G’ULOM MIRZO LIRIKASIDA NUTQ BADIIY MOHIYATI
I.Madiyarov,
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Obrazli tafakkur eng serjilo, ta’sirchan va lo‘nda shakli bo‘lgan she’riy talqinda poetik so‘z o‘rni o‘zgacha. Shoir oddiy so‘zlarni muayyan sifatlar yoki iboralar bilan qo‘llaganda kutilmagan ma’nolar, favqulodda ta’sirchan, quyma misralar maydonga keladi. Zero, she’rda ipakday mayin, mushki anbardek iforli, xanjardek keskir so‘z va ma’no uyg‘unligi mujassam. Ma’lumki, badiiy asar tilini poetik tahlil qilishda poetik nutq fikr ifodalashdagi imkoniyatlari o‘rganiladi. Darvoqe, buni G’ulom Mirzo ijodi umumiy manzarasida kuzatish mumkin. Shoir ona tili imkoniyatlaridan foydalanib, so‘z ma’nosini kengaytirishga harakat qiladi. Injular tizmasidek jilolangan ona tili lug‘at boyligini botiniy ko‘z bilan ko‘ra olgan shoir har bir so‘zni did bilan tanlaydi; tafakkur tarozisida o‘lchaydi. Original va obrazli ifoda usuli zamirida badiiy mantiq yotadi; tabiiyki, bu mantiq lo‘nda, har qanday sun’iy bezakdan xoli, ixcham shaklda yuzaga chiqadi. Badiiy shakl voqe bo‘lishida, avvalo, shoir didi, tafakkuri va o‘tkir nigohi uyg‘un mutanosibligini ko‘ramiz. Aslida xalq hayotini, turmush tajribalarini kuzatish natijasida ijtimoiy-ruhiy holatlarga oid xulosalar, mantiqiy umumlashmalar og‘zaki ijodda paydo bo‘ladi. Maqol, matal, aforizmlar kabi paremalar avloddan-avlodga o‘tib, xalq badiiy tafakkurida yashab keladi. Bunday hikmatli iboralarda o‘xshatish (istiora, tashbeh, metafora), taqqoslash (antiteza), parallelizm, kinoya, piching va boshqa badiiy tasvir vositalari keng qo‘llanadi. Shoir she’riyatida bu kabi tasvir vositalari mavjud, albatta. Masalan, shoir aksar she’rlarida, qisqa va lo‘nda misralarida tasviriy ifoda qo‘llanganini, muayyan bir fikr isboti yoki his-tuyg‘u ifodasi uchun maqol hikmati o‘rnida ishlatganini kuzatish mumkin:
Yana qoshlar ota boshlar
Ko’ngil ko’zgusiga toshlar.
Yana chil-chil sinar ko’ngil,
Yana zil-zil botar toshlar [2, 432].
Lavhada «ko’ngil sinishi», «tosh otmoq» iboralari poetik idrok tabiatini ochishda faol qo’llaniladi. Matn ruhiyati lirik qahramon tushkun holatiga evriladi. She’rda ikkita ruhiyat chizig’I ustunlik qiladi. Biri tasavvurda e’tiroz hissi bo`lsa, ikkinchisi matn ost qatlamida yashirin holat - ishqdan sarmastlik holati yorqin ifodalangan. Bu holatni tuyg`ular reallashib, she’r ruhiyati o`quvchi ruhiyatiga tamomila ko`chib ketishi natijasida kuzatishimiz mumkin. “Adabiyotning bosh quroli – bu so`z. Darhaqiqat, adabiy asar axborot vositasigina emas. Unda hikmat, ma’rifat, ta’lim – tarbiya, ma’naviy - ahloqiy madaniyat va hayot falsafasi sintezlashgan. So`z san’ati o`sha tasvir obyektini o`zining obrazlar tizimiga aylantirar ekan, voqelikni, odamlar taqdirini badiiy tadqiq etarkan, ularni go`zallik qonuniyatlari nuqtai nazaridan qayta jilolantiradi. Asl san’at oddiy va kundalik ashyolarga shunday ma’no yuklay oladiki, natijada o`sha tasvirlangan mazmun tarixiy mazmun kasb etadi. San’atning betakror mohiyati ham shundaki, u aynan shu davrdagi odamlar ong – shuurini, hayot nafasi va jamiyat ehtiyojlarini tasvirlanayotgan mazmunga singdirib yuboradi, natijada o`sha ifoda obyekti barcha xalqlar va elatlarning nazarini tortadigan e’tiborini qozonadigan mohiyati bilan umumbashariy qadriyat maqomiga ega bo`ladi” [3, 15-27]. Unda ruhiyatdan o’zlashayotgan kechinma jilosi qad rostlaydi, unda tuyg’u va ong turfa manzaralari o’quvchi idrokiga ko’chadi, unda tasvir ruhiyati zichligi ijodiy xoslik kasb etadi:
Ko’zingiz – ikkita cho’g’-olov,
O’zingiz – bittasiz.
Qoshingiz yog’dirar ko’p balo,
Boshimga etasiz?.. [2, 434].
«Aksariyat hollarda barcha odamlar bir xil tuyg’ularni boshdan kechiradi, lekin juda kam kishilar o`zlarining nima haqida o`ylayotganini biladi va boshqalarning hissiyotlarini ham seza oladi. Xullas, ruhiy kuzatuvchanlik – matematika yoki musiqaviy qobiliyat kabi alohida bir istedod mahsuli. Lekin bu hali yetarli emas. Bunday istedodga ega bo`ladigan kamdan-kam odamlarning ikki-uch foizigina o`z kuzatuvlarini badiiy shaklda ifodalay olish iqtidori bilan tug’iladi» [4, 140]. Binobarin, universal mohiyat hissiy idrokda xususiylashuvi badiiy aloqani hosil qiladi. Aynan, umumiylik va xoslik o`rtasidagi ichki munosabat tig’izligi uni ifodalash ehtiyojini yaratadi.
Umuman, G’ulom Mirzo lirikasida ijodiy mantiq va teran hayotiy qamrov o`zaro birikuvidan hosil bo`ladigan jarayonda ijtimoiy tajriba hamda hissiy idrok raqobatga kirishadi. Uning she’riyatida falsafiy ifoda qabariqligi hamda timsoliy – estetik talqin mukammalligi so`z vazifadoshligi asosida shakllantiriladi. Har bir tushunchaga yuklatilgan ramziy ifoda she’r mazmun – mohiyatini ochib berishga yo`naltirilgan. Unda tasvir ruhiyati zichligi ijodiy mantiqni dalolatlashga xizmat qiladi, unda lug’aviy birlik salmog’i ohang va ma’noni uyg’unlashtiradi, unda sezim voqelanishida nutq namoyishi yetakchi o’ringa chiqadi, unda shoir adabiy talqini milliy o’lcham va umuminsoniy qadriyatni markazlashtiradi, unda lirik ifoda hamda ruhiy kechinma tadriji bir-birini boyitadi, unda g’oya badiiy taraqqiyoti ma’naviy-ahloqiy aqidaga kuchli ruhiy bosim o’tkazadi.
Adabiyotlar
1. Karimov I.A. Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor. –Toshkent: “O’zbekiston”, 2009. -B.17.
2. XX asr o’zbek she’riyati antologiyasi. –Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”, 2007. -B.398.
3. N.Rahimjonov N. Istiqlol va bugungi adabiyot –Toshkent: “Fan”, 2012. -B.15-27.
4. Xaksli O. San’atda samimiylik //. Jahon adabiyoti, 2004, ¹5. –B.140.
5. www.ZIYONET.uz

Chechaklar safiga qo’shilgan g’uncha
Bolalik va yoshlikni inson umrining tongi deb atasak, o’rinli o’xshatish qilgan bo’lamiz. Bu beg’ubor davrda har bir o’g’il-qiz bir dunyo orzu-umidlar og’ushida yashaydi. Hayot, umrning ma’nosi to’g’risida o’z dunyoqarashi,...