Bilim All
   Son'g'ı qosılg'an resurslar
    » » » E.SHUKUR SHE’RUYATIDA SO’Z VA MATN YAXLITLIGI

    E.SHUKUR SHE’RUYATIDA SO’Z VA MATN YAXLITLIGI
    I.Madiyarov,
    Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti


    Istiqlol davri o'zbek lirikasida so'z, ijod hamda e'tiqodga munosabat tubdan yangilandi. Poetik idrok miqyosi kengayayotganligi estetik ilg'am va baholash mezonlariga ham ta'sir o'tkazadi. Shu ma'noda, adabiyotshunoslik tizimi va badiiy ijodda o’ziga xos tamoillar kuzatilayotganini davr zarurati tarzida tushunish va izchil rivojlantirish jarayon tusini olayozdi. Ta'kidlash joiz, poeziya tadqiqot predmetini belgilash mudomi murakkabliklar keltirib chiqargan. Negaki, she'r ruhiyati va ijod falsafasi o'rtasidagi tafovut tushuncha tabiatini tayin etadi. Unda namoyon tyug'u va ong ziddiyati tasavvur o'lchamlarini o'zgartirib yuboradi. Zero, badiiy mushohada mantiqiy taraqqiyoti so'z va g'oya tig'izligini taqozolaydi. Tasvir ruhiyati har bir ijodkor fitratida alohidalik ko'rsatkichini mustahkamlashini hisobga olsak, muammo talqini zalvori ortadi. O'z navbatida, badiiy mohiyat yaxlitligini lug'aviy birliklar joriyligi hamda matn poetik muqarrarligi timsolida tekshirish adabiyotshunoslik ilmida mavjud ilmiy bo`shliqlarni to`ldirishga xizmat qiladi:

    Tilimni kuydirdi bulbulning suti,
    Tanglayimni yoqdi gul ichirgan qon.
    Men ikki dunyoni bir hatlab o’tib,
    Og’zimga solganim bor-yog’i tolqon [2, 406].

    So`z san’ati muntazam fikr, hodisa, g’oya va ruhiy kechinma xarakterini umumlashtirishga moyil. Aniqrog’i, muammo eng muhim qirrasini urg’ulash uning mohiyatini ta’riflaydi. Bu daxldorlik inson, millat va bashariyat manfaatlarini birlashtirsa, poetik kashfiyot hosil bo`ladi. Shakl, so`z va ma’no tuyg’usi evrilishi ijodkor dunyoqarashida xoslanadi. Total ifoda tanlovi kengligi hamda teranligi poetik maqomni rasman tasdiqlaydi. Shu ma’noda, hayotiy tushuncha qamrovi va ijodiy e’tiqod masuliyati yaxlitligi ijodkor ruhiy olami o`ziga xosligini ta’minlaydi. Tasavvur, kechinma, taassurot haqqoniyligi Esqobil Shukur nazmi badiiy hujayralari to`qimasiga singib ketadi va borliqni ijodiy o`zlashtirish tizimini muayyan estetik qadriyatga aylantiradi. “Bulbulning suti”, “gul ichirgan qon”, “jahannam o’ti” – tasavvurda hosil bo’lgan muqoyasalar. Baholash mezoni qabarib turadigan misralarda so’z va matn tig’izlashuvi poetik idrok qamrovini kengaytiradi. Muallif voqebandlik keltirib chiqargan ruhiy po’rtanalarni tahlil tarqoqligiga singdirib yuboradi:

    Qulog’im kar qildi haqning sukuti,
    Bu sukutmi va yo tilsiz qatag’on.
    Men ikki dunyoni bir hatlab o’tib,
    Eshita olganim bor-yog’i yolg’on [2, 406].

    “Ma’lumki, so`z umumiylikni bildiradi. U boshqa so`zlar bilan aloqaga kirishib, muayyan holatdagi qahramonning qalbiga holatiga, harakatiga, qilig`iga mos bo`lsagina – shu qalbdagi his tuyg`ularni, xarakterdagi xatti-harakatlarni ifodalay olsagina – jonlanadi, har bir kitobxon qalbiga ko`chadi, o`shanday his – tuyg`uni boshqalarda ham uyg`otadi, tiriltiradi ” [3, 135]. Unda so`zga yuklatilgan ruhiyat turli xil siymolarda o`quvchi ong-shuurida gavdalanadi, shuningdek, so`z va matn intizomi nutqda mushohada o`zgarishlari hosilasi sifatida maydonga keladi. Aynan ijodkor fitrati timsoliy-nutqiy yahlitlikni matn, lug`aviy-grammatik intizom hamda ma’no tarmog`i kengayishini so`zda uyushtiradi. Unda so’z matnning asosini belgilab beradi.

    Umuman, Eshqobil Shukur she’riyatida so’z va matn yaxlitligi mantiqiy mukammallik kasb etadi. Ijodkor har bir adabiy talqinida tagdor ramziylik ijodiy imkoniyatlaridan foydalanishga ko’proq e’tibor beriladi. Unda olam va odam munosabatini aks ettirish, ruhiyatning obyektiv borliqqa munosabatini ifodalash, siyratdagi kechinmalarni badiiy tasvirlash jarayonida milliy va badiiy an’analar imkoniyatidan keng foydalanadi. Bu hol ichki zarurat sabab yuzaga kelgan. Aslida she’r so’z, fikr va tuyg’u hosilasi sifatida o’z milliy ohangi, o’lchovi va badiiy unsurlari bilan tug’iladi. She’rda falsafiy mushohada so`z vazifadoshligini hosil qiladi. Bu esa matn mohiyatini ochishda asosiy o`rinni egallaydi. So’z va matn uyg’unlashuvida ijodkor estetik qarashlari, borliqni idrok etish, olam va odam o`rtasidagi ziddiyatlarni tushinishdagi o`ziga xos nuqtai nazari tizimi shakllanadi.


    Adabiyotlar
    1. Karimov I.A. Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor. –Toshkent: “O’zbekiston”, 2009. -B.17.
    2. XX asr o’zbek she’riyati antologiyasi. –Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”, 2007. -B.406.
    3. N.Rahimjonov N. Istiqlol va bugungi adabiyot –Toshkent: “Fan”, 2012. -B.135.
    4. Xaksli O. San’atda samimiylik //. Jahon adabiyoti, 2004, ¹5. –B.140.
    5. www.ZIYONET.uz

    Bilim All » Ilimiy maqalalar bo'limi | 28-iyul, 2015 jıl
    Bul bet 2598 ret ko'rildi.


    Reyting: Maqala unadima? Baha beriw sizin' qolın'ızda!

    Chechaklar safiga qo’shilgan g’uncha

    Bolalik va yoshlikni inson umrining tongi deb atasak, o’rinli o’xshatish qilgan bo’lamiz. Bu beg’ubor davrda har bir o’g’il-qiz bir dunyo orzu-umidlar og’ushida yashaydi. Hayot, umrning ma’nosi to’g’risida o’z dunyoqarashi,...











 English Time


Login:
Parol:
«    Noyabr 2024    »
DuSiSaPiJuSeEk
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
 Tamaddun nurı jurnalı

 Ku'nnin' qaharmani                  


Megaline.uz 2012-2016
E-ma'nzil: info@megaline.uz
Megaline.uz - saytının' informatsiyalıq resurs bazası "Bilim All" 2016.
Sayt materialların ruxsatsız ja'riyalaw qadag'an etiledi.