Dardim ko‘p davosi yo‘q deysan
O‘tgan umrimda sho‘x navo yo‘q deysan
Buncha noshukrsan-a ey banda,
Shukr qil jon boricha tanda.
"Eh,orzularim bo‘ldi sarob,
Umidlar uyining ahvoli xarob,
Niyatlar niholiga yo‘q mirob,
Hattoki ichgali yo‘q sharob"
-Deya buncha noliysan ey banda
Shukr qil jon boricha tanda.
"Unim yo‘q,bunim yo‘q,
Tinch o‘tgan kunim yo‘q.
Doim azobdaman,tinim yo‘q,
Ishimda ham buncha unum yo‘q"
-Deya namuncha zorlanasan ey banda
Shukr qilgin jon boricha tanda...
Erishib bo‘lmas marrani ko‘zlama,
Hech vaqt boylik deya bo‘zlama,
Shohona hayot-u zarrin saltanatni o‘ylama,
Omadsizman deya nolinma, ey banda,
Shukr qilgin jon boricha tanda...
Rahimboyeva Umida,
QMU O‘zbek filologiyasi 3-kurs talabasi.
Bolaligim!
Bolalik—sen mitti qushchasan!!!! Buncha beg’uborsan, yayrab uchasan. Gohida o’xshaysan sen kapalakka, Nafis gullaringni mayin quchasan….....
Xayol
O’ylar buncha bo’ronday chopqir… Goho olib ketar meni yiroqqa. Xayol og’ushida ucharman butkul, Endi boshlayapsiz meni qayoqqa??...
Istardim!
Orzularim armon bo’lmasa, Bu hayotim yolg’on bo’lmasa, Muxabbatim xazon bo’lmasa, Sevib sevilishni istardim men ham....
Men senga baxt tilab yuribman yashab!
Sen mendan kechding jonim ne sabab? Nega ketding mening ko’nglimni g’ashlab? Xayotda yolg’iz qilib ketdingku tashlab, Men senga baxt tilab yuribman yashab!...
Seni o’ylab!
Seni o’ylab ko’zimdan yoshlar to’kildi Seni deya mag’rurgina qaddim bukildi Bu xolimni ko’rib dushmanlar kuldi Dardim ichimdadir ayta olmayman Shunda ham hech sendan kecha olmayman!!!...