Kunlarning bir kuni onam ertalabdan qayoqqadir otlanayotgan ekan qayoqqa ketayotganini so’radim. Shunda ular xolamning ovisinlari qizini uzatayotganini va shu to’yga borish uchun taraddutlanayotganligini aytdi va biroz sukuntdan keyin “tavba peshonada bo’lsa qochib qutilmaysan degani shu ekanda, qizni Turkiyaga turmushga berayotgan ekan, qara-ya Toshkentda o’qib yurganida internet orqali tanishib qolibdi.” O’zimcha o’ylab qo’yaman turmushga chiqaman desa qishloqda yigit degani qurib qolibdimi, ha mayli qishloqning yigitlari yoqmasa ana o’qib
yurgan yeringda bordir o’shalarning birontasining boshini aylantirib ol. “Oyi bu ham odamlarning diqqatini o’ziga tortishning bir usulida, bo’lmas shu topgan turk yigitining “oy”i bor deysizmi yoki bir boyvachchadir-da”. Onam o’ylanib qoladi, “bilmadim bolam, bo’sa bordir lekin ko’ngil ishi degan narsalar ham bor” deydi-yu, men qilishim kerak bo’lgan kundalik ishlarni yana bir bor eslatib o’tadi “mollaringa qara, tovuqlarni esingdan chiqarma, ariqqa suv kelsa tomarqadagi ekinlarni sug’or va hakozo.. ” uzundan uzoq ro’yxat onamning qorasi ko’rinmay ketguncha davom etadi.
Bel bog’lab birin ketin ishlarni bajarishga kirishaman zum o’tmasdan tushlik vaqti bo’lib qoladi oziroq dam olaman, ovqatlangach yana ishga sho’ng’iyman. Kech kiradi, o’ylab qarasam ko’zga ko’rinarlik hech qanday ish qilmaganmanu lekin o’lgudek charchayman. Bu ishyoqmasligimdan emas uy ishlarining yugur yugurlari, ayniqsa qishloq joyida odamning rosa madorini quritadi. Kunlar haftalar oylar yillar shu zayilda o’tadi.
Bo’ylarim cho’zilib ovozlarim do’rrillab qolgan bir paytlar, akamdan boshqa viloyatlardagi kursdoshlari haqida so’rayman. Ularnikida mehmon bo’lganidan habarim borligi uchun ularning urf odatlari ayniqsa to’ylariga qiziqaman.
Akam esa to’lib toshib viloyatlarda bo’ladigan ammo bizda uchramaydigan odatlar haqida gapira ketadi. Akamning aytishicha Samarqanddagi kursdoshining akasi uylanayotgan ekan eng yaqin do’stimsan deb akamni ham olib ketmoqchi bo’lganida ular do’stim birato’la sening to’yingda boraman desalar, bo’layotgan kelinoyim Hindistondan bahonada Samarqandni ham ko’rib qaytasan deb qo’yarda qo’ymay olib ketibdi. Ishqilib hammasi zo’r bo’libdi hind qizini qayerdan topgan ekan desam ko’yov bo’lmish magistraturani Hindistonda o’qigan ekan. O’shanda “topishib” olgan ekan. G’alati bo’lib ketaman va Turkiyaga turmushga chiqqan qizni eslayman odamlar zerikadilar-mi bilmadim birisi Hindistondan uylansa-yu, birisi Turkiyaga turmushga chiqsa, bu ham “qoryera”ning bir usulida xm.
Shunday gaplarga o’ralashib yurib maktabni keyinchallik kollejni tugatdim. Oliy o’quv yurtiga hujjatlarimni topshirdim, poytaxt oligohlarining biriga topshirmaganimdan juda afsuslanardim lekin ayni paytda sharoitimiz ham to’g’ri kelmasdi. Akang ham viloyatda tahsil olgan, uyoqlarda tanish bilishlarimiz yo’q
deb ota-onam qo’ymasdi, mening rosa achchig’im kelgandi “men nima qiz bolamidim kimlargadir topshirib qarab turing degani” derdim. Imtihonlar ham bo’ldi natijalarni kutib damim ichimga tushib yurgan bir paytlar edi. Shunday kunlarning birida ertalabdan qo’l telefonimga notanish nomerdan qo’ng’roq keldi, gaplashdim mayus va so’lg’in ovozli qiz “Akmal akaning nomerlari emasmi” deya so’radi. Gaplaridan toshkentlikka o’xshardi. Men unga yanglishib tushganligini aytdim. Nonushtadan so’ng kundalik ishlarimga sho’ng’idim yanglish qo’ng’iroq allaqachon esimdan chiqib ketgan edi, talay ishlarni bajarib tashlagan edim. Tushlik payti bo’ldi. Kun issiqmasmi tushlikdan so’ng biroz dam olmoqchi bo’ldim va cho’zildim. Bir payt ertalabgi nomerdan yana qo’ng’iroq keldi va javob berdim, deyarli ertalabgi gap so’zlar. O’ylanib qoldim yoki kimdir meni o’ynayotganmikin deb, o’ylanib yotib biroz uxlab ham qolibman sakrab o’rnimdan turdim yana va yana doimgidek qishloq hayoti. Doimgidek yugur yugurlar bir payt qosh qoraya boshladi.
Yanglish qo’ng’iroq yana bir bor meni bezovta qildi mening ishlarim ko’p bo’lganidan u bilan gaplashib ham o’tirmadim yanglishib tushganini aytdim-u telefonni qo’yib qo’ydim. Kechqurun ovqatlanib bo’lgach o’zim haligi qizga qo’ng’iroq qildim va kimligini so’radim. Shunda u “kechirasiz sizni qayta-qayta bezovta qilaverdim, bir do’stimni izlayotgan edim, telefonimdagi nomeri o’chib ketibdi oxirgi to’rtta raqami yodimda qolgan edi xuddi siznikidek” deya izoh berdi. Ovozi esa o’sha-o’sha solg’in va mayus edi.
Menda u qiz bilan tanishish istagi tug’ildi va gapdonligim tutib “ha bir do’stingizni yo’qotib qo’ygan bo’lsangiz yana bittasini topdim deya hisoblayvering, men siz bilan do’stlashaman, agar qarshi bo’lmasangiz albatta, balki haligi Akmal akangizni ham topishib yuborarman-a?” desam qizga maqul bo’ldi shekilli “yaxshi bo’lardi, sizni ovvora qilib qo’ymasam bo’ldi” dedi, ishqilib shu paytning o’zida o’n besh daqiqacha gaplashdik u haqiqatdan ham toshkentlik ekan ismini Nigora dedi bilganlarim shu bo’ldi xalos lekin u qiz men haqimda ko’p narsa bilib oldi.
Suhbatimiz tugab qolmasin deb o’zim haqimda ko’proq gapirib bergan edim-da. Ertasi kuni ham kunni kech qilib Nigoraga telefon qildim do’stini topgan topmaganligini so’radim topmagan ekan uyoq buyoqdan gaplashdik bu gal suhbatimiz uncha cho’zilmadi, gaplar tugab qolgandi, ezma bo’lmay dedimda o’zim suhbatga yakun yasadi. Shu zayilda bir haftalarcha telefon qilib yurdim shunda ham, hol-ahvol so’rashdan nariga o’tmaymiz ozgina gaplashamiz-u xayrlashamiz. Bu paytga kelib imtihon natijalari ham chiqdi o’qishga shartnoma (kontrakt) asosida qabul qilinibman, kayfiyatim yo’q bo’lib yurgan vaqtlar o’zi yaqindagina akam o’qishni bitirib uydagilar kantrakt pulini to’lashdan qutilgan edi, buning ustiga akamni shu yili uylantirish ham kerak edi.
Boshim qotib yurgan pallalar, uydagilar ham nima qilishga hayron bo’lib qolgan edi meni o’qitishni ham bilmas o’qitmaslikni ham bilmas edilar. Ularning bu
zayilda o’ylanishlariga ham asos bor edi axir, dadam ham oyim ham hech yerda ishlamsdi. Akam esa endigina ish boshlayotgandi. Ishqilib “ana o’qiyman, yo’q o’qimayman” deb yurgan kunlarimning birida Nigoraning o’zi meni yo’qlab telefon qildi, hamma gapni batafsil aytib berdim huddi ming yillik qadirdonlardek suhbatlashdik. Menga maslahatlar beradi. Ilojini qilib o’qishim kerakligini bot-bot takrorlardi. O’sha kuni u men bilan yaqindan tanishdim, asl ismi Nodira emas Barno ekanligini Toshkentdagi oligohlarning birida o’qishini aytti, ishqilib ancha gaplashdik, shu tariqa u bilan tobora qalinlashib borardik. Uydagilar meni o’qitishga qaror qildilar buni eshitgan Barno mendan ham ko’proq quvongandek edi nazarimda men o’qishga kettim.
O’qishning dastlabki haftasida telefondan bo’shamasdim unga tobora bog’lanib qolayotganimni sezardim menimcha Barnoda ham shunday holatlar ro’y berayotgandek edi. Ko’p vaqt o’tmadi men unga sevgi is’hor qildim va o’zimga o’zimning hayratim oshib borardi axir uni bir oy oldin hatto tanimasdim endi taniganim bilan uni umrimda bir marta ham ko’rmagan bo’lsam lekin sevaman deb ayttimmi deb o’zim o’zimni tushunolmasdim va shu tariqa sevgi baytlari yarala boshladi:
O’ylab zerikdim, oylab zerikdim,
Zerikib sevdim.
Qismatim aniq, tanlagan meni,
Zerikkanimdan sevaman devdim.
Boqsamchi o’ylab, o’yinmas ekan,
Sevgining o’zi meni bir o’ynab,
O’z jangoxiga qilib suvoriy, maqomat berdi,
Oliydan oliy,
Tajribasi yo’q g’o’r jangchi edim,
Lekin shunda ham zo’r jangchi edim,
Xayolimda men uchqur arslon,
Ishq xoqonligiga eng kenja sulton,
Bu olishuvning avj pallasidan,
Yurak torimning tarallasidan,
Boqib qarasam maydonda yakkash,
Qolibman o’zim men bir qalamkash,
Sevgimchi mening o’ylab zerikdi,
Oylab zerikdi, zerikkanidan,
Sevgini menga sezdirib ketti,
Ilojin qilib sevdirib ketti!!!
Anvar Allambergenov
2014-yil 19-dekabr. Juma. Nukus
Boylik sirlari
- Sevara, kel mehmon-mehmon o’ynaymiz, -dedi qo’shninikiga chiqqan Umida. Sevara esa yerga rasm chizib o’tirgan edi - Xo’p, kelaqol hozir oldingga chiqmoqchi bo’lib turgan edim, -dedi Umida Sevaraga qarab, -men senikiga...
Tuhmat qurboni
Bir kuni shaharga borish uchun odatdagidek bekatga yo’l oldim, borgandim biroz vaqt o’tgach avtobus keldi. Unga chiqdim, uning ichida odamlar siyrak edi, tanish va notanish o’zimdan katta odamlarga salom berib o’rindiqqa o’tirdim....
Og’ir o’tmish
Men hozir dengiz qirg’oqlarida dam olyapman, mayin shabada esib turibdi. Shu topda xayolimga hech nima kelmayapti. Faqat o’tmishimdan tashqari. O’tmishimning qayg’uli kunlari: mening qayg’uli kunlarim onam vafotidan so’ng...
O’ylasam
Gar men sizni o’ylasam, Yuragim o’ynab ketar. Siz haqdagi qo’shiqni, Tinmasdan kuylab ketar....
Ilk sevganimga!
Men u payt yeti yoshlarda edim, Birovni sevishga hali yosh edim, Lekin men sevardim sinfdoshimni, O’ziga aytishga tortinar edim....