Bilim All
   Son'g'ı qosılg'an resurslar
    » » » Boylik sirlari

    Boylik sirlari
    - Sevara, kel mehmon-mehmon o’ynaymiz, -dedi qo’shninikiga chiqqan Umida. Sevara esa yerga rasm chizib o’tirgan edi
    - Xo’p, kelaqol hozir oldingga chiqmoqchi bo’lib turgan edim, -dedi Umida Sevaraga qarab, -men senikiga mehmonga kelaman, sen esa meni kutib ol.
    - Ho, seni nimaga kutaman, kel yaxshisi men mehmonga boray, sen meni kutib ol, xo’pmi?
    - Yo’q, sen meni kut, - deb baqirdi Umida.
    - Nega seni kutar ekanman, yaxshi bo’lsin desang, sen meni kut, – dedi jahl bilan Sevara. Dugonalarning shovqiniga uyda tasbeh o’girib o’tirgan Sevaraning buvisi chiqib
    - Nima gap, nima shovqin? – dedi
    - Buvijon buni qarang, ha deb men mehmon bo’laman deyaveradi, - dedi Sevara
    - Men axir bunikiga mehmonga kelib bo’lgan edim- dedi yig’lamsirab Umida. Qizlar shunday tortishavergach Sevaraning buvisi ularni to’xtatish uchun:
    - Urishmanglar, yaxshisi, men sizlarga ertak aytib beraman - dedi. Ular darrov xo’p deyishdi. Peshayvonga chiqib ko’rpacha to’shab, non taxtani qo’yib o’tirgach
    - Buvijon ko’zoynagingiz bilan kitobingizni olib kelaymi? – dedi Sevara
    - Yo’q bugun men sizlarga buvangiz boshidan kechirgan bir voqeani aytib beraman, - dedi buvisi.
    - Buvangga ancha yosh vaqtida, chamasi yigirma besh-o’ttiz yoshlarda, besh olti din peshvolarini ko’radi. Ular: - qandaydir bir cho’lda qirq xonali uy bor emish. Uning ichi to’la oltin, xazina, duru javohir, boylikka liq to’la emish, u uy qum barxanlari va qum bo’ronlariga ko’milib qolgan ekan, - deb gaplashib o’tirsa, buvang:
    - Axir qum bosib qolgan bo’lsa, unga qanday qilib kirib bo’ladi, -debdi.
    - Voy, bu haqda gapirmang u yerni devu parilar egallab olishgan, u joy ruhlar makoni, - debdi bittasi.
    - Nega vahima qilasiz, odamni qo’rqitmang, u yerga tuynuk orqali kirsa bo’ladi, - debdi yana bittasi
    - Tushsa bo’ladi deb kitoblarda o’qiganman, ancha yosh paytlarimda bobomdan eshitganim ham bor edi, - debdi xotirjamlik bilan ularning kattasi.
    - Biz tushsak bo’lmasmikin shu yerga, har holda quruq qo’l bilan qaytmasdik.
    - Tushsak bo’ladi, uning uchun …. shu sur’ani yoddan bilish va kuchli, metin iroda sohibi bo’lishi kerak, har qo’rqqanimizda bitta oyat o’qimasak tamom, -deb o’zaro gaplashib o’tirsa buvang qo’rqib ketibdi. O’sha kechasi uyqusi kelmay ha deb o’sha makonli uy haqida o’ylar ekan, tahorat bilan kitob o’qib ko’plab sur’a va oyatlardan boxabar bo’libdi. Shunday qilib haligi chollar ertasiga ham uchrashibdi, murosayu-madora qilib bir qarorga kelishibdi: ulart borisharmish. Buvangada ham bu istak paydo bo’libdi ularga qarab:
    - Sizlardan iltimos, boradigan kuningizni menga aytinglar, men ham boray, - debdi. Shunda ulardan kattasi: - Biz dushanbada yo’lga chiqamiz, payshanbada u yerga yetamiz, borib bir kun tayyorlanib jumada u yerga tushamiz, – debdi.
    - Xo’p unda men tayyorgarligimni qilay - deb buvang ketibdi
    Dushanba kuni ertalab olti kishi yo’lga tushibdi, yo’l yursa ham mo’l yurib, mo’l yursa ham ko’p yurib kechqurun bir qishloqqa kelibdi. Qishloq chekkasidagi uyga kirib boshpana so’rashibdi u yerga yaxshilab joylashib bo’lgach, kechki ovqatni yeyish uchun, hammasi yig’ilishibdi, shunda uy egasi aytibdi
    - Sizlar uzoq safarga yo’l olganga o’xshaysiz, men bir bashoratchi odamni bilaman istasangiz u sizlarga oldingizda nima borligini aytib beradi, -desa odamlar o’ylanib qolibdi va bir qarorga kelibdi.
    - Bizni ertaga donishmand huzuriga olib boring, -deyishibdi. Ertalab nonushtadan so’ng uy egasi yo’lovchilarni donishmand huzuriga boshlabdi. Uyiga yetgach o’zi yo’lovchilar bilan xayrlashibdi. Shunda donishmandnig shogirdlaridan biri ustozining oldiga kirib:
    - Oltita yo’lovchi huzuringizga tashrif buyurdi, -debdi
    - Darhol ularni oldimga chorlang, – debdi hayajon bilan donishmand,
    - Sizlarni ustoz chorlayotir, kirarkansizlar, - debdi shogirdlardan bittasi. Shunday qilib oltovlon birin-ketin kirib salom berib o’tirar ekan, donishmand ularga qarab:
    - Sizlarni ancha vaqtdan beri kutaman, -desa yo’lovchilar hayron bo’libdi.
    - Sizga bizning kelishimizni kim aytdi? –deb so’rashibdi. Shunda donishmand qo’lini yuqoriga ko’tarib allohim ayon etdi debdi. Bizning bu safarga chiqishimiz taqdir ekan-da debdi yo’lovchilarning kattasi.
    - Ha, bugun seshanba, bu ketishda sizlar ulgura olmaysizlar, sizlarga ot beraman, qaytayotib tashlab ketasizlar, - debdi donishmand. Ular donishmandga rahmat aytib yo’lga tushishibdi. Otlarni choptirishib kechga qarab sahroga yetib kelishibdi. Boyliklar to’la qirq xonali uy cho’lning qay tarafida ekanligini bilmagandan so’ng bir joyda tunab qolishibdi. Chorshanba kuni “xazinalar saltanatini” qidira boshlashibdi. Cho’lni uch marta aylanib chiqishibdi shunda kimdir bo’linib izlaylik bo’lmasa topolmaymiz, -debdi, lekin uzoqlab ketmanglar odam odamni ko’radigan yerda yuring debdi kechgacha qidirishibdi charchab otlar turgan tomonga qarab yura boshlashibdi. Charchashibdi, chanqashibdi, yo’lovchilardan bittasi ancha orqada qolib ketibdi, to’xtab uni kutib turgan emishki uning baqirgan ovozini eshitibdi – Tuynuk! Tuynuk! Tuynuk! Shunda hamma shuyoqqa qarab yugurishibdi, tuynukni ko’ribdi atrofini ko’zdan kechiribdi tushamizmi deb biri tayyorlanib tursa ularning kattasi
    - Bugun xali chorshanba biz asli juma kuni tushishimiz kerak edi. Ketdik ertaga bir gap bo’lar. Kech kirib yulduzlar chiqibdi. Gulxan atrofida olti kishi o’tirar edi shunda yo’lovchilardan biri
    - Domla biz juma kunga kelishgan edik bugun esa chorshanba deb savol nazari bilan qarab, shunda domla
    - Yotib orom olaylik ertaga qum bilan tozalanaylik, kerak narsalarni tayyorlaylik nasib qilsa undan keyin juma shunda tushamiz
    Ertasi tong. Havo ochiq yo’lovchilar kelishib tuynuk og’zini kengaytirishga qaror qilibdi. Olti kishi tuynuk og’zini peshingacha kengaytirishibdi chunki qum qalin qopqa esa ochilishi qiyin ekan.
    - Mana domla odam sig’gudek bo’ldi endi qo’nimgohga qaytsak ham bo’ladi deb o’sh tarafga ravona bo’libdi. Kechlik ovqatlarini yeb bo’lib katta domla so’z boshlabdi
    - Do’stlarim bilaman har biringiz ko’plab ishlarga qodirsiz, ertaga men sizlarga yol boshlayman. Tuynukka birinchi bo’lib o’zim tushaman keyin sizlar navbatma navbat tushasizlar, -debdi. Shunda bobong o’ylanib qolibdi, oxiri hamrohlariga qarab:
    - Biz u yerga boylik axtarib ketayapmizmi yoki boshqa maqsadimiz ham bormi?
    - Ey do’stim, unaqasiyam, bunaqasiyam, -deb domla javobni qisqa qilibdi. Hamma uyquga ketibdi. Saharlab turib namoz o’qishibdi. Tayammum qilib tuynuk sari yo’l olishibdi. Tuynukka yaqinlashgan sari qo’rquv his-hayajon aralash qandaydir tuyg’u odamni chulg’ab olaveribdi. Tuynukka birinchi bo’lib katta domla tushibdi. Navbatma-navbat, birin-ketin tushib qarasalar hammayoq chinnidek toza, ozoda, oltinu kumushlar bilan liq to’la ekan. Yo’lovchilardan biri tilla tangaga qo’lini endi uzatgan ekan ilohidan bir sado kelibdi: –Tegma! Tegma! Tegma! Hamma sergak tortib qolibdi, domla yo’l boshlabdi. Bir xonaning eshigini ochgan ekan, ichi to’la xazina, boylik, lekin u yerda ilonlaru-chayonlar, sherlaru shervachchalar, odamxo’r mahluqlar ko’ziga ko’rinibdi. Domla shu zahoti cho’kkalagancha:
    - Uzr bezovta qildik, lekin yomon niyatimiz yo’q, go’zallikdan bahra olib chiqib ketamiz.
    - Sizlar necha kishisizlar? –dedi oq rangli ilon
    - Olti kishimiz, –dedi domla.
    - Orangizda Rahmonqul bormi? Shu payt hayratdan yoqa ushlagan buvang, m-m-me-me-men debdi, yo’lovchilar ham hayron ekan.
    - Buyoqqa yuringlar, -deb oq ilon go’zal bir qushga aylanib sekin uchib ularga yo’l boshlabdi va bir eshik yoniga borib dastakka qo’nibdi, eshik ohsita ochilibdi.
    - Beri kel, bu yerdagi har bir tilla, oltinning egasi bor, biz bir qo’riqchimiz, -deya buvangga oltin likobcha ichida o’n besh tanga beribdi haligi qush.
    - Endi ketinglar, bo’lmasa o’zingizga yomon, -debdi sekin. Izlariga qaytib birin-ketin tashqariga chiqishibdi, oxirida qolgan yo’lovchi ikkita tillani shartta cho’ntagiga urib chiqib ketayotsa, tuynuk berk bo’lib qolibdi.
    - Voy men qolib qo’ydim –deb jon iymoni chiqquncha baqiribdi shunda domla
    - Biror nima olmaganmiding?
    - Yo’q, olib o’libmanmi, –debdi yo’lovchi
    - Shunda nimaga yopilib qoldi?
    - Bilmasam, eh, kovishimning ichiga ikkita tanga tushib qolibdi, –debdi qamalib qolgan yo’lovchi.
    - Shunda ularni tashla axir, -deb baqiribdi domla. Yo’lovchi tangani, tashlabdi tanga yerga tegar-tegmas tuynuk o’z holiga qaytibdi. Hikoya shu joyga yetganda.
    - Bolalarim, men charchadim borib o’ynay qolinglar endi, -dedi buvi.
    - Aytib bering buvi, aytib beraqoling buvijon, - dedi erkalanib Sevara.
    - Ex, shunday qilib sahrodan qaytishibdi, otlarni ham egasiga qaytarishibdi. Bobong tangalarning beshtasini sheriklariga beribdi. O’ntasini ishlatibdi, likobchasini sotibdi, bitta tangasini yo’qotgan ekan
    - Buvijon, u yerda ilonlar nima qiladi?
    - Bolajonimey, ular ilon emas, qo’riqchi farishtalar, - deb biroz sukut saqlaydi buvi.
    - Eya dugonang uyquga ketibdi, turg’iz namozshomda uxlab bo’lmaydi.


    Xalbayeva Shirinoy.

    Bilim All » Gu'rrin'ler bo'limi | 06-yanvar, 2015 jıl
    Bul bet 3602 ret ko'rildi.


    Reyting: Maqala unadima? Baha beriw sizin' qolın'ızda!
    +1


    Qarz

    Oydin deraza oldida turib ho’ng-ho’ng yig’lardi. U xudodan erining dardiga darmon so’rardi. Xo’jayinim teziroq sog’ayib ketrsin deb kechayu-kunduz ibodat qilardi. Oydin biroz vaqtgacha deraza oldida turdi, shu payt darvoza...

    Tuhmat qurboni

    Bir kuni shaharga borish uchun odatdagidek bekatga yo’l oldim, borgandim biroz vaqt o’tgach avtobus keldi. Unga chiqdim, uning ichida odamlar siyrak edi, tanish va notanish o’zimdan katta odamlarga salom berib o’rindiqqa o’tirdim....

    Tungi yog’du

    Yoz tunlaridan biri edi. Ukam va men tashqarida yotar edik, birdan uyqum o’chdi. O’sha vaqtda tun ham yarimlab, tong ham otay deb turgan edi. Yulduzlar g’ira-shira miltirayotgan bir payt osmonda kuchli yog’du paydo bo’ldi....

    Nihol va chirmovuqlar

    Katta o’rmon ichida, bir kichkina nihol o’sardi. Nihol katta va uzoq umr ko’ryotgan daraxtlar gapini eshitishni yoqtirmas, ularning so’zlarini nazariga ilmas ekan. U o’zini hammadan chiroyli deb bilar, boshqalar gaplashsa gapini...

    Og’ir o’tmish

    Men hozir dengiz qirg’oqlarida dam olyapman, mayin shabada esib turibdi. Shu topda xayolimga hech nima kelmayapti. Faqat o’tmishimdan tashqari. O’tmishimning qayg’uli kunlari: mening qayg’uli kunlarim onam vafotidan so’ng...











 English Time


Login:
Parol:
«    Noyabr 2024    »
DuSiSaPiJuSeEk
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
 Tamaddun nurı jurnalı

 Ku'nnin' qaharmani                  


Megaline.uz 2012-2016
E-ma'nzil: info@megaline.uz
Megaline.uz - saytının' informatsiyalıq resurs bazası "Bilim All" 2016.
Sayt materialların ruxsatsız ja'riyalaw qadag'an etiledi.