Olislardan yelib kelarkan,
Subhidamda o`ynoqi shamol.
Qulog`imga shivirlab ketar:
“Bolalikka bir dam qaytaqol.
Salom aytib yubordi soylar,
Tandirlarda qoldi shirmoylar.
Hovlidagi so`rida har tun
Ertaklar ham yo`lingni poylar.
Jo`ralaring paypoq to`p bilan,
Darvozani yasab cho`p bilan,
Kutar seni yo`lning bo`yida,
Koptok o`ynar ko`lning bo`yida.
Bedazorga bag`ringni bosgin,
O`rtoqlaring topolmay qolsin.
Chirildoqlar qo`shiq aytadi,
Tashvishingni yulduzlar olsin.
Tuproq ko`chalarni yodga ol,
Orzularga esh bo`lar xayol”.
Qo`llarimdan tortqilaydi yel,
“Bolalikka bir dam qaytaqol”.
Bola ko`nglim, yosh ko`nglim, hahyot!
O`z yo`lida sobitdir hayot.
Bilki, qalbda, ey tong shamoli,
Sen eng go`zal, eng jo`shqin bayot.
Yoshlik yillar o`tgani sayin,
Yuragimda cho`zaverar bo`y.
Varraklarim yonida uchgan
Qaldirg`ochga salom aytib qo`y…
Abbos Reimov.
Ishq dunyosida
Bu ishq dunyosida yo’q menday zorli, Orzular tog’ining cho’qqisi qorli. Ko’nglim o’zing tomon talpinaverar, Magar shu yerlarda shodligim qoldi....
Bahor
Hamma yoqda bahor nafasi, Bulbul bilan oshno tutundim, Siz bilmaysiz mengina asli, Shoira bo’lmoq uchun tug’ildim....
Qaylardasang, yoshligim?
Qaylardasang, yoshligim? Mana bugun tug’ilgan kunim, Mening esa ko’zlarimda nam, To’kilganday bolalik gulim,...
Tungi yog’du
Yoz tunlaridan biri edi. Ukam va men tashqarida yotar edik, birdan uyqum o’chdi. O’sha vaqtda tun ham yarimlab, tong ham otay deb turgan edi. Yulduzlar g’ira-shira miltirayotgan bir payt osmonda kuchli yog’du paydo bo’ldi....