Men ham siz tomonga shoshaman mudom.
Qalbi qordek oppoq, mehri bir jahon,
Men uchun yagona, bu aziz inson.
Bosgan izingizga marjon to’ksam ham,
Bu qutlug’ poyingizda, marjonlar ham oz.
Sizga atab qanchalar she’rlar yozsam kam,
Siz jannatning gulisiz, yagonan ustoz…
Xafa bo’lib ranjisam ba’zan birovdan,
Boshimni silaysiz doim “qizim” deb.
Quvonchli kunimda yonimda turib,
O’zingiz suyanchim, sirdoshim har dam.
Bu munis chehrangiz, ko’rmagaydir g’am.
Farishtali ko’zlaringiz, bo’lmagaydir nam.
Ko’zlarimga surtsam kam, bosgan izingiz,
Qabul aylang she’rimni “shogird qizingiz”!!!
Laylo Sharipova.
Onajon!
Siz jannatsiz--mehringizga dunyo ham tor, Siz oftobsiz—taftingizga ko’ngil ham zor. Siz chashmasiz—oqib turgan suvi zilol, Onajonim duoyingiz qalbda tumor....
Otajon!
Dunyoda mehribonim sajdagohimsiz, Yo’llarimni yoritguvchi quyoshimsiz, Siz men uchun eng aziz eng ulug’ inson, Baxtimga siz bor bo’ling aziz otajon....
Do’st
Dunyoda do’stlikdan azizroq ne bor? Do’sting bu sen uchun yagona inson, Boshinga ish tushsa yoningda har on, Chin do’stlar hiyonat qilmas begumon....
Xayol
O’ylar buncha bo’ronday chopqir… Goho olib ketar meni yiroqqa. Xayol og’ushida ucharman butkul, Endi boshlayapsiz meni qayoqqa??...