Sevgi sirlari ham qotirar boshim,
Belgi ber bilarmisan, sen kursdoshim,
Ne qilsam, sevarsan, ey bag’ritoshim,
Ayt menga ne qilay, ey toshim.
Ollohimdan o’zgasi tushunmas netay,
Bu telba sevgim-la qaylarga ketay
Men shuncha dardimni qog’ozga bitay,
Ne qilsam, sevarsan, ey bag’ritoshim,
Ayt menga ne qilay, ey qalamqoshim.
Dilimdagi pok sevgimni qilarsan sen rad,
Bilaman atrofingda turli xil bid’at,
Sen ularga ishonma, jonginam Zumrad,
Ne qilsam, sevarsan, ey bag’ritoshim,
Ayt menga ne qilay, ey qalamqoshim.
Allambergenov Anvar
Qayg’ularim bilan sherikman mangu!
Yuragimning tubidasan, Orzularim tog’idasan, Ko’ngilginam bog’idasan, Ilk sevgilim yodimdasan!...
Men senga baxt tilab yuribman yashab!
Sen mendan kechding jonim ne sabab? Nega ketding mening ko’nglimni g’ashlab? Xayotda yolg’iz qilib ketdingku tashlab, Men senga baxt tilab yuribman yashab!...
Meni aldab jonim ne foyda ko’rding?!
Men seni jonimdan ham ortiq sevardim, Doim birga bo’lamiz deb orzu qilardim, Senga sodiq bo’lib doim yurardim, Senga o’zgalar kerak men shuni bildim!...
Sevolmaganimga!
Senga ko’ngil qo’ygim kelar qo’yolmayman, Senga sirim aytgim kelar aytolmayman, Har kuni ham ko’rgim kelar ko’rolmayman, Seni qattiq sevgim kelar sevolmayman....
Sevganimga!
SEVGILIM! Men sizni sog’inayapman, Sizni deb har laxza kuyib yonyapman, Ishqingiz butunlay asirasiman, Vaqt o’tdi men sizni hamon kutyapman....