So’z boshida qalb to’ridan cheksiz salom ustozlarga,
Bahshidadir dildagi eng shirin kalom ustozlarga,
Butun borliq afv tilagay saharu shom ustozlarga,
Rabbim, sabru shijoatin qil bardavom ustozlarga.
Ustoz irfon tafti ila qalb uyida yoqqay mayoq,
Uning nuri tana bo’ylab taralgaydir shu ondayoq,
O’z-o’zidan paydo bo’lgay ilmu fanga zo’r ishtiyoq,
Ilm nuridan barpo bo’lgan nurli maqom ustozlarga.
Har qachondir, aylab ilmu ma’rifatga jahdu jadal,
Ilm o’rganib, yana uni o’rgatmoqdir qandu asal,
Saodatdir, sharafdir bu – bilganiga qilmoq amal,
Rabb taolo Firdavsni aylar in’om ustozlarga.
Barcha havasmanddir ustozlarning ajru savobiga,
Tog’cha tillo bersa hamki yetmagay ilm hisobiga,
«Omiyn», deya farishtalar qo’shilgaylar xitobiga,
«Musofirlar chirog’i», deb qo’ydilar nom ustozlarga.
Ustozlarning nasihati bizga doim ibrat bo’lgan,
Ne qilsalar bejiz emas, bu ishda bir hikmat bo’lgan,
Bu rutbaga yetaklar yo’l yuksak sabru himmat bo’lgan,
Ahli oqil tasannolar aytar mudom ustozlarga.
Bilim aslo ajratilmas, barchasi ham foydalidir,
Kerak bo’lsa dunyoni kez, hatto, Chin-mochindan qidir,
U qaysi ilm bo’lsa hamki, amal qilsang naf’i shudir,
Har sohada sarbon ular, yuksak ikrom ustozlarga.
Xalqqa ustoz bo’lgan ko’plar bu dunyodan o’tib ketdi,
Ma’yus dillarning faryodi yeru ko’kni tutib ketdi,
Mening mitti dilginamni pora-pora etib ketdi,
Ruhlari shod bo’lsin mangu, shirin orom ustozlarga.
Har dam boshin egib ta’zim aylar avom ustozlarga,
Ezgu duo, tashakkurlar bo’lgay davom ustozlarga,
Ta’rif bitsam qalam bilan bo’lmas tamom ustozlarga,
So’z so’ngida kamtarona bir ehtirom ustozlarga.
Muallif: Yo’ldoshbek Nuriddinov (Nurul-ayniy).
15.04.2015.
Su'wret: www.megaline.uz/altin-dawir arxivinen
Ustozlarga
So’z boshida qalb to’ridan cheksiz salom ustozlarga, Bahshidadir dildagi eng shirin kalom ustozlarga, Butun borliq afv tilagay saharu shom ustozlarga, Rabbim, sabru shijoatin qil bardavom ustozlarga....
Sayr etmoqchiman...
Istaklar ko’ngilda ochilgay go’yo, Men masrur ko’ngilning sho’x kulgusiman, Bo’ston ko’p, har biri o’zga bir dunyo, Men nazm bo’stonida sayr etmoqchiman....
Muqaddas vatan!
Aziz O’zbekiston – ona vatanim, Fido bo’lsin senga bu jonu tanim, Moviy, oqu yashil so’nmas chamanim, Faxru iftixorimsan – muqaddas vatan!...
Tungi yog’du
Yoz tunlaridan biri edi. Ukam va men tashqarida yotar edik, birdan uyqum o’chdi. O’sha vaqtda tun ham yarimlab, tong ham otay deb turgan edi. Yulduzlar g’ira-shira miltirayotgan bir payt osmonda kuchli yog’du paydo bo’ldi....
Muhabbat
Armon bo’lga muhabbat, Sarson bo’lga muhabbat, Orzulardan armonlari, Hirmon bo’lgan muhabbat....