Bilim All
   Son'g'ı qosılg'an resurslar
    » » » BIOLOGIYA FANINI O’QITISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING AMALIY AHAMIYATI

    BIOLOGIYA FANINI O’QITISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING AMALIY AHAMIYATI
    Reyimbayeva Nilufar
    Beruniy pedagogika kolleji o’qituvchisi


    BIOLOGIYA FANINI O’QITISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING AMALIY AHAMIYATIHar bir dars o’quvchi uchun yangi axborotdir. Ayniqsa, yangi o’quv materiali orqali o’quvchilarni bilim va ko’nikmalarini shakllantirish asosiy ta’lim sifatini ta’minlovchi omildir. O’quvchilarga yangi bilimlarni berish va olingan yangi bilimlar asosida ko’nikmalarni shakllantirish uchun kichik guruhlarda ishlash, vizuallashtirish, mustaqil ijodiy ishlash, o’yin mashqlari va rolli o’yinlar kabi noan’anaviy ta’lim metodlaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Mana shularni hisobga olgan holda, ta’lim jarayonini samarali tashkil qilish borasida bugungi kunda juda ko’plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. O’quv jarayonining markazida o’quvchi shaxsi va qadri, ma’naviyati turar ekan, har bir o’qituvchi bu jarayonni samarali va qiziqarli qilib tashkil qila olishi kerak. Shuni e’tiborda turish kerakki, shaxsga qaratilgan ta’lim, o’quvchining o’quv-biluv mehnatini tashkil etishni harakatlantiruvchi, uning qiziqish, xohish, talab-istaklarini ro’yobga chiqaruvchi kuch bo’lib xizmat qiladi. O’quvchi shaxsiga qaratilgan ta’lim, o’quvchining faolligini oshirish, mustaqil, ijodiy fikrlashga o’rgatish, mustaqillligi va erkinligini ta’min etish, qiziqishlari asosida ish yuritish, ichki imkoniyatlarini ishga solish, o’z qiziqishlari orqali qo’shimcha ta’lim olishga yo’llash, o’z-o’zini rivojlantirishni o’z ichiga oladi.

    Aynan mana shu jarayonda katta natijalarga erishish maqsadida hozirgi davr ta’lim taraqqiyoti yangi yo’nalish-innovatsion pedagogikani maydonda olib chiqdi. “Innovatsion pedagogika” termini va unga xos bo’lgan tadqiqotlar G’arbiy Yevropa va AQSHda 60-yillarda paydo bo’ldi. “Innovatsiya” (inglizcha innovation)-yangilik kiritish, yangilikdir. Ya’ni ta’lim tizimini tashkil qilishda har ikki tomon ya’ni o’qituvchi va o’quvchi orasida yangi metodla orqali darslarni tashkil qilish, turli interfaol usullar orqali bilimlar berish- bir so’z bilan aytganda ta’lim jarayonida yangilik yaratishdir.

    Interfaol ta’lim jarayonida dars o’quvchilarning o’zaro muloqotlari asosida amalga oshiriladi. Interaktiv ingliz so’zidan olingan bo’lib, “Interakt”, ya’ni, Inter- bu “o’zaro”, “akt”-harakat, ta’sir, faollik ma’nolarini bildiradi. Interfaol metod-ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi faollikni oshirish orqali ularning o’zaro harakati, ta’siri ostida bilimlarni o’zlashtirishni kafolatlash, shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu usullarni qo’llash dars sifati va samaradorligini oshirishga yordam beradi. Uning asosiy mezonlari-norasmiy bahs-munozalar o’tkazish, o’quv materialini erkin bayon etish, mustaqil bayon etish, mustaqil o’qish, o’rganish, seminarlar o’tkazish, o’quvchilarni tashabbus ko’rsatishlariga imkoniyatlar yaratalishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriq , vazifalar berish, yozma ishlar bajarish va boshqalardan iborat. Interfaollik-o’zaro faollik, harakat, ta’sirchanlik, o’quvchi-o’qituvchi, o’quvchi-o’quvchi (sub’ekt-sub’ekt) suhbatlarida sodir bo’ladi. Interfaol metodlarning bosh maqsadi-o’quv jarayoni uchun eng qulay muhit va vaziyat yaratish orqali o’quvchining faol, erkin, ijodiy fikr yuritish, uni ehtiyoj, qiziqishlari, ichki imkoniyatlari ishga solishga muhit yaratadi.

    Mana shularni hisobga olib o’rta maxsus ta’lim bosqichida ham darslarni noan’anaviy tarzda tashkil qilish, hamda innnavatsion metodlar asosida bilimlar berish o’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida katta yordam va samara bermoqda. Ta’limning bu bosqichida biologiya fani darslarini ham interaktiv usullar asosida olib borish, o’quvchining tushuncha va nazariyalarni to’g’ri anglab, bu bilimlarini amaliy va labaratoriya darslarida mustaqil sinab ko’rish ko’nikmalarini hosil qilmoqda. Jumladan, akademik litsey va kasb hunar kollejlari uchun “Biologiya” darsligida “Evolutsion tushunchalarning paydo bo’lishi” mavzusini turli interaktiv usullardan foydalangan holda tashkil qilish mumkin.

    “Keys stadi” usuli-(case inglizcha-to’plam, aniq vazaiyat, study-o’rganish)- bu usul odatiy hayotni tashkillashtiruvchi vaziyatlarni yaratuvchi va ta’lim oluvchilardan maqsadga muvofiqroq yechim izlashni talab qiluvchi, hayotdan olingan odatiy vaziyatlarni tashkillashtirish yok isun’iy yaratilgan vaziyatlarga asoslanadi. Bunga ko’ra o’qituvchi avvaldan mashg’ulotning mavzusi hamda maqsadi topshiriq sifatida beradi. Bundan kutilayotgan natijani o’quvchilarga tushintiradi. Yuqoridagi mavzu asosida guruhda bahs-munozarali muhitni tashkil qilish uchun, dastlab savollar o’rtaga tashlanadi. Guruhdagi o’quvchilar bu savollar asosida o’z fikr mulohazalarini bayon qilishlari so’raladi. Masalan, 1. Ch.Darvinning “Bigl” kemasida qilgan sayohati va uning ahamiyati; 2. Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinoning evolutsion qarashlari; singari fikrlarlar ketma-ketligini talab qiluvchi savollar beriladi. Qarashlar va bahslarni jonlantirish maqsadida turli video-lavhalar, rasmlardan ham foydalanish mumkin.

    Yuqoridagi savollarga o’quvchilar guruh bo’lib taqdimotlar ishlab chiqadilar. Har bir guruh fikrlari tinglanadi va qarama-qarshi fikrlarga izoh talab qilinadi. O’qituvchi o’quvchilarni to’g’ri bahsga kirishishga yo’naltiradi. Keys-ta’lim oluvchilarga muammoni ifodalashni va maqsadga muvofiqroq yechim izlashga yo’naltiruvchi, bir guruh insonlar yoki alohida shaxslarni hayotiy tashkillashishidan olingan ma’lum sharoitlarini bayonli taqdim etilishidan iborat. Keys-stadi qo’llanilgan mashg’ulot oxirida o’qituvchi bahs-munozaralar xususida o’z xulosalarini keltiradi, tushintirishlar beradi.

    “Evolutsion tushinchalarning paydo bo’lishi” mavzusini yana “NAmoyish usul”idan foydalanib ham tashkil qilish mumkin. Bunda o’quvchilarga shu mavzu yuzasidan nazariy bilimlar beriladi. Namoyish-ta’lim oluvchilarni obekt va hodisalar, jarayonlarni ularning tabiiy ko’rinishida ko’rgazmali-hissiy tanishtirish usulidir. Bu usulning yetakchi vazifasi o’qitish hisoblanadi. Mazkur mavzu yuzasidan o’qituvchi quyidagicha namoyish materiallarini ishlab chiqishi mumkin:
    1-slayd
    Tabiatning tuzilishi, unda ro’y beradigan voqea hodislar
    haqidagi tushinchalar eramizdan bir necha ming
    yillar ilgari qadimgi sharq mamlakatlarida paydo bo’lgan:

    BIOLOGIYA FANINI O’QITISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING AMALIY AHAMIYATI

    2-slayd

    BIOLOGIYA FANINI O’QITISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING AMALIY AHAMIYATI

    Ta’lim oluvchilar namoyish qilinayotgan obektni yaxshi ko’rishlari va imkon qadar unda nimalar aks etganligini xotirasida saqlay olishlari lozim bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida o’qituvchining pedagogik mahorati bilan belgilanadi.
    Shuningdek, “Evolutsion tushinchalarning paydo bo’lishi”mavzusini “Aqliy hujum”, “Orkestr”, “BAhs”, “Pinbord” texnikalaridan foydalangan holda ham tashkil qilishi mumkin.
    Shunday qilib, har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi bo’lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Mustaqillikni mustahkamlashning strategic yo’lida og’ishmay davom etayotgan va iqtisodiyotni rivojlantirish yo’liga kirib borayotgan mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilish, unga rivojlangan mamlakatlarning ilg’or texnologiyalarini joriy qilish, milliy qadriyatimizni singdirgan holda ta’limni tashkil etish, bu jarayonni puxta va samarali amalga oshirish ishlari bugungi kunda davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Bu yo’lda har bir pedagogdan talab qilinadigan asosiy vazifa esa sidqidildan mehnat qilish va ta’lim tizimini yaxshilashdir.

    Foydalanilgan adabiyotlar:
    1. H.T.Omonov, N.X.Xo’jayev “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” T-“Iqtisodiyot moliya”-2009
    2. A.Xoliqov “Pedagogik mahorat” T-2009
    3. “Biologiya” (Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun) darslik.T-2012

    Fayl ko'lemi:
    BIOLOGIYA FANINI O’QITISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING AMALIY AHAMIYATIKo’shirip alıw/Ñêà÷àòü (TAS-IX)

    Bilim All » Ilimiy maqalalar bo'limi | 15-noyabr, 2014 jıl
    Bul bet 10308 ret ko'rildi.


    Reyting: Maqala unadima? Baha beriw sizin' qolın'ızda!
    +6


    Ilk sevganimga!

    Men u payt yeti yoshlarda edim, Birovni sevishga hali yosh edim, Lekin men sevardim sinfdoshimni, O’ziga aytishga tortinar edim....

    Qayg’ularim bilan sherikman mangu!

    Yuragimning tubidasan, Orzularim tog’idasan, Ko’ngilginam bog’idasan, Ilk sevgilim yodimdasan!...

    Insonga sevgisi bo’ladi qalqon!

    Mana yana bir kunim o’tyapdi asta, Yuragim siz sabab hali ham xasta, Dunyoda yagona tilagim bitta, Men sizni unitay jonim bir pasta!...

    Olloxim kim bilandir taqdirim bog’lar!!!

    Umr yo’li bizlarni har yonga chorlar, Bu yo’lda paydo bo’lar har xilli bog’lar, Bu bog’dan o’tarman qalbimda dog’lar, Olloxim kim bilandir taqdirim bog’lar....

    Seni o’ylab!

    Seni o’ylab ko’zimdan yoshlar to’kildi Seni deya mag’rurgina qaddim bukildi Bu xolimni ko’rib dushmanlar kuldi Dardim ichimdadir ayta olmayman Shunda ham hech sendan kecha olmayman!!!...











 English Time


Login:
Parol:
«    Noyabr 2024    »
DuSiSaPiJuSeEk
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
 Tamaddun nurı jurnalı

 Ku'nnin' qaharmani                  


Megaline.uz 2012-2016
E-ma'nzil: info@megaline.uz
Megaline.uz - saytının' informatsiyalıq resurs bazası "Bilim All" 2016.
Sayt materialların ruxsatsız ja'riyalaw qadag'an etiledi.