Bilim All
   Son'g'ı qosılg'an resurslar
    » » » Vidolashuv xati

    Vidolashuv xati
    Kechki payt Beknur onasiga xat yozayotgan edi. “Onajon mana o’n oyki men uchun kuyib-pishasiz. Men uchun o’zingiz istamagan holda o’z farzandlaringizning ko’nglini ranjitdingiz. Mening hamma voqealardan xabarim bor, siz meni asrab olganingizdan va buni menga hech qachon sezdirmaganingizdan ham. Men bu gaplarni tunov kuni siz men uchun dori-darmon olgani ketganingizda Charos opamdan eshitdim. U Chamangul singlimga aytayotganini eshitib yotgan edim.

    Chamangul, opamga “ sekinroq!” -desa ham nimaga sekin gapirar ekanman, eshitsa eshitaversin deb baqirdilar. Aslida meni sizga bir notanish ayol berib ketgan ekan. Yonimda ikki enlik xat ham bor emish. Xatda nima yozilgani men uchun qorong’u, aytishlaricha shu xatni o’qigandan so’ng meni mehribonlik uyiga topshirishlariga yo’l qo’ymagan ekansiz. O’sha o’n oy ilgari sodir bo’lgan avtohalokat bo’lmaganida edi men bunday qarorga kelmagan bo’lar edim. Meni deb guldek ishingizdan, bir umr kutib endi yetgan lavozimingizdan bo’shadingiz. O’tgan hafta qattiq betob bo’lib qolganimda, azroil ostonamizda mening jonimni olish uchun eshik qoqib turganida xudoga yig’lab yolvorib senga jon kerak bo’lsa mening jonimni ol lekin bolajonim tuzalib ketsin deb nola qilganingizni eshitib beixtiyor ko’zlarimdan yum-yum yosh to’kilgan edi. Onajon, Charos opamni urishib o’tirmang u menga biror bir yomonlik qilgani yo’q. Men bu yerda o’gay farzand ekanimni hech qachon sezmaganman. Buning uchun sizga mingdan ming rahmat. Mening bu qarorga kelishim oson bo’lgani yo’q, lekin shunday qilsam hammamizga yaxshi bo’ladi. Onajon men sizga bitayotganim ushbu nomani vidolashuv xati deb bilgaysiz. Meni kechiring o’g’lingiz Beknur”. Krovat yonida yotgan xat ustida qizil dog’lar bor edi. Bu dog’lar Beknurning kesilgan qon tomirlaridan silqib oqqan qon tomchilari edi.


    Xalbayeva Shirinoy.

    Bilim All » Gu'rrin'ler bo'limi | 06-yanvar, 2015 jıl
    Bul bet 2625 ret ko'rildi.


    Reyting: Maqala unadima? Baha beriw sizin' qolın'ızda!
    +1


    Bulbul

    Yoz kunlaridan birida kechqurin tashqarida uxlash uchun yotgan edim. Somon yo’li yulduzlariga boqib xayol surayotsam alla qaysi tarafdan ajoyib bir yangradi, bu ovoz inson qalbining tub-tubidagi ezgu orzularni alangalatayotgan...

    Og’ir o’tmish

    Men hozir dengiz qirg’oqlarida dam olyapman, mayin shabada esib turibdi. Shu topda xayolimga hech nima kelmayapti. Faqat o’tmishimdan tashqari. O’tmishimning qayg’uli kunlari: mening qayg’uli kunlarim onam vafotidan so’ng...

    Yarashaylik

    Vafo tomirimda oqayotgan qon, Bevafolik tanangdagi jon, Men senga ishondim sen menga inon, Kel yarashaylik....

    Ilk sevganimga!

    Men u payt yeti yoshlarda edim, Birovni sevishga hali yosh edim, Lekin men sevardim sinfdoshimni, O’ziga aytishga tortinar edim....

    Men senga baxt tilab yuribman yashab!

    Sen mendan kechding jonim ne sabab? Nega ketding mening ko’nglimni g’ashlab? Xayotda yolg’iz qilib ketdingku tashlab, Men senga baxt tilab yuribman yashab!...











 English Time


Login:
Parol:
«    Noyabr 2024    »
DuSiSaPiJuSeEk
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
 Tamaddun nurı jurnalı

 Ku'nnin' qaharmani                  


Megaline.uz 2012-2016
E-ma'nzil: info@megaline.uz
Megaline.uz - saytının' informatsiyalıq resurs bazası "Bilim All" 2016.
Sayt materialların ruxsatsız ja'riyalaw qadag'an etiledi.