Estrada qo’shiqchisi Tohir Usmonov o’z so’zida festivalda viloyatlarga boradigan san'atkorlardan guruhlar tashkil qilishayotganlarida "Qoraqalpog’iston Respublikasiga kim boradi?”, deganlarida "Men boraman!" deb chiqganligini aytdi.
Yoshlar orasida "Nima uchun estrada xonanadalari milliy liboslarda chiqmaydi”, degan savolga Tohir Usmonov ham, Yigitali Mamanajonov ham "Kelajakda milliy liboslarda chiqamiz”, deya so’z berishdi!
Yosh qo’shiqchi Dilso’z esa onasining qoraqalpoq elida tug’ilib o’sganligini aytdi.
Kecha yoshlar tomonidan beriladigan savol-javoblar bilan davom etdi. Savollarga ko’ra Tohir Usmonov "Imkoni bo’lsa, albatta qoraqalpoq tilida ham qo’shiq kuylayman”, deya ta’kidladi.
Mehmonlar qoraqalpoq yoshlarining samimiyligini, ushbu samimiyligini hechqachon yo’qotmasligini tilak bildirdi. Tadbir so’ngida musiqiy tanaffus barchani raqsga chorladi.
Tohir Usmonov, Shoira Otabekova ijrosidagi qo’shiqlar butun qoraqalpoq yoshlarining ko’tarinki kayfiyatini yanada yuqorilatdi. Ayjamal Joldasbayeva kecha qahramonlariga kelasi yilgi tashrifida qoraqalpoq milliy liboslarini qoraqalpoq qizlari o’z qo’llari bilan kashtalab, sovg’a qilishini aytishdi.
Uchrashuv kechasi so’ngida eng yaxshi savol egalari ijodkorlar tarafidan rag’batlantirildi. Ijod kechasi yoshlar qalbidagi olam-olam taassurotlar bilan yakunlandi.
Gulzada O’teniyazova,
Bekbosin Kalmuratov,
Malika Bishekova
Manba: Kamolot.uz
Tezroq boshlana qolsa edi…
Nukus shahridagi "Progress” ta`lim va rivojlantirish markazida "Siz sevgan qahramonlar” mavzusidagi uchrashuv kechasi boshlanish arafasida. Uchrashuv kechasiga taniqli yozuvchilar , shoirlar va adiblar, estrada xonandalari va...
Ishq dunyosida
Bu ishq dunyosida yo’q menday zorli, Orzular tog’ining cho’qqisi qorli. Ko’nglim o’zing tomon talpinaverar, Magar shu yerlarda shodligim qoldi....
Bahor bilan sirlashuv
G’amgin xayollarga g’arq bo’ldi bahor, Mehrli kun nuri qahat bu damda. Ayoz otamizning inomi oq qor, Oq ko’rpa o’zining bo’yiga tengmi?...
Qoraqalpog’istonda “Bolalar kitobi” II Respublika festivali boshlandi
“Sog’lom va ma’naviy etuk avlod yurtimiz kelajagi” shiori ostida Nukus shahridagi Istiqlol” bolalar dam olish markazida “Bolalar kitobi” II Respublika festivali boshlandi. Ikki kun davomida bo’lib o’tadigan festivalning bugun...
Men Yoshlikman, shijoatim sig’mas dunyoga!
"Biz – buyuk yurt farzandlarimiz” shiori ostidagi yoshlar festivali arafasida qoraqalpoq yoshlarining ba’zilari bilan suhbatlashdik. Festival ta’surotlari va bugungi imkoniyatlar haqida suhbatlashib, ularning fikrlari, qarashlari...