Bilim All
   Son'g'ı qosılg'an resurslar
    » » » Xosiyat Rustamova she’riyatida uslubiy o’ziga xoslik

    Xosiyat Rustamova she’riyatida uslubiy o’ziga xoslik
    G’ayrat O’razboyev
    Berdaq nomidaqi QDU O’zbek filologiyasi fakulteti 4-kurs talabasi
    Ilmiy rahbar, f.f.n. dotsent, I. Qurbonboyev


    Meni eldan chiqardi hayot,
    Mening o’zim chiqdim hayotdan.
    (X. Rustamova)

    Har bir chamanning o’z guli, o’z chiroyi bor, shu bilan bir qatorda har bir gulning o’z ifori, o’z tarovvati bo’lgani kabi ijod atalmish ilohiyot bog’idagi bulbullar xonishi ham o’ziga xosdir. O’zbek adabiyoti olamida o’z o’rnini topgan, o’z sozini chalib ulgurgan va she’riyta ixlosmandlari qalbidan joy olgan shoiralardan biri Xosiyat Rustamovadir. Shoira o’z zamondosh shoirlariga qaraganda ananaviy she’riyatimida shaklan siqiqlikka va mazmunan teranlikka intiladi. Tashbeh-u, mubolag’ani o’z o’rnida o’z me’yorida qo’laydi. Mo’jazgin she’rdagi keng ko’lamlilik she’rxonni o’ylashga, fikrlashga undaydi.

    Xudoyimnini bergan har kuni,
    Yiqilsam ham qoldim tik turib.
    Sen bo’lmasang – bu dunyosini,
    Ketar edim yo’lda qoldirib.

    Ko’rinib turganidek bu to’rtlikda nodir o’xshatishlar bor. “Xudoyimning bergan har kuni” bu misrani poetik mantiqqa tayangan holda sharhlaydigan bo’lsak, uning bergan kuni tug’ilganimizdan boshlandi (tabiiy holda voyaga yetishimiz, bolaligimiz, yoshligimizdagi yiqilishlardir haqiqiy ma’noda). Yoki hayotimizda tub burilish yasalgan kundan boshlangan kunlar yig’indisidir. Balki sevgi savdosi sinayotgan kunlardan boshlangandir “Xudoyimning bergan kunlari”. Xullas o’sha kunlar, sinovlar kuni. Umr sinovlaridir. Bunday vaziyatlarda yiqilmasdan tik qolish uchun nimadir sabab bo’lishi kerak. Bu sabab esa “sen” ikkinchi shaxs birlikdagi kimsa. Keyingi satrlarga e’tibor qaratsak. “Sen uchun yashayapman”, “sen uchun o’laman” degan siyqasi chiqib ketgan qatorlar o’rniga, bu dunyoni yo’lda qoldirib ketishi aytilayapdi. Bu dunyoni yo’lda qoldirib ketish, hayotimizning oxirgi manzili o’lim emasmi.

    Hayot tashlab qo’ymas hech kimni
    Va hech narsa chiqmas esidan
    Faqat ko’ngli cho’kkan zaminni
    Siylab turar odamlar bilan.

    Bir qarashda bu to’rtlik bizga oddiygina, jo’ngina tuyulishi mumkin. Uni takroran o’qiganimizda esa, bu oddiylik hayot haqiqati ekanligini, oddiygina hayot haqiqati ekanligini, buni hech bir inson zoti inkor qilolmasligini anglaymiz. Shoirani shu kabi bir qator turkum she’rlarini ko’zdan kechirar ekanmiz uning hayot, yashash, umr kabi mavzulardagi she’rlari kuchli hayajon va rangin bo’yoqlar bilan yozilganligiga guvoh bo’lamiz. Xosiyat Rustamova bir she’rida hayotga shunday murojaat qiladi:

    Qo’sh ko’rinar qo’rqqanga -
    O’lim yo’q narsa ekan
    Hayot, sening yelkangga
    Og’irim tushmasmikan?
    Hali – beri o’lmasdan
    Bilmay yomon – yaxshini
    Hayot senga o’lmasdan
    Qolaversam yaxshimi?

    Ta’kidlaganimizdek, shoira she’rlarining bosh mavzusi bo’lgan hayot yuqoridagi qatorlarda o’z aksini topadi. E’tibor berib qarasak,

    Hayot sening yelkangga
    Og’irim tushmasmikan?

    Tarzidagi hayotga murojaatni kuzatamiz va o’ylar girdobiga g’arq bo’lamiz. O’nlab savollar miyamizda charx uradi. Xayollarimiz bizni yiroq manzillar sari yetaklaydi. Bu, albatta, shoiraning yutug’i bo’lib hisoblanishi bilan bir qatorda she’rlarining o’ziga xosligini belgilovchi bir vositadir. Shoira hayot haqida kuylar ekan uning she’rlari she’rxon tilidan yozilgandek go’yo. Quyidagi qatorlarni kuzatamiz:

    Ketgandim hayotning ichiga kirib,
    Biror bir kunini qilmasdan kanda
    Ilohim, o’lmasdan qolmay yiqilib
    Ko’nglim aynimasin hayot deganda.

    Bu baytlarni qayta hikoyalash, mazmun mohiyati haqida gapirib o’tirish sal erishdek tuyuladi. Negaki, bu to’rtlikni o’qigan odam shoiraning nima demoqchi ekanligini to’la anglab yetishi shubhasiz, menimcha. Ko’pchilik hayotning qiyinchiliklariga chiday olmay, ruhan va jismonan qiynalgan paytda uni tark etgisi kelib qoladi. Lekin shoira bunday qiyinchiliklarni sabab qilib dunyoni tark etish allqanday ojizlik ekanligini o’z ijodida keltirib o’tadi. Buning biroz qo’rqinchliroq kechishini ham esidan chiqarmaydi :

    Charchadim. Og’riqlar ko’ksimga botdi,
    Bu holda dunyodan o’taman qanday.
    Yuragim to’xtadi bir zum – Hayot,
    Qo’rqinchli joyiga yetib kelganday.

    “ Aytilishida, birgina harf bilan farq qilib turgan Hayot va Xayol mening hayotimda unchalik ham ahamiyat kasb etmaydi. Hayolda yashash ko’proq zavq beradi. Men shu sababdan har ikkovini adashtirib yuboraman “. “ Hayot va o’lim. Mening yig’i va tabassumim ularning orasida sakrab yurgan baxtiyor qizaloqqa o’xshaydi “.

    Yuqorida keltirilgan she’rlar o’qiganimiz hayot va xayol to’g’risidagi fikrlar Xosiyat Rustamova talqinida shunday yangragan. Shoira ijodidagi bu kabi o’lmas
    mavzularning yangi qirralari hali bisyor.

    O, buncha umr uzun
    Axir ketdim-ku, qarib
    Tursang edi shu bugun-
    Yo’lni ortga qaytarib…

    Umr o’tkinchi, o’lim haq ekanligi haqida takror va takror yozgan shoira yoshlik, bolalik umrning bahor faslini sog’inish, unga qaytishni qo’msashini she’rxonga yuqoridagi to’rtlik orqali ma’lum qilgandek. Shoira she’rlarining rang - barangligi, turfa xilligi va o’ziga xosligi ana shunday omillar bilan belgilansa ajab emas.



    Fodalanilgan adabiyotlar:

    1. X. Rustamova “ 40:0 “ She’rlar. Toshkent, 2011.
    2. X. Rustamova “ Devor “ She’rlar Toshkent, 2009.
    3. X. Rustamov “Ishg’ol” She’rlar. Toshkent, 2011.
    4. “ Filologik tadqiqotlar IV “ Maqolalar to’plami. Toshkent, 2013.

    Bilim All » Ilimiy maqalalar bo'limi | 30-yanvar, 2015 jıl
    Bul bet 4372 ret ko'rildi.


    Reyting: Maqala unadima? Baha beriw sizin' qolın'ızda!
    +4


    Qadrli dugonam

    Hayotda shunday insonlar uchraydi-ki, nima bo’lishidan qat’iy nazar barcha narsalardan yaqinlarini ustun qo’yadilar. Hatto o’zlaridan ham. Rayhon aqlli, farosatli qiz bo’lgani uchun, qo’polroq, cho’rtkesar, biroz ...

    Kutilgan savolga kutilmagan javob

    Bir saltanatda ,zehinli, notiq, shoir yigit yashar ekan. Yigit saroyda kichik lavozimda ishlashiga qaramay , podshoh uning maslahatlariga quloq solardi. Ammo uni vazirlar xushlamas edilar. “- Bizdek vazirlar turib, uning gapini...

    Chechaklar safiga qo’shilgan g’uncha

    Bolalik va yoshlikni inson umrining tongi deb atasak, o’rinli o’xshatish qilgan bo’lamiz. Bu beg’ubor davrda har bir o’g’il-qiz bir dunyo orzu-umidlar og’ushida yashaydi. Hayot, umrning ma’nosi to’g’risida o’z dunyoqarashi,...

    Konstitutsiya - baxtimiz poydevori!

    Har yili konstitutsiyamiz qabul qilingan kuni nishonlar ekanmiz davlatimiz rahbari o’zlarining bayram tabrigini fuqorolarga yo’llaydi. O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi mamlakatimizning demokratik davlat va fuqorolik...











 English Time


Login:
Parol:
«    Noyabr 2024    »
DuSiSaPiJuSeEk
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
 Tamaddun nurı jurnalı

 Ku'nnin' qaharmani                  


Megaline.uz 2012-2016
E-ma'nzil: info@megaline.uz
Megaline.uz - saytının' informatsiyalıq resurs bazası "Bilim All" 2016.
Sayt materialların ruxsatsız ja'riyalaw qadag'an etiledi.