Bilim All
   Son'g'ı qosılg'an resurslar
    » » » Ibrayim Yusupov lirikasida tuyg’ular kechinmadoshligi

    Ibrayim Yusupov lirikasida tuyg’ular kechinmadoshligi
    D.Adilchayeva,
    Nukus madaniyat va san’at kolleji 2-bosqich o’quvchisi


    Milliy istiqlol davri qoraqalpoq lirikasi taraqqiyotida Ibraim Yusupov ijodi mustahkam o’rin egallaydi. Shoir muntazam hayot falsafasi bilan bog’liq kuzatishlarini qabariq tasvir ruhiyatiga singdirishga intiladi hamda jonli mushohada zalvoridan kutilmagan mantiqiy hukm-xulosalar hosil qiladi. Unda nozik did va yuksak umuminsoniy tuyg’u omuxtalashib ketadi, unda realistik ohang va tafakkur teranligi ruhiy tahliliga yo’l ochadi, unda ohori to’kilmagan kayfiyat va tutilmagan tashbeh bir-birini to’ldiradi, unda so’z g’aroyib qudrati va adabiy talqin jo’shqin shijoati uyg’unlashadi, unda milliy ifoda o’lchami va qadriyaviy mezonlar tig’izlashuvi o’zaro o’rin almashadi, unda tushuncha ijtimoiy yo’naltirilganlik darajasi va axloqiy pozitsiya jamuljami tenglashadi:

    Izlayman, tinmasdan varaqlab kitob,
    Elning so’zlariga quloq solaman.
    Cho’lda shamollarga qilaman xitob,
    Yulduzlarga qarab o’yga tolaman [2, 98].

    “Mavjudlik jumbog’i” – mudomi ijodkor shuurini band etgan tushuncha. Hayotni o’rganish hamda mohiyatni anglashga intilish uning a’molini tayin etadi. Inson ibtidosi hamda intihosini tushunish ikki vositasi – bilim va tajriba yaxlitligi sezim quvvat-hofizasini oshiradi. She’r sarlavhasi bejizga “Izlanish” deya nomlanmagan. Odamzod hamisha aqliy-hissiy idrokka ehtiyoj tuyadi. Vaholanki, “umr – izlanishdan iborat ekan”, yashash ma’no-mazmunini ilg’ash oson kechmaydi. Sir-sinoatlarga boy borliq tahlili inson qalbi va tabiat bir-biriga tutashuviga zamin hozirlaydi. Izlanish muallifga koinot bepoyonligi, xayolot cheksizligini uqtiradi. Tasavvur bilan muloqotga kirishgan shoir jozib muqoyasalarni namoyish qiladi. “Ibraim Yusupovning she’rlarida fikr birinchi misradan she’rning xotimasiga tomon yuksalib boradi. Shoir bir fikrga ikkinchi fikrni, ikkinchisiga uchinchini ulab ketaveradi, natijada har bir band shu she’rda shoir ilgari surmoqchi bo’lgan g’oyani yangi bir tomondan ochishga xizmat qiladi [3, 171-172]. Uning ijodida tajribali san’atkorga xos adabiy mahorat qabarib ko’rinadi. Jozibador ohang, tashbeh tanlovi hamda idrok sezgisi shiddati mushohadamizni dalolatlaydi. “Bir narsani umrim bo’yi izlayman, U axir nimadir – bilmayman biroq” – deya e’tirof etadi muallif. Fikr qamrovi izchil o’sish-o’zgarishda kengayishi hamda tuyg’u maxrajini g’oya tarqoqligiga yo’naltirishi vositasida ijodkor fitrati o’ziga xoslikka erishadi:

    Ko’ngil – yo’l bo’yida o’sgan bir eman,
    Tuyg’u – buloq aytar shan rivoyatlar.
    Turfa xil qurolu turfa qo’l bilan
    Tanasiga yozuq erur dastxatlar [2, 99].

    Tuyg’uni moddiylashtirishga yo’g’rilgan tasvirda tabiatdan olingan muqoyasalar (ko’ngil – yo’l bo’yida o’sgan bir eman, tuyg’u – buloq aytar shan rivoyatlar) ruhiy holatni oydinlashtirishga xizmat qiladi. Mantiqiy ta’kid (turfa xil qurolu turfa qo’l) ifoda mustaqilligini kuchaytirishga zamin hozirlaydi. Unda ob’ektivlashtirilgan tasavvur ikki qatlamga ajraladi: dastlabki baytda sof chizgi manzara hosil qilsa, ikkinchi baytda lirik sub’ekt munosabati tadqiq sahniga chiqadi. Lavhani musavvirona aniqlikda chizgan shoir bir-ikki poetik sharh quvvati bilan uni she’riy qahramon ruhiy holatiga ko’chirishga intiladi.

    Umuman, Ibraim Yusupov lirikasida tasvir ruhiyati ijodkor estetik olami va iste’dod darajasini belgilaydigan mezon darajasiga ko’tariladi. XX asr qoraqalpoq nazmi shodasida shoir badiiy izlanishlari yaxlit bir adabiy-estetik hodisa sifatida muayyan salmoq kasb etadi. Zahmatkash xalq manfaat hamda ehtiyojlarini kuylash, o’zlikni anglashga da’vat va ajdodlar shijoatidan iftixor hissini tuyish uning mag’zini ta’minlaydi. Adolatsizlikka nisbatan murosasiz nafrat hamda milliy qadriyatlar qiymatini ulug’lashni maqsad qilib qo’yadigan sohir she’riyat yosh avlod onggida insoniylik va vatanparvarlik sezimini mustahkamlaydi, ko’ngildan ifodaga ko’chgan yoniq so’z harorati kitobxon tasavvurida aks-sado beradi va voqelikni estetik baholash mezoniga evriladi.


    Adabiyotlar
    1. Karimov I.A. Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor. –Toshkent: “O’zbekiston”, 2009. -B.17.
    2. XX asr o’zbek she’riyati antologiyasi. –Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”, 2007. -B.98.
    3. G’afurov I. Yurak – alanga. –Toshkent: “Adabiyot va san’at”, 1980. -B.171-172.
    4. www.ZIYONET.uz

    Bilim All » Ilimiy maqalalar bo'limi | 14-iyul, 2015 jıl
    Bul bet 5375 ret ko'rildi.


    Reyting: Maqala unadima? Baha beriw sizin' qolın'ızda!
    +5


    Chechaklar safiga qo’shilgan g’uncha

    Bolalik va yoshlikni inson umrining tongi deb atasak, o’rinli o’xshatish qilgan bo’lamiz. Bu beg’ubor davrda har bir o’g’il-qiz bir dunyo orzu-umidlar og’ushida yashaydi. Hayot, umrning ma’nosi to’g’risida o’z dunyoqarashi,...

    Muhabbat fasli

    Muhabbat qo’shig’in birga kuylasak, Hamda sevgimizni birga so’ylasak, Hatto bir fikrni, o’yni o’ylasak, Muhabbat degani asli shu erur,...











 English Time


Login:
Parol:
«    Aprel 2024    »
DuSiSaPiJuSeEk
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 
 Tamaddun nurı jurnalı

 Ku'nnin' qaharmani                  


Megaline.uz 2012-2016
E-ma'nzil: info@megaline.uz
Megaline.uz - saytının' informatsiyalıq resurs bazası "Bilim All" 2016.
Sayt materialların ruxsatsız ja'riyalaw qadag'an etiledi.