Bilim All
   Son'g'ı qosılg'an resurslar
    » » » O’qituvchining kommunikativ qobiliyatida so’z bilan og’zaki ta’sir o’tkazish

    O’qituvchining kommunikativ qobiliyatida so’z bilan og’zaki ta’sir o’tkazish
    So’z bilan og’zaki ta’sir o’tkazish o’qituvchining madaniy saviyasida va o’quvchi muloqatida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, “insonning aql-zakovati, fikr-tuyg’ulari, bilimi va madaniyat saviyasi, tafakkuri ma’lum darajada so’zda ifoda etiladi. Muomala madaniyatida so’z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi” (Aziz Yunusov). So’z bilan og’zaki ta’sir o’tkazishni amalda o’z pedagogik faoliyatida qo’llovchi o’qituvchi o’z hissiyotlarini ijodiy ta’sirlanishni boshqarish ko’nikmalariga ega bo’lishi va o’z his-tuyg’ularini faqat ta’lim-tarbiyaviy maqsadni amalga oshirish uchun ifodalashi hamda o’quvchi qalbini noo’rin so’zlar bilan jarohatlab qo’ymasligi, so’zlarni aniq ifodalashda pedagogik takt qonun-qoidalaridan chetga chiqib ketmasligi lozim. O’qituvchining imo-ishoralari va yuz harakatlari so’z bilan og’zaki ta’sir qilishni kuchaytiradi. Yuz harakatlari va imo-ishoralar nutqda ovozning baland-pastligi bilan mos kelishi kerak. O’qituvchining sinf jamoasi bilan bo’lg’usi muloqatga tayyorgariligiga doir ibratli misol F.Samuylenkovning “O’qituvchining mahorati va takti uning obro’sidir” asarida shunday keltiriladi: “Men VIII “B” sinfiga kirishimdan oldin o’qituvchilar xonasidayoq yuzimdagi tabassumni quvaman. Sinfga kirishda oldin ongli ravishda bir lahza to’xtab o’zimni to’grilab olaman, o’zimga jiddiy, deyarli ifodasiz tus beraman. O’quvchilar bilan kam, juda aniq, keskin gaplashaman. Hech qanday hazilga yo’l qo’ymayman. Dars berayotgan vaqtimda o’tirmayman, bolalar bilan rasman xushmuomalada bo’laman. Bunday maromni saqlash menga oson emas, lekin shunga o’rganganman, chunki hozircha o’zimni bu dinfda boshqacha tutishim mumkin emas: sinf tez ta’sirlanuvchan, tezda qirg’oqdan chiqib ketadi va yana oqimga qaytib tushishi qiyin” . olimning bu mulohazalari bugungi kunda ham o’z qudratini yo’qotgan emas.

    Hozirgi davrda o’qituvchi faoliyatida uchraydigan kommunikativ munosabatlarda so’z bilan og’zaki ta’sir etish nihoyatda xilma-xil bo’lib, bevosita pedagogik ta’sir ko’rsatishning nisbatan mustaqil ko’rinishini o’zida mujassamlashtiradi. Ayniqsa, pedagogik ta’sir etishni tashkillashtirishda so’zning ahamiyati bilan bog’liq bo’lgan pedagogik muomala madaniyatiga va tarbiyachining shirin so’zligiga alohida talablar qo’yiladi. So’zlashganda odob va ehtirom o’qituvchining pedagogik mahoratida uchraydigan muhim insoniy fazilati sifatida namoyon bo’ladi. O’qituvchining kasbiy faoliyatida xushmuomalalikning yosh o’qituvchi amal qiladigan quyidagi mezonlarini alohida ta’kidlab o’tamiz:

    Tavsiya etilayotgan tizim asosida o’qituvchi shaxsiyatida xushmuomalalik va insonparvarlik shakllanadi. U o’z faoliyati davomida so’z boyligini takomillashitirib boradi. Til boyligini go’zal imkoniyatlarida unumli foydalanib, nutqining ta’sirchan bo’lishiga intiladi. Go’zal so’zlay bilish
    ham san’at. Bu san’atdan bebahra qolgan o’qituvchida kasbiy mahorat shakllanmaydi. Shuning uchun ham har doim, ayniqsa, o’qituvchi nutqining ravon va go’zal bo’lishiga intilishi kerak. Zero, o’qituvchining asosiy quroli, uning so’z boyligidir.


    Muqaddas Allambergenova
    NUKUS SHAHRI 38-SONLI MAKTABNING
    ONA TILI VA ADABIYOTI O’QITUVCHISI.

    Bilim All » Ilimiy maqalalar bo'limi | 30-yanvar, 2015 jıl
    Bul bet 13132 ret ko'rildi.


    Reyting: Maqala unadima? Baha beriw sizin' qolın'ızda!
    +6


    Sportchining g’alabasi

    Bizning sinfda Akbar ismli o'quvchi o'qiydi. Hozir shu yigitcha haqida hikoya qilmoqchiman. U juda qo'pol, og'zidan faqat yomon so'z chiqadigan, har-xil qiliqlar qilib birovlar ustidan yuradigan va albatta baholariga havas qilib...

    Kutilgan savolga kutilmagan javob

    Bir saltanatda ,zehinli, notiq, shoir yigit yashar ekan. Yigit saroyda kichik lavozimda ishlashiga qaramay , podshoh uning maslahatlariga quloq solardi. Ammo uni vazirlar xushlamas edilar. “- Bizdek vazirlar turib, uning gapini...

    Chechaklar safiga qo’shilgan g’uncha

    Bolalik va yoshlikni inson umrining tongi deb atasak, o’rinli o’xshatish qilgan bo’lamiz. Bu beg’ubor davrda har bir o’g’il-qiz bir dunyo orzu-umidlar og’ushida yashaydi. Hayot, umrning ma’nosi to’g’risida o’z dunyoqarashi,...

    Qayg’ularim bilan sherikman mangu!

    Yuragimning tubidasan, Orzularim tog’idasan, Ko’ngilginam bog’idasan, Ilk sevgilim yodimdasan!...











 English Time


Login:
Parol:
«    Noyabr 2024    »
DuSiSaPiJuSeEk
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
 Tamaddun nurı jurnalı

 Ku'nnin' qaharmani                  


Megaline.uz 2012-2016
E-ma'nzil: info@megaline.uz
Megaline.uz - saytının' informatsiyalıq resurs bazası "Bilim All" 2016.
Sayt materialların ruxsatsız ja'riyalaw qadag'an etiledi.