Og’ir o’tmish
Men hozir dengiz qirg’oqlarida dam olyapman, mayin shabada esib turibdi. Shu topda xayolimga hech nima kelmayapti. Faqat o’tmishimdan tashqari. O’tmishimning qayg’uli kunlari: mening qayg’uli kunlarim onam vafotidan so’ng boshlangan. Onam vafotidan so’ng dadam qaytadan birinchi ayoliga uylandi. Men tog’amning uyida yashardim, u yerda hamma menga mehribonday edi. ammo aksincha bo’lgan.
Maktabga tez ko’nikib ketdim, lekin kiyimlarim ancha eskirgandi. O’sha onlar hayolidan o’ta boshladi.
- Tog’a, kiyimlarim ancha kichrayib qolgan. Yangisini olib berasizmi? - deb so’radim.
- Dada, biror joyga boray desam kiyimim yo’q - dedi tog’amning kenja qizi Zarnigor.
Hamma narsasi but bo’lsa ham u shunday dedi. Bobom va buvim nafaqa olgandi. Tog’am esa oylik. Tog’am shunda ham, hatto bobom va buvim ham:
- Hozir pulimiz kamroq, kelasi oyda olib bersak bo’lmaydimi? Va’da beraman kelasi oyda olib beraman.
Kelasi oylarning keti uzilmas edi, sinfdoshlar esa kiyimga qarab baho beradi.
- Voy Zulfiya, namuncha xunuk bo’lib ketibsan. Sal nariroqda turgin, - deyishardi.
Ustozlarim esa:
- Zufarova, bu qanaqa kiyinish?
- Zufarova, bugun ham jismoniy tarbiyaga kiyimsiz kelding-mi?
- Zufarova, kiyiming eskiribdi. Yangisini olib beraymi?
Bu so’ zlardan keyin hamma ustimdan kuladi.
Qish yaqinlashdi. Xonam sovidi.
- Xonamga pechka qo’ysam maylimi?-deb so’radim.
- Zulfiya, bor idish-tovoqlarni yuvib kel. Keyin gaplashamiz, - dedi kelinoyim.
Biroz o’tib xonaga qaytdim.
- Idishlarni yuvib bo’ldim, - dedim ohista.
- Uf, sochingni oxirgi marta qachon yuvgansan? - zarda qildi. tog’amning tong’ich qizi Shamsiya.
Hozir sovuq, boshim shamollaydi.
- Zulfiya pechka tiqmay qo’ya qol. Hozirda tiqsang zararda - dedi kelinoyim.
- Bor, yo’qol. Kayfiyatimni buzding, - deb burun jiyirdi Shamsiya.
Shu yerda bobom, buvim, tog’am hamma serial ko’rib o’tirardi. Hech kim men tomon bo’lmadi. Sovuq xonada yig’lab o’tirardim. Ular uchun tekin cho’ri edim xolos. O’qishim ham pasayib borardi.
Xona sovuqligidan shamollab qoldim. Hech kim ahvolimdan xabar olmadi. Na o’rnimdan tura olardim, na biror narsa yuta olardim. Tomog’im achishar, o’pkam og’rib, tinmay yo’talardim. Yuzlarim qorayib, o’lar ahvolga keldim. Buni dushmanimga ham ravo ko’rmasdim. Shundagina buvim meni shifokorga olib bordi. Xarajatlarni esa dadam to’ladi. Dadam bu ahvolimni ko’rib meni olib ketishga qaror qildi.
- Ho, olib ketib bo’psiz. O’gay ona qo’lida qanday hayot kechiradi. Yana ustiga- ustak o’gay opasi, ikkita singlisiyam bor-a. Hozir yegani oldida, yemagani ketida. Kiygani egnida, kiymagan kiyimi qolmadi. Siz olib ketaman deysiz-a? –degan kelinoyimniing jahl aralash ovozi eshitildi.
- Ha ko’rdim. Daydilarga o’xshab qolibdi…
Bu dadamning ovozi edi.
Janjal ovozini eshitib, yugurib tashqariga chiqdim.
- Voy qizim biznikida qolaqol. O’gay onang seni o’ldiradi. O’zing ham bilasan-ku, - derdi buvim.
- Xavotir olma qizim, ketamiz, yur, - dedi dadam.
Hamma dadamga «Keting - keting » deb baqrardi.
Men darrov dadamning oyoqlariga yopishib:
- Dada, jon dada, meni bu yerdan olib keting,- deb yig’lab yubordim.
Dadam bilan ketdim. Och-nahor, yirtiq-yamoq, xudbin insonlar dunyosidan qutuldim.
O’gay onam, opam, singillarim menga mehribon edilar. Vaqt o’tdi. Men yaxshi kasb egasiga aylandim. Va bir kuni mening oldimga, o’sha tog’amning qizi keldi.
- Voy, opajon! Anchadan beri ko’rishmadik. Sog’-salomatmisiz? Bobomni, buvimni ko’rgani kelasizda, bizni yo’qlamaysiz. Shunga o’zim keldim. To’gangizni, dadamni sal mazzasi qochib qolgandi. To’g’rirogi o’g’ir kasal bo’lib qoluvdi, -deb menga qarab turar, yuzidagi ifodaga tushinib bo’lmas edi: ta’magrlik bormidi unda yalinchoqlik?
O’zimni tushinmaganlikka olib:
- Xo’sh – dedim.
- O’zingiz tushunasiz-ku.
- Tushunmayapman-da.
- Pul kerak, -nihoyat og’zidan chiqdi.
- Qancha? –o’sha kuni unga yetarlicha pul yubordim. Va endi ular menga hech kim emas.
Yana aytaman: men jilmayib, eski og’ir kunlarimni o’ylab, yo’q unutib, dengiz qirg’oqlarida dam olyapman. O’gir o’tmishim endi yo’q.
Xalbayeva Shirinoy.

Yarashaylik
Vafo tomirimda oqayotgan qon, Bevafolik tanangdagi jon, Men senga ishondim sen menga inon, Kel yarashaylik....
Kel
Tog’lar boshi qor ekan, Ko’nglim senga zor ekan, Menga soching dor ekan, Sayrona etaylik kel....
Olloxim kim bilandir taqdirim bog’lar!!!
Umr yo’li bizlarni har yonga chorlar, Bu yo’lda paydo bo’lar har xilli bog’lar, Bu bog’dan o’tarman qalbimda dog’lar, Olloxim kim bilandir taqdirim bog’lar....
Sevib sevilish xayot qonuni!
Bu dunyodan hech kim yolg’iz o’tmasin Buni hatto dushmanimga ko’rmasman ravo Baxtsizlik hech kim qo’lidan tutmasin Kelsa ham baxtsizlik lek qilmang parvo!...
Seni o’ylab!
Seni o’ylab ko’zimdan yoshlar to’kildi Seni deya mag’rurgina qaddim bukildi Bu xolimni ko’rib dushmanlar kuldi Dardim ichimdadir ayta olmayman Shunda ham hech sendan kecha olmayman!!!...