Bilim All
   Son'g'ı qosılg'an resurslar
    » » » Qadrli dugonam

    Qadrli dugonam
    Hayotda shunday insonlar uchraydi-ki, nima bo’lishidan qat’iy nazar barcha narsalardan yaqinlarini ustun qo’yadilar. Hatto o’zlaridan ham. Rayhon aqlli, farosatli qiz bo’lgani uchun, qo’polroq, cho’rtkesar, biroz hasadg’oy dugonasi Nigorani ayaydi. Rayhon shuning uchunmi Nigorani “qadrli dugonam” deydi. Qadrli so’zini esa o’ziga yaqin olgan insonlarga ishlatadi. Rayhon kasal bo’lgani tufayli bir muddat maktabga kela olmagandi. Maktabga kelsa u o’tiradigan joyda boshqa qiz o’tiribdi.
    -Axir bu yer mening joyim emasmi? – hayron bo’ldi Rayhon.
    Shunda Nigora keldi-da:
    - Endi sen men bilan o’tirmaysan. Sening joying orqada, – dedi jahl bilan.
    - Nega bunchalar alamzadasan? – nima bo’layotganini tushunmasdi Rayhon.
    - Sen yolg’ondanmi, rostdanmi kasal bo’lganingda Senga “Faxriy yorliq” yozishdi, chorakliklaring esa “5”. Ikkimiz birga dars tayyorlardik, lekin men past baho olganman, seniki esa yuqori. Rayhon dugonasi bu so’zlarni jahl ustida aytayotganini bilardi va dedi:
    - Sen bunchalikka borasan deb o’ylamagandim. Boshqa shunday desa indamagan bo’lardim. Lekin bu sen, – dedi yig’lab yuborar darajada.
    - Ha-a tushundim.Sen menga hasad qilgansan .
    Ikki dugona urishayotganiga hamma hayron
    Rayhon xuddi jahli chiqqandek, Nigoraning yuziga shapaloq tortib yubordi va dedi:
    - Meni sen qayerdan ham tushunarding. Boshing yostiqqa tegsa, tanangni og’riq qoplasa, qarashgayam holing qolmasa o’shanda tushunarsan. Ammo men buni senga ravo ko’rmayman, chunki do’stimsan, – dediyu chiqib ketdi.
    Ammo bu bilan Rayhon kasal bo’lganini aytmoqchi emasdi.
    Nigora esa shundan so’ng qattiq betob bo’lib qolib, kasalxonaga tushdi.
    Rayhon uni ko’rgani bordi.
    Nigora unga orqasini o’girib yotarkan, bir og’iz gap aytdi:
    - Esingdan chiqdimi?
    - Senga kasal bo’lganim haqida aytgandim.Tushunmabsan. Men “Bir kuni bu ishing haqida o’ylasang, afsuslana boshlasang, kechirim so’rashgayam yuraging dov bermasa ham, do’stim bo’lib qolaverasan. Hammaning yonida shapaloq tushirishim sababi esa, sen izza bo’lganingdan ko’ra men yomon ko’ringanim yaxshi” deb o’yladim. Qadrli dugonam, – jilmaydi Rayhon.
    Nigora esa uning chehrasiga qarab “rahmat” degandek bo’ldi.
    kuni bu ishing haqida o’ylasang, afsuslana boshlasang, kechirim so’rashgayam yuraging dov bermasa ham, do’stim bo’lib qolaverasan. Hammaning yonida shapaloq tushirishim sababi esa, sen izza bo’lganingdan ko’ra men yomon ko’ringanim yaxshi” deb o’yladim. Qadrli dugonam, – jilmaydi Rayhon.
    Nigora esa uning chehrasiga qarab “rahmat” degandek bo’ldi.


    Xalbayeva Shirinoy.

    Bilim All » Gu'rrin'ler bo'limi | 06-yanvar, 2015 jıl
    Bul bet 2746 ret ko'rildi.


    Reyting: Maqala unadima? Baha beriw sizin' qolın'ızda!
    +1


    Kutilgan savolga kutilmagan javob

    Bir saltanatda ,zehinli, notiq, shoir yigit yashar ekan. Yigit saroyda kichik lavozimda ishlashiga qaramay , podshoh uning maslahatlariga quloq solardi. Ammo uni vazirlar xushlamas edilar. “- Bizdek vazirlar turib, uning gapini...

    Vidolashuv xati

    Kechki payt Beknur onasiga xat yozayotgan edi. “Onajon mana o’n oyki men uchun kuyib-pishasiz. Men uchun o’zingiz istamagan holda o’z farzandlaringizning ko’nglini ranjitdingiz. Mening hamma voqealardan xabarim bor, siz meni...

    Nihol va chirmovuqlar

    Katta o’rmon ichida, bir kichkina nihol o’sardi. Nihol katta va uzoq umr ko’ryotgan daraxtlar gapini eshitishni yoqtirmas, ularning so’zlarini nazariga ilmas ekan. U o’zini hammadan chiroyli deb bilar, boshqalar gaplashsa gapini...

    Og’ir o’tmish

    Men hozir dengiz qirg’oqlarida dam olyapman, mayin shabada esib turibdi. Shu topda xayolimga hech nima kelmayapti. Faqat o’tmishimdan tashqari. O’tmishimning qayg’uli kunlari: mening qayg’uli kunlarim onam vafotidan so’ng...

    Meni aldab jonim ne foyda ko’rding?!

    Men seni jonimdan ham ortiq sevardim, Doim birga bo’lamiz deb orzu qilardim, Senga sodiq bo’lib doim yurardim, Senga o’zgalar kerak men shuni bildim!...











 English Time


Login:
Parol:
«    Noyabr 2024    »
DuSiSaPiJuSeEk
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
 Tamaddun nurı jurnalı

 Ku'nnin' qaharmani                  


Megaline.uz 2012-2016
E-ma'nzil: info@megaline.uz
Megaline.uz - saytının' informatsiyalıq resurs bazası "Bilim All" 2016.
Sayt materialların ruxsatsız ja'riyalaw qadag'an etiledi.