Rauf Parfi ijodiga bir nazar
Anvar Allambergenov
Ajinyoz nomidagi NDPI magistranti
XX asr o’zbek adabiyoti xususan she’riyatining yorqin namoyondasi, Cho’lpon boshlab bergan Yevropa tipidagi o’zbek modern she’riyati deb nomlangan ulug’ yo’l davomchisi Rauf Parfi edi. Xassos shoir Rauf Parfi o’zining badiiy va shakliy jihatdan rang barang ijodiy namunalari bilan adabiyotimizga o’tgan asrning 60 yillaridan boshlab bo’y ko’rsata boshlaydi. Rauf Parfi o’z uslubiga, o’z so’ziga, o’z ovoziga ega Asqad Muhtor tabiri bilan aytganda – yaralari ochiq dardli shoir edi. Rauf Parfi she’rlarini ko’pchilik murakkab deb hisoblaydi shoir o’z she’rlarida she’rxonga xukumni bermaydi badiiy xulosa yasamaydi. Shoir qo’llagan metoforalar esa she’rlarni murakkablashtirish uchun emas aksincha kitobxonni o’ylashga mushoxadatalab she’rxonni extiyojini qondirishga xizmat qiladi bu birinchidan. Ikkinchidan o’sha davrda adabiyotimizda endigina o’zining shakl shamoilini topayotgan modern she’riyatga xos bo’lgan xususiyatlardan biri edi bunday yo’sinda ijod qilish. Har bir shoir, yozuvchining o’zigagina xos bo’lgan uslubi, yo’nalishi, o’ziga xosligi bo’ladi, bunday murakkab, bunday metofroik she’riyat Rauf Parfiga xos bo’lgan Raufona yo’nalishdir. She’riyat azal azaldan inson oroyishi uchun xizmat qiladigan vosita hisoblanadi. Rauf Parfi she’rlarini o’qir ekanmiz hayolot dunyosiga g’arq bo’lish bilan birga salqin va erkin tuyg’ular iskanjasida qolamiz va yana ruhimizni qandaydir pokiza hislar cho’lg’aydi. Quyidagi to’rtlik pokiza tuyg’ularimizning boshlanishiga isbot bo’la oladi.
Shirin uxlar tong chog’i go’dak,
Uxlar go’dak yo tong ko’ksida,
Yoki go’dak quchog’ida tong,
Uxlar shirin ham tinch osuda.
Bu to’rtlikda hayot haqiqatining badiiy ko’rinishi namoyon bo’ladi tong +go’dak. Tong yangi kunning boshlanish qismi. Go’dak esa butun boshli bir umrni boshidan kechirish uchun dunyoga kelgan insondir go’dak+ tong. Lo’nda qilib aytganda har ikkala so’z ham boshlanish debocha ma’nolarini ko’rsatib turibdi. Shoir esa buni shu to’rtligida aks ettirishga harakat qilgan va
to’laqonli ravishda buning uddasidan chiqqan.
Yuqorida takidlaganimiz salqin, epkin va munis tuyg’ularimizni jumbushga keltiradigan she’rlar quyidagilardir “Yomg’ir yog’ar shig’alab yog’ar...’’ “Yaproqlarda shamol o’ynar…’’, “Tashqarida shovullar shamol…’’, “Shivrlama menga ey shamol…”, “Qayga uchmoqdasiz, qayga bulutlar…’’ kabi she’rlar ro’yxatini uzoq davom ettirishimiz mumkin. She’riy talantning to’qson foizi bu farosat, andoza, ohang va so’z tuyg’usidir. Ushbu to’rt narsa mavjud bo’lsagina she’r go’zallik poetika ustida so’zlash muhokama, tahlil yuritish mumkin.
* Biz so’z yuritayotgan Rauf Parfi she’rlari aynan yuqorida aytilgan to’rt unsurni ham o’zida mujassamlashtira olgan mukammal she’rlardir.
Yomg’ir yog’ar shig’alab yog’ar,
Tomchilar tomchilar sochimga,
Yomg’ir yog’ar shig’alab yog’ar,
Ham qayg’umga ham quvonchimga.
Bu she’rni o’qib aytishimiz mumkinki lirik qahramin sokin yomg’ir paytida yolg’iz o’zi o’ylar girdobida ketayotgan odam deb. Lekin Rauf Parfidek ulug’ so’z san’atkori bu misralar orqali faqatgina shunday diyayotganmikin. Ma’lumki she’riyatda yomg’ir ilhom ramzi hisoblanadi, ilhom esa ilohiy tuyg’u qayg’uda ham quvonchda ham shoir kayifiyatini ko’rsatib turadi. Yomg’ir esa tabiat hodisasi muhabbat fasli bo’lmish bahorda ham, ayriliq va hazonrez kuzda ham yog’averadi. Shoir aytayotgan ham qayg’u ham quvonch shu quvonch shu qayg’u emasmikin? She’rning oxirgi satirlariga e’tibor beraylik:
Yomg’ir yog’ar shig’alab yog’ar,
Yog’a boshlar qog’ozga ko’ngil.
She’r boshidagi shig’alab yog’ayotgan yomg’ir she’r yakuniga kelib ko’ngil kechinmalarining qog’ozga yomg’irdek yog’ilishini takidlash bilan yakunlanadi.
Xulosa o’rnida shuni takidlash joizki Rauf Parfi o’zbek modern she’riyati asoschilaridan biri sifatida o’zidan boy ijodiy meros qoldirdi u qoldirgan ilhom chashmasidan ko’p asrlar davomida ijodkorlar va keng ko’lamli she’rxonlar unumli foydalanadilar va o’zlariga bir olam taassurot oladilar.

Tungi yog’du
Yoz tunlaridan biri edi. Ukam va men tashqarida yotar edik, birdan uyqum o’chdi. O’sha vaqtda tun ham yarimlab, tong ham otay deb turgan edi. Yulduzlar g’ira-shira miltirayotgan bir payt osmonda kuchli yog’du paydo bo’ldi....
Chechaklar safiga qo’shilgan g’uncha
Bolalik va yoshlikni inson umrining tongi deb atasak, o’rinli o’xshatish qilgan bo’lamiz. Bu beg’ubor davrda har bir o’g’il-qiz bir dunyo orzu-umidlar og’ushida yashaydi. Hayot, umrning ma’nosi to’g’risida o’z dunyoqarashi,...