Qish ajoyib faslda, bizga juda yoqadi. Biz har yili muz ustida sirpanamiz, qorbo’ron o’ynaymiz. Mana bu yil ham qor yog’di, anhor muzlab qoldi. Bugun yakshanba. Endi mazza qilib o’ynash uchun chiqishimiz mumkin. Hamma kun sovuq bo’lishiga qaramay, anhorda sirpanchiq uchishga chiqishgan. Qo’shni bolalar chanalarini qo’ltiqlab sirpanish uchun tushib kelishdi. Biz har galgidek kim o’zar o’yiniga kirishib ketdik. Oldinda ketayotgan Jasur birdan “Voy, voy” lab qoldi. Qarasak, kimdir anhorga, anhor muzlamasdan oldin chiqindi tashlagan shekilli, Jasur muz ustida do’ppayib beso’naqay bo’lib turgan nimagadir qoqilib yiqilibdi. Jasurni keyin uyiga kuzatib qo’ydik.
Bilsak uning qo’li singan ekan. Shu yili u aynan o’ng qo’lini sindirgani uchun maktabdan qolib ketgandi va keyigi yili oltinchi sinfni boshidan o’qishga majbur bo’lgandi. Anhorga tashlangan chiqindilar muz erigandan keyin suvni ifloslaydi. Erimasdan oldin esa mana shunday ko’ngilsizliklarga olib kelishi mumkin. O’zingiz o’ylab ko’ring, shunday ish qilish yaxshimi?!
Xalbayeva Shirinoy.
Qarz
Oydin deraza oldida turib ho’ng-ho’ng yig’lardi. U xudodan erining dardiga darmon so’rardi. Xo’jayinim teziroq sog’ayib ketrsin deb kechayu-kunduz ibodat qilardi. Oydin biroz vaqtgacha deraza oldida turdi, shu payt darvoza...
Boylik sirlari
- Sevara, kel mehmon-mehmon o’ynaymiz, -dedi qo’shninikiga chiqqan Umida. Sevara esa yerga rasm chizib o’tirgan edi - Xo’p, kelaqol hozir oldingga chiqmoqchi bo’lib turgan edim, -dedi Umida Sevaraga qarab, -men senikiga...
Tungi yog’du
Yoz tunlaridan biri edi. Ukam va men tashqarida yotar edik, birdan uyqum o’chdi. O’sha vaqtda tun ham yarimlab, tong ham otay deb turgan edi. Yulduzlar g’ira-shira miltirayotgan bir payt osmonda kuchli yog’du paydo bo’ldi....
Vidolashuv xati
Kechki payt Beknur onasiga xat yozayotgan edi. “Onajon mana o’n oyki men uchun kuyib-pishasiz. Men uchun o’zingiz istamagan holda o’z farzandlaringizning ko’nglini ranjitdingiz. Mening hamma voqealardan xabarim bor, siz meni...
Bulbul
Yoz kunlaridan birida kechqurin tashqarida uxlash uchun yotgan edim. Somon yo’li yulduzlariga boqib xayol surayotsam alla qaysi tarafdan ajoyib bir yangradi, bu ovoz inson qalbining tub-tubidagi ezgu orzularni alangalatayotgan...