul qilindim. Ozgina izlanishim, mehnatim baholanib, stipendiya egasiga aylandim.
Meyrambek Nawrizov - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali talabasi,
U-shu sport turi bo’yicha O'zbekiston va Qoraqalpog’iston chempioni.
Savol: Sportda eng muhimi nima?
Javob: Sportda eng muhimi-o’ziga bo’lgan ishonch. Mamlakatimizning bayrog’ini yuqori ko’tarishni ham niyat qilib, sport bilan shug’ullanish kerak. Sababi, bizlarga mamlakatimiz shunday imkoniyatlarni yaratib bermoqda, uni oqlashga burchlimiz. Shaxsiy manfaatni ham, yurt manfaatini ham barabar o’ringa qo’yish joiz, menimcha. Lekin, salomatlikni asrash sportda eng muhimi.
Ibragimova Go’zal - "Kamolot” stipendianti, yosh shoira
—Biz yoshlarga ko’rsatilayotgan g’amxo’rlik, yaratib berilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlarga javoban, avvalo yaxshi o’qishimiz, yetuk mutaxassis bo’lib yetishishimiz, egallagan bilim va malakamizni Vatanimiz taraqqiyoti yo’liga baxshida etishimiz kerak. Darhaqiqat, ilim va tafakkur odamlar qalbiga nur, ongiga shuur olib kiradigan, dunyoqarashini kengaytiradigan, ezgu ishlarga chorlaydigan mo’jizadir. Men buni "Biz buyuk yurt farzandlarimiz!” yoshlar festivali davomida o’z tanamda his qilib turibman.
Abubakir Uzaqbaev- Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi, akademik eshkak eshish sport turi bo’yicha Azia chempioni
Savol: Yutuqlaringiz xronikasi bilan tanishsak?
Javob: 2009-yil Katta Moskva rigatasida 2 oltin medalni qo’lga kiritgan bo’lsam, 2010-yil Singapur shahrida bo’lib o’tkan Aziya kubogida 1000-2000 metr oralig’ida eshkak eshish musobaqasida ikkinchi o’rinni egalladim. 2011-yil Korea Respublikasida yakka qayiqda eshkak eshish bo’yicha ikkinchi o’rinni, 4 kishilik qayiq bo’yicha musobaqada birinchi o’rinni, 2013-yil Xitoyning Luan shahrida o’tkazilgan musobaqada ikkinchi o’rinni, 2014-yil Moskvada o’tkazilgan sport musobaqasida uchinchi o’rinni, 2015-yil Aziya kubogida ikkinchi o’rinni qo’lga kiritdim.
Savol: Yuqori marralarga erishib, muhtaram Prezidentimizning sovg’asini qabul qilgansiz. Sizningcha, siz, umuman qoraqalpog’iston yoshlari qanday qilib katta marralarga erishmoqda.
Javob: Qoraqalpog’iston sportchilari bardoshliligi, intiluvchanligi bois ko’pgina sport turlari bilan shug’ullanib, jahon minbarlarida yuqori pag’onalarni egallab kelmoqda. Bugungi kunga qadar musobaqalarga tayyorgarlik "Do'stlik” kanalida olib borilar edi. Hozir bu sport turiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Akademik eshkak eshish sportidagi yutuqlarim uchun muhtaram Prezidentimiz bilan uchrashishga, sovg’asini olishga muyassar bo’ldim.
Yoshlarimiz mamlakatimiz, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar to’grisida gapirar ekan, ko’zlarida bugungi kunga shukronalik, kelajakka ishonch hissi ko’rinadi. Biz ularga "Imkoniyatlar mamlakati” - O’zbekistonning bayrog’ini, manfaatini doim ko’klarda ko’tarib yurish imkoniyatini tilaymiz.
G. O’teniyazova
B. Kalmuratov.
www.kamolot.uz sayti uchun maxsus.
Etuk va barkamol avlodni rivojlantirishda internet saytlarining o’rni
Insoniyat xizmatining turli sohalariga axborot texnologiyalarining kirib kelishi rivojlanish jarayoniga o’zining ijoviy ta’sirini o’tkazmoqda. Bugungi kunga kelib axborot texnologiyalari va internet davr nigohini belgilovchi...
Konstitutsiya - baxtimiz poydevori!
Har yili konstitutsiyamiz qabul qilingan kuni nishonlar ekanmiz davlatimiz rahbari o’zlarining bayram tabrigini fuqorolarga yo’llaydi. O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi mamlakatimizning demokratik davlat va fuqorolik...