Bilim All
   Son'g'ı qosılg'an resurslar

    Qarz
    Oydin deraza oldida turib ho’ng-ho’ng yig’lardi. U xudodan erining dardiga darmon so’rardi. Xo’jayinim teziroq sog’ayib ketrsin deb kechayu-kunduz ibodat qilardi. Oydin biroz vaqtgacha deraza oldida turdi, shu payt darvoza eshigini kimdir taqqillatayotganini eshitdi. Yugurib borib eshikni ochib qarasa qo’shnisi Fotima. Uning judayam jahli chiqib turgan ekan, eshik ochilishi bilan shang’illab ketdi.
    - Iye, qo’shni, o’zi sizda insof bormi, bugun qarzingizni qaytarib berishning oxirgi kuni, umid qilamanki pulimni olib ketaman.
    Oydin unga nimalardir demoqchi bo’ldiyu, lekin Fotima og’iz ochirgani qo’ymadi. Fotimaning gapi orasida qo’shnijon, meni eshiting, -deya baqirib yubordi.
    - Siz hali menga baqirdingizmi, yo’q, ayting, menga baqirdingizmi, hali shunaqami, rahmatingiz shu bo’ldimi? Tezda pulni olib chiqing, –dedi gapining oxirida ovozini balandlatib. Oydin sekingina gap boshladi.
    - Sizga shuni aytmoqchi edim, hozir uyda pul yo’q edi-da opajon, –deya iymanibgina gapini tugatdi.
    Fotima qop-qora qosh-ko’zlarini chimirib, basharasini bujmaytirgancha indamay chiqib ketdi. Oydin esa hayron bo’ldi, indamagandan qo’rq deganday o’yda ichkari tomon yurdi va bemor yotgan erining holidan xabar olgani kirdi.
    - Dadasi, uyg’ondingizmi, –dedi muloyimlik bilan
    - Hovlida boya xovlida kimdir ovozini balandlatib gapirganday bo’ldimi, –dedi titroq ovoz bilan Oydinning eri Xolmurod.
    - Ha, qo’shnimiz Fotima opa chiqibdilar. Bechora juda yaxshi ayolda, eringiz tuzalib qoldimi deb chiqibdi boyaqish, – dedi erini tashvishga solmaslik niyatida.
    Ajabo, umrida uylariga oyoq bosmaydigan Fotima nega shu kunlari serqatnov bo’lib qolganini o’ylardi Xolmurod. Shu payt hovlida baqir-chaqir ovozlar eshitildi. Oydin nima gapligini bilish uchun hovliga chiqqan edi uchta militsiya xodimi va Fotima molxona tarafga ketishayotganini ko’rdi. Oydin ularning ketidan yugurdi va ularning oldini to’sdi:
    - Voy akalar, nima gap, nima qilmoqchisizlar mening uyimda, na salom bor, na alik bor, –dedi Oydin hovliqib. Shunda bittasi:
    - Singlim, bu ayoldan qarz olganmidingiz? –dedi Fotimani ko’rsatib. Oydin esa, ha ma’nosida sekingina bosh irg’adi
    - Bizga shikoyat tushgan, qo’shningizning pulini ancha vaqtdan buyon bermay kelar ekansiz, buning ustiga unga berib qo’ygan tilxatda ko’rsatgan muddatdan ham vaqti o’tib ketgan ekan. Pulingiz bo’lsa hoziroq bering, bo’lmasa qo’shningiz bergan shikoyat va tilxatingizni asos qilgan holda sigiringizni bu kishiga xatlab berishga majburmiz, –dedi qonun posbonlari. Oydinning ko’zlari yoshga to’ldi va yalina boshladi.
    - Hozir pulim yo’q, biroq bir necha kunga albatta qaytaraman. Lekin sigirimga tegmanglar, hozir bir kunimizga yaratib o’tirganimiz shu sigir axir, –deb xudonong zorini qildi.
    Xodimlar, Oydin va Fotima molxonaga bordilar Oydin hamon yalinishda davom etardi. Xodimlar molxona qarshisida Fotimaga qarab govmishni yeching, buzoqchasi qolsin dedi. Fotima esa kelgandan buyon gapirmasdi, sigirning arqonini yechib darvoza tomon yetakladilar. Shunda Oydin sigirning arqoniga dodlab yopishdi va
    - Gapimni eshitinglar, shundan so’ng sigirni olib ketasizmi, tashlab ketasizmi vijdoningizga havola, –deya yig’lay- yig’lay gap boshladi.
    - Erim sho’rlik mana bir yildan beri yurolmaydi, falaj bo’lib qolgan, o’zim hech qayerda ishlamayman, uch nafar farzandim bor, Tohir va Zuhra, kichkinam beshik bolasi. Shu sigir sutini sotib ro’zg’or tebratib o’tiribmiz, norasidalarning rizqidan ayirmang, deb Oydin gapini tugatdi, militsiya xodimlari indamasdi, kuz fasli bo’lganligidanmi yomg’ir yog’ay-yog’ay deb turgandi, birdan momaqaldiroq gumburladi. Hamma jim edi. Fotima shitob bilan arqonni tortdi.
    - Buning gaplariga ishonmang, bunday holga tushishga o’zi sababchi, erini to’shkka mixlagan ham o’zi. O’z to’yini to’xtatib, bu yigitning fotihasini buzib uning bo’yniga ilondek osilgan ham o’zi.
    Fotima shunaqangi gaplarni aytib sigirni yetakladi-da hovlidan chiqib ketdi, ketidan militsionerlar ham chiqib ketishdi. Shu payt ichkaridan Xolmuridning ovozi eshitildi:
    - Oydin, Oydin, Oydin…
    - Nima gap dadasi, -dedi ichkariga kirayotib yoshlarini artar ekan Oydin.
    - O’tir xotin, men hamma gapni eshitdim, ko’p siqilma xudo xohlasa bu kunlar ham o’tib ketadi, – deya taskin berarkan Xolmurodning o’zi behuzur bo’layotganini payqadi. Oydin:
    - Nima gap dadasi, sizga nima bo’lyapti, mani qo’rqitmang, –dedi yig’lamsirab.
    - Hech nima, yuragim biroz siqyapti, -dedi-da birdan jim bo’lib qoldi. Shu payt beshikdagi bola chinqirar, xuddi otasining vafotini onasidan oldin sezganday har galgidan achchiqroq baqirib yig’lardi.


    Xalbayeva Shirinoy.

    Bilim All » Gu'rrin'ler bo'limi | 06-yanvar, 2015 jıl
    Bul bet 2219 ret ko'rildi.


    Reyting: Maqala unadima? Baha beriw sizin' qolın'ızda!
    +1


    Boylik sirlari

    - Sevara, kel mehmon-mehmon o’ynaymiz, -dedi qo’shninikiga chiqqan Umida. Sevara esa yerga rasm chizib o’tirgan edi - Xo’p, kelaqol hozir oldingga chiqmoqchi bo’lib turgan edim, -dedi Umida Sevaraga qarab, -men senikiga...

    Tuhmat qurboni

    Bir kuni shaharga borish uchun odatdagidek bekatga yo’l oldim, borgandim biroz vaqt o’tgach avtobus keldi. Unga chiqdim, uning ichida odamlar siyrak edi, tanish va notanish o’zimdan katta odamlarga salom berib o’rindiqqa o’tirdim....

    Tungi yog’du

    Yoz tunlaridan biri edi. Ukam va men tashqarida yotar edik, birdan uyqum o’chdi. O’sha vaqtda tun ham yarimlab, tong ham otay deb turgan edi. Yulduzlar g’ira-shira miltirayotgan bir payt osmonda kuchli yog’du paydo bo’ldi....

    Nihol va chirmovuqlar

    Katta o’rmon ichida, bir kichkina nihol o’sardi. Nihol katta va uzoq umr ko’ryotgan daraxtlar gapini eshitishni yoqtirmas, ularning so’zlarini nazariga ilmas ekan. U o’zini hammadan chiroyli deb bilar, boshqalar gaplashsa gapini...

    Og’ir o’tmish

    Men hozir dengiz qirg’oqlarida dam olyapman, mayin shabada esib turibdi. Shu topda xayolimga hech nima kelmayapti. Faqat o’tmishimdan tashqari. O’tmishimning qayg’uli kunlari: mening qayg’uli kunlarim onam vafotidan so’ng...











 English Time


Login:
Parol:
«    Noyabr 2024    »
DuSiSaPiJuSeEk
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
 Tamaddun nurı jurnalı

 Ku'nnin' qaharmani                  


Megaline.uz 2012-2016
E-ma'nzil: info@megaline.uz
Megaline.uz - saytının' informatsiyalıq resurs bazası "Bilim All" 2016.
Sayt materialların ruxsatsız ja'riyalaw qadag'an etiledi.