Sen bir quyosh, nurlaringda hayot mujassam,
Sensan ona, quchog’ingda farzand yaralgan.
Har qarich tuprog’ingda jannat hidi bor.
Bulbulning mayin sayragan ovozlarida,
Qushlarning jo’shib yayragan parvozlarida,
Hatto qishning qahratoni ayozlarida,
Vatanimning qaynoq taftin sezaman.
Vatan! Sen onamsan, senga sodiq farzand bo’layin.
Sen otamsan, keng bag’ringda yayrab o’sayin.
SHu aziz tuprog’inga jonim to’shayin,
Tinchliksevar sajdagohim o’zingsan Vatan.
Bag’ring osmon misoli Vatanim jonim ,
Sen-la jo’shib oqar mening tomirda qonim.
Yurtlar ichra eng sarasi go’zal bo’stonim,
O’zing faxrim iftixorim muqaddas vatan!
Laylo Sharipova.
Shukurlar qilaylik qutlug’ kunlarga
Qarangki biz shunda go’zal chamanda, Erka bulbuldek, yayrab-yashnamoqdamiz. Orzulari osmon shunday vatanda Tinch, osuda hayotda yashamoqdamiz....
Otajon!
Dunyoda mehribonim sajdagohimsiz, Yo’llarimni yoritguvchi quyoshimsiz, Siz men uchun eng aziz eng ulug’ inson, Baxtimga siz bor bo’ling aziz otajon....
Yoshlik
Ilk sevgimning nishonasi sen, Baxt uyinning koshonasi sen, Katta yo’lning peshonasi sen , Orzularim hirmoni yoshlik....
Meni aldab jonim ne foyda ko’rding?!
Men seni jonimdan ham ortiq sevardim, Doim birga bo’lamiz deb orzu qilardim, Senga sodiq bo’lib doim yurardim, Senga o’zgalar kerak men shuni bildim!...
Baxt qasrini quraylik birga!!!
Men senga hecham xiyonat qilmadim, Sendan o’zga yorni hech tan olmadim, Sendan o’zgalarni hecham ko’rmadim, Senga jonim sadqa bo’lsin azizim!...