- O’rgilay, Rashidning qamoqqa tushganini eshitdingizmi, -deb qoldi bittasi.
- Voy o’lmasam, anavi ombor qorovuli, cho’loq Rashidni aytayapsizmi xotini maktabda farrosh bo’lib ishlaydiganchi? - dedi ikkinchisi.
- Ha o’lmang, xuddi shu Rashidni aytayapman.
Bu gaplarni eshitib turib gap qo’shnimiz Rashid aka haqida ketayotganini darrov fahmladim, lekin ishonmadim, chunki Rashid aka necha yillardan buyon halol mehnat qilib xizmatiga xiyonat qilmagan. Bunday odamning qamoqqa olinishini tasavvurimga sig’dirolmas edim. Qandaydir nojo’ya ishlar qilib qo’yganmikin, degan shubha-yu gumonlar bilan shaharga kelganimizni payqamay qolibman. Shahardagi u-bu muhim ishlarni bitqazib qishloqqa, uyga qaytdim. Uyimiz darvozasiga yaqinlayotgan bir paytda uydan yig’lab chiqayotgan Rashid akaning ayolini va uni kuzatib qolayotgan onamlarni ko’rdim. Hayron bo’lib, onamdan so’radim:
- Nimaga yig’lab yuribdi ?
- Eh bolam, Rashid akang tuhmatga qolibdi, birovning sigirini o’g’irlagansan deb militsiyadan kelib olib ketibdi, dedi oyim.
- Nimalar deyapsiz, tushintiribiroq gapiring, avtobusda ham shunga o’xshash bir gaplar eshitdim, buning ustiga ularning sigiri yo’q edi shekilli, - dedim oyimga qarab.
Shunda oyim menga bir boshdan Rashid akaning ayoli aytgan gaplarini so’zlab berdi, onamning aytishiga qaraganda Rashid akaning turmushga chiqqan singlisi yig’lab kelibdi. Akajon, yeyishga noniniz yo’q, kuyovingizning ishlari yurishmay turibdi. Xabaringiz bor, kattagina qarzimizni to’lay olmayapmiz, buning ustiga men ham ishlamayman, deb katta miqdorda pul olib ketibdi. Oradan ancha vaqt o’tgach Rashid aka kuyoviga: - Kuyov endi pulni qaytarmasang bo’lmaydi, bir sog’in sigir olmoqchi edik, -desalar, ey qaynog’ajon, oldinroq aytmaysizmi bir o’rtog’imda oladigan pulim bor edi. Uni so’rasam sog’in sigirimni sotib beraman deyotuvdi, deb bir kuni kechqurun sigir olib kelibdi buzog’i bilan. Hech nimadan xabari yo’q oila a’zolari quvonishib sigirning oldida parvonalar bo’libdi. Bir kun o’tar o’tmas ichki ishlar idorasi xodimlari olib ketibdi, deya aytib berdi onam. Shu orada men vodiyga tog’amnikiga jo’nab ketdim, tog’amlarnikida ancha vaqt mehmon bo’lib qaytdim. Kelgach Rashid akaning keyingi taqdiri bilan qiziqdim, qo’ni- qo’shnilarning aytishicha o’sha o’g’irlikni Rashid akaning kuyovi qilgan, lekin balosiga Rashid aka qolgan ekan. U tergovchilarga barcha gapni aytib bersa ham foydasi bo’lmabdi. Kuyovi esa qochib ketgan, bu orada boshqa jinoiy ishlarining ham misi chiqib ulgurgan ekan. Rashid aka jinoiy sherik sifatida sudlanib qamalib ketibdi. Hammasidan ham achinarlisi Rashid aka nohaq tuhmat qurboni bo’ldi.
Xalbayeva Shirinoy.
Tungi yog’du
Yoz tunlaridan biri edi. Ukam va men tashqarida yotar edik, birdan uyqum o’chdi. O’sha vaqtda tun ham yarimlab, tong ham otay deb turgan edi. Yulduzlar g’ira-shira miltirayotgan bir payt osmonda kuchli yog’du paydo bo’ldi....
Vidolashuv xati
Kechki payt Beknur onasiga xat yozayotgan edi. “Onajon mana o’n oyki men uchun kuyib-pishasiz. Men uchun o’zingiz istamagan holda o’z farzandlaringizning ko’nglini ranjitdingiz. Mening hamma voqealardan xabarim bor, siz meni...
Bulbul
Yoz kunlaridan birida kechqurin tashqarida uxlash uchun yotgan edim. Somon yo’li yulduzlariga boqib xayol surayotsam alla qaysi tarafdan ajoyib bir yangradi, bu ovoz inson qalbining tub-tubidagi ezgu orzularni alangalatayotgan...
Nihol va chirmovuqlar
Katta o’rmon ichida, bir kichkina nihol o’sardi. Nihol katta va uzoq umr ko’ryotgan daraxtlar gapini eshitishni yoqtirmas, ularning so’zlarini nazariga ilmas ekan. U o’zini hammadan chiroyli deb bilar, boshqalar gaplashsa gapini...
Og’ir o’tmish
Men hozir dengiz qirg’oqlarida dam olyapman, mayin shabada esib turibdi. Shu topda xayolimga hech nima kelmayapti. Faqat o’tmishimdan tashqari. O’tmishimning qayg’uli kunlari: mening qayg’uli kunlarim onam vafotidan so’ng...