O’zbek dramaturgiyasida Navoiy obrazining badiiy talqini
G’ulomjon Atajonov
Ajinyoz nomidagi NDPI magistranti
Ajinyoz nomidagi NDPI magistranti
Buyuk mutafakkir shoir, tilshunos olim, davlat arbobi Mir Alisher Navoiy o’zining durdona asarlari bilan turkiy xalqlar adabiyotida o’chmas iz qoldirgan, o’zbek adabiyotining ravnaqiga katta hissa qo’shgan buyuk siymodir.
Professor M.E. Malovning iborasi bilan aytganda, Navoiy o’z asarlari bilan XV-asrdan e’tiboran, Xuroson va Markaziy Osiyodagi turkey tildagi adabiyotning Sharqqa qarab odim otishida va keng yoyilishida vositachilik rolini o’ynadi. Alisher Navoiy, bir tomondan, turkiy xalqlar og’zaki ijodiyoti va Ahmad Yassaviy, Lutfiy, Atoiy kabi so’z san’atkorlarning merosiga xos hamma fazilatlarni davom ettirish, rivojlantirish, ikkinchi tamondan esa, sharq adabiyotining mumtoz namoyondalari hisoblangan va shuhrat qozongan Nizomiy Ganjaviy, Husrav Dehlaviy va Abdurahmon Jomiy siymolariga ma’nan yaqinlashish bilan adabiy tafakkur olamining sinovlarida komillik kasb etgan ijodkordir, turkiy xalqlarning o’y fikirlari orzu-umidlarini kuylagan qalam sohibidir.
Alisher Navoiy o’z asarlari bilan o’zbek adabiyotining nufuzini benihoya oshirdi. Uning jahon adabiyoti qatoridagi nufuzini yana bir pog’onaga ko’tardi. Birinchi bo’lib turkiy tildagi “Xamsa” ni yaratdi. Shoirning “Xazoyin ul-maoniy” majmuasini tashkil etgan devonlarga kirgan lirikasi, xususan “Xamsa” dostonlar vositasida o’zbek adabiyotidagi umumbashariy g’oyalarni o’zida keng ko’lamli qilib bayon qila oldi. Islom dini va tasavvufdagi odam va olam tushinishdagi ta’limotning turkiy adabiyotdagi ta’limotini teran ko’rsatib berdi. Navoiy asarlari o’zining g’oyaviy badiiy mundarijasi bilan o’z navbatida boshqa turkiy xalqlar o’rtasida juda erta tarqaldi va shuhrat tutdi. Turkiy xalqlarning so’z san’atkori Alisher Navoiyni turkiy til va bu tildagi adabiyot uchun kurashuvchilarning sarvari sifatida tanidilar shoirning asarlarida o’z ruhiy olamini, adibning qahramonlarida o’z orzu umidlarini ko’rdilar. Navoiy ijodiy yuksakligi badiiy so’z sohiblari uchun orzudagi bir mezon bo’lib qoladi. Shu bois Navoiy mahoratini o’rganish, hayot hodisalarini, jamiyatning quvonch va tashvishlarini navoiyona qalamga olish so’z san’atkorlarining estetik qarashlariga toboro ko’proq singib boradi.
XVI-asrda yashagan adabiyot homiysi Abdurashidxondan boshlab XIX asr shoiri Bilol Nozimgacha Navoiyning mahorat maktabiga murojaat qilish izchil jarayon sifatida kechadi.
Alisher Navoiyga murojaat qilish jahon adabiyoti tajribasida bo’lganidek, daholardan o’rganish, ularning ijodiy tajribalaridan bahra olish, yangi ijodiy kashfiyotlarga qo’l urushni bildirar edi. Qolaversa Navoiyga murojaat etish ustoz an’analarini davom ettirish qobilyatiga ega bo’lgan ijodkorlarni ham talab qilar edi.
Komil Yashin xarakterlarni harakatda ochish san’atida dramaturgiyamizda o’ziga xos adabiy maktab yaratdi. Bu maktab san’atkorlarning qanchadan-qancha shogirdlarini tarbiyalab voyaga yetkazdi, yetkazyapdi, qanchadan-qancha shogirdlarni ijodiy cho’qqilarga ruhlantirdi, ruhlantirayapdi. Ayni chog’da, dramaturgiyamiz bayroqdorining qalamkash- safdoshlariga ta’siri, safdoshlarning unga ta’siri bir-biriga ustoz, bir-biriga shogirdlari ham o’z an’ana samaralariga ega. Dramaturgiyamizning dramatizm va kollegiyalarga boy pe’salar, ayniqsa, “Gulsara”, ”Nurxon”, musiqali dramalari shogirdlari bilan bir safdoshlarga ham ibratli namunalardir.
Xarakterlarni harakatda ochish san’atida mazkur asarlarni mavjud xislat-traditsiyalarini muallif bilan bir safdoshlari ham davom ettiradi, ular yangi-yangi navatorona xususiyatlar bilan boyitadi. Shu jihatdan ayniqsa, Uyg’un va Izzat Sultonning “Alisher Navoiy” (1944) p’esasi alohida etiborlidir. Har bir davr adabiy jarayonining o’z shoh asari, o’z durdonasi bo’ladi. Dramaturgiyamizning yigirmanchi va o’ttizinchi yillari “Boy ila xizmatchi”, “Maysaraning ishi”, “Paranji sirlari”, “Gulsara”, “Nurxon” larsiz tasavvur qilishimiz qiyin. Qirqinchi yillarni esa “Alisher Navoiy” siz idrok etishimiz qiyin. Binobarin bu asarni dramatik nuqtai nazardan mahsus ko’rib o’tamiz.
Butun umrini xalq baxti uchun kurashga bag’ishlaganlar, xalqchill ideallarni deb jon olib, jon berganlarning nomlari mangulikka barhayotdir. Bundaylarni hayotdagi kabi adabiyotdad ham abadiylashtirish, doimo birinchi darajali vazifalarimizdan bo’lib keladi. Zotan adabiyotimizda zamonaviy mavzu juda ham muhim bo’lgani holda, tarixiy mavzular mavjud. Chunki zamonaviylik muammosi faqat shu kunlardan olib yozilgan asarlar orqali hal qilinmaydi. Yozuvchi tarixga murojaat qilish bilan undan zamonaviy masalalarni hal qilishga ko’maklashuvchi faktlarni izlaydi, tarixga zamonamiz tendentsiyalari nuqtai nazaridan yondashib, uni davrimiz xizmatiga bo’ysundiradi. Misilsiz jangovor sahifalarga boy tariximiz zamondoshlarimizga hamma vaqt yaqin va qimmatli.
“Alisher Navoiy” dramasining mualliflaridan biri Izzat Sulton bunday hikoya qiladi: “ Alisher Navoiy” ni dastavval biz uch kishi –Hamid Olimjon, Uyg’un va men hammualliflikda yozmoqchi bo’ldik. Biz asarni yozishga kirishihsdan oldin buyuk daho Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga oid Navoiy, Mirxond va Bertel’s asarlaridan materiallar to’pladik, so’ng Uyg’un bilan birga Oqtoshga chiqib asar ustida bir oy jiddiy ishladik. Navoiy hayoti va ijodiga, u yashagan davr muhitiga oid yig’ilgan materiallarni sinchiklab o’rgandik va dramaning rejasini tuzib, shaharga qaytdik. Bu paytda Hamid Olimjon Maskvaga ish bilan ketgan edi. Maskvadan qaytgach, bizning drama ustida olib brogan ishimiz bilan tanishib, “ikkalangiz asar ustida ancha ishlabsiz, endi mening ishtirokimning hojati yo’q”, deb p’esani bizga havola qildi. Biz Uyg’un bilan birga asarni yoza boshladik. Dramaning vujudga kelishiga bizning hissamiz bir xil, ikkimiz ham teng mehnat qilganmiz. Men bir kartina yozsam, uyg’un boshqa kartina yozgan. Masalan, men Astrobot kartinasini yozsam, Uyg’un bo’lak kartinani yozgan. Xullas, asar ustida shunday yaqin hamkorlikda ish olib borganmiz. Drama avval prozada yozilgan edi. Men Uyg’unga asarni she’riy uslubda yozishni tavsiya etdim biz asarning poetik uslubda juda durust chiqayotganligini ko’rib, uning ustida yanada qizg’in ishlay boshladik. Natijada dramaning yarmi she’r yarmi prozada yozildi. Bu esa asarning qimmatini oshoradi, unga qanot paydo qiladi. Dramani yozish jarayonida Uyg’un sevgi va muhabbat liniyasiga ko’proq etibor berish kerakligini aytdi. Men asarda Alisher Navoiy va u yashagan tarixiy muhitni butun murakkabligi bilan aks ettirishni lozim ko’rdim. Natijada biz dramaning satsial tomoniga e’tibor qaratdik. Biroq shuni ham alohida takidlashim kerakki dramaning estetik jihatdan puxta chiqishida Uyg’unning xizmatlari katta bo’ldi’’.
“Alisher Navoiy” dramasi 1941-yilda yozilib, 1945-yil may oyida Hamza nomidagi edavlat akademik drama tiyartrida talantli rejissiyor Mannon Uyg’ur tomonidan sahnaga qo’yildi, so’ngra bu asar ko’pchilik viloyat tiyatrlarida ham sahnalashtirildi.
“Alisher Navoiy” ning muhim fazilatlaridan biri uning zamonamiz bilan hamohangligi va hamnafasligidadir.
Dramaturglar Navoiy qiyofasidagi eng muhim tamon, olmos qirra – gumonizmni topa bildilar va uni o’z asarlarida yetakchi planda katta ehtiros bilan aks ettirdilar. Bu eas dramaga chuqur hayotiylik va umrboqiylik baxsh etadi. “Engur zulmatni nur albatta shaksiz”, degan fikr Navoiy obrazining markaziy nuqtasini, shoir ideali va falsafasining asosini , umuman, asarning harakatini boshqaruv g’oyasini tashkil qiladi. Draqmadagi barcha katta kichik voqea va hodisalar ham, bosh va yordamchi syujet va konflikt yo’llari ham anashu asosda bo’ysundirilgan.
Zulmat bilan nur, reaktsiya bilan adolat o’rtasidagi kurash p’esaning bosh syujet va konflikt yo’llarinio tashkil etadi. Dramaturglarning mahorati ham anashu hayotiy ziddiyatni o’z asarlarida haqqoniy ifoda etishlari, badiiy to’qimadan ustalik bilan foydalanishlari, syujetni kuchli dramatizm asosida talqin qilishlari, harakterlarini yorqin gavdalantirishlarni va nihoyat , tarixiy o’tmishga zamonaviy ko’z bilan yondoshishlarida aniq namoyon bo’ladi.
Alisher Navoiyning shoir, davlat va jamoat arbobi sifatida faoliyatining gullagan payti ham ansahu tarixiy davrda bo’lgan.
Tarixiy asar uchun muhim bo’lgan tarixiy haqiqatga sodiqlik dramada o’zining to’liq ifodasini topgan. XV-asr feadalizm davrida yuz bergan tarixiy xodisalarning va shu muhitda yashab ijod etgan Navoiy, Behzod, Sohibdaro, Husayn, Majididdin, Binoiy va Mo’minmirzo kabi tarixiy shaxslarning asarga asos qilib olinishi fikrimizning aniq isboti bo’la oladi. Bular esa dramaning chuqur tarixiyligini, o’tmishni bilishy jihatdan ham muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi.
Dramaturgalar asarning g’oyaviy-badiiy jihatdaqn mukammalligini oshirishda badiiy to’qimadan ham ustalik bilan foydalanganlar. Natijada dramada yuqorida nomlari qayd etilgan tarixiy shaxslar bilan bir qatorda Guli, Abdumalik, Turdiboy, Qulmuhammad, Hosiyat, Qunduz, Qutbiddin, Ubaydullo, Mansur, Abdulvose, Munajjim kabi persanajlar ham o’rin olgan. Bu persanajlar yozuvchilar ijodiy fantaziyasining mahsuli bo’lib, ular ma’lum hayotiy haqiqatga egadir. Busiz to’qima obrazni tasavvur etish qiyin. San’atkorlar ijodiy xayolning hayotiyligi ayniqsa, Navoiy bilan Guliy o’rtasidagi muhabbatga va shoir bilan Mansur munosabatlariga asoslangan yordamchi syujet chizziqlarida yorqin namoyon bo’ladi.
Alisher Navoiy har bir voqea va hodisaga “Aql va idrokning talabiga ko’ra” yondoshadi va har bir masalaga xalq va davlat manfaati nuqtai nazaridan baho beradi. Navoiy Hirotdagi xalq isyonini ham bostirishda masalaga adolat va haqiqat nuqtai nazaridan qaraydi “xalqning haqli talablariga odilona quloq solmoq lozim” ligini shohdan talab etadi. Majididdin esa tezda isyonchilar ustiga qo’shin tortib bosqinni bartaraf etishni taklif qiladi. Bayqaro esa “Temur avlodi qilichning qudrati” ni ko’rsatishga shoshiladilar.
Yodgormizo poytaxtga kirish va Bog’iston qal’asini egallashi vaziyatni yanada murakkablashtirardi. Mamlakat tinchligi va osoyishtaligi uchun jiddiy xavf bo’lgan ushbu voqeani bartaraf etishda ham Navoiy “bunday musibatlarni hayajon va his bilan emas, har bir mushkulni aql va sovuqqonlik bilan, hal qilish” ni lozim ko’radi. Bu og’ir vaziyatda ham Alisher xalq va davlat manfaati yuzasidan yurtni tinchitish va Yodgor Muhammadni tinchitish borasidagi butun ixtiyorni o’z zimmasiga oladi. Navoiy poytaxt qo’zg’olonchilari oldiga borib, Hirot beklari tomonidan nohaq solingan soliqlarni hirojni bekor qiladi. Xalqning odil talabiga quloq solib, zolim beklarni jazolaydi. Me’mor Jaloliddin yordamida Bog’iston qal’asiga yashirin yo’l bilan kirib Yodgormirzoni tiriklayin qo’lga tushirib, Husayn huzuriga keltiradi. Bu ikki bu ikki masalani xal qilishda Navoiy xarakteridagi xalq va davlat manfaati yo’lida har qanday og’ir vazifani bajarishga qodirlik, xaqiqatparvarlik va adolatparvarlik xususiyatlar yorqin holda ko’rinadi. Navoiy davlat arbobi sifatida ushbu fazilatlari bilan Husayn Bayqaro va Majididdinlardan yuqori turadi. Chunki Husayn saltanat ishlariga o’zining “dunyo bevafo, toj-tah bebaho” qabilidagi falsafiy qarashi bilan yondoshsa, Majididdin esa urush va tengsizlik tarafdori.
Dramaturgalar Navoiy obrazini puxta yaratish uchuntarixdan muhim voqealarni saralab oldilar misol uchun asardagi Darveshali qo’zg’olonini olaylik. Tarixdan ma’lumki, Alisher Navoiyning inisi darveshali saltanatga qarshi bosh ko’targan. Dramadan Darveshali qo’zg’oloni Navoiy tamonidan bostirilganligi va u Husayn huzuriga yuborilganligidan xabardor bo’lamiz. Demak dramaturglar bu tarixiy faktdan ham Navoiy harakteridagi xalq va mamlakat tinchligi yo’lida har qanday og’ir vazifalarni bajarishga qodirlik kabi muhim hislatlarni yanada yorqinroq ko’rsatishda ustalik bilan foydalanganlar. Darveshali qo’zg’olonini tinchitib, Balhda osoyishdalik o’rnatib, Hirotga qaytgan Alisher katta hurmat va izzat o’rniga asossiz zulm va razolatga duch keladi. “Fitnachi o’rgimchak” ning omon qolishi, inisi Darveshalining zindonga solinishi, ariq qazish ishlarining to’xtatilishi, Jaloliddinning qatl etilishi va Gulining haramga keltirilishi kabi voqealar Majididdin boshliq reaktsion guruhlarning Navoiy va uning tarafdorlariga qarshi ochiqdan-ochiq kurashga o’tish edi.
Gulining o’limi bilan ham Alisherning qaddini buka olmagach, shoir bilan Husayn o’rtasiga nizo sola olmagach, Majididdin “mish-mishlarga qaraganda shahzoda Badiuzzamonning feli bir aynigan emish. Alisher siz o’tirgan taxtga o’g’lingiz Badiuzzamonin yoki nabirangiz Mo’minmirzoni ko’rmoq orzusida yurgan emish!” deb yana fisqu fasodni avjiga mindirib, shohni Alisherdan voz kechishga undaydi va o’zining razil muddaosiga erishadi.
U nurning zulmat ustidan g’alabasi yo’lida kurash olib borishdan charchamaydi. “Astrabotdek notinch bir viloyatda ham tinchlik va osoyishtalik o’rnatadi”. “Balh ustida chiqqan ota bilan bola o’rtasidagi xavfli mojaroni bartaraf etadi ” va mamlakatta nisbiy tinchlik o’rnatish, insonlar o’rtasida adolat va haqiqat urug’larini sochish Alisher Navoiy uchun eng mo’tabar, eng oliyjanob ish edi.
Navoiy simosidagi bu oliyjanob fazilatlar bizga yaqin zamondoshlarimiz uchun ibratlidir. Asar mualliflarinig Navoiyning ijtimoiy-siyosiy faoliyatini puxta aks ettirishga aloxida e’tibor berishlarining sababi ham shunda. Chunki tarixiy shaxs sifatida shoir faoliyatidagi ushbu fazilatlar bir tomondan, asarda Navoiy xarakterini qirrqlarini yorqin aks ettirishda ikkinchidan esa dramaning zamonaviy ruhini yanada oshirishda katta ahamiyatga ega edi.
Navoiy Hirotdagi xalq isyonini bartaraf etish, Yodgormirzoni da fetish uchun jo’nar ekan Bayqorodan “xalq xuzurida, butun kuchuni yurtni obot qilishga sarf eturlar”, diya vada berishga vakolat so’raydi. Shoh ham bunga rozi bo’ladi. Biroq Bayqoro Majididdinning ta’sirida o’z va’dasidan voz kechadi xalq vakili sifatida saroyga yuborilgan Jaloliddin pulsiz qaytadibu Majididdin boshliq salbiy kuchlar tamonidan Navoiyga berilgan birinchi zarba edi dramada Navoiyning ijtimoiy-siyosiy faoliyati yoritilishi jarayonida shoir ideali, Navoiy va xalq masalalari ham ochiq oydin namoyon bo’ladi. “Adolat barchadan afzal va oliy” deb tushingan Navoiy mamlakatda adolat va haqiqatning qaror topishi faqat yurt bog’boni podshoh amri bilangina ro’yobga chiqishi mumkin deb o’ylaydi va barcha masalalarga shu mezon asosida yondoshadi. Uning Husayinni odillikga chaqirishi, yurt va xalq g’amini yeyishiga da’vat etishning boisi ham shunda. Haraktaerlarni harakatda ochish san’atdamazkur asarlarda mavjud xislat-traditsiyalarini muallif bilan birga safdoshlari ham davom ettiradi, ularni yangi-yangi navatirona xususiyatlar bilan boyitdi. Shu jihatdan ayniqsa, Uyg’un va Izzat Sultonning “Alisher Navoiy” (1944) p’esasi alohida etiborlidir. Har bir davr adabiy jarayonining o’z shoh asari, o’z durdonasi bo’ladi. Dramaturgiyamizning yigirmanchi va o’ttizinchi yillarini “Boy ila xizmatchi”, “Maysaraning ishi” , “Paranji sirlari”, “Gulsara”, “Nurxon” larsiz tasavvur qila olmaganimizdek uning qirqinchi yillarini “Alisher Navoiy” siz idrok etaolmaymiz.
Drama maqsad, izchil rivojlantirilishi, ustunlik bilan amalga oshirilishi namuna bo’larli darajaga yetkazilgan. Asarda konflikt ibtidosi g’oyat qisqa. Shoh Husayn Bayqaroning yangi xiroj olish to’g’risidagi buyurug’iga qarshi xalq g’alayoni va poytaxtga Yodgorbekning kutilmaganda bostirib kelishi bilan dramatik kanflikt tugallanadi. Lekin “Alisher Navoiy” ga xos xususiyatlar ayniqsa uning murakkab rejalanganligi, mualliflarning maqsadi o’tkir qiyinchilik vaziyatlardan chuqur hayotiy zaminda ta’sirli ifodalashga intilib, yordamchi konfliktlarga murojaat etishlari dramatik harakat tugunini tag’in ham kattaroq tugishga olib keladi: yuqoridagi tugun yuzaga kelgach, Navoiyning ashaddiy dushmani makkor, g’alamis va fitnachi vazir Majididdin shohning maishatparast va buzuq tabiatidan foydalanadi. Uning bog’da yurgan qiz (bu shirning sevgilisi Guliy edi) ni ko’rib, xayoli qochgan shohga “haromboz” deyishi bilan boyagi tugun yana bir bor qattiq tugiladi. Bu yordamchi chiziq Navoiy ideali bilan uning zamoni va zamondoshlari axloqiy va dunyoga qarashlari maslaklaridagi ziddiyatlarzaminidan tug’uluvchi bosh kanfliktni kuchaytirishda, xarakterlar xususiyatlarini ochishda, ularning ruhiy dunyosini ifodalashda ichki va tashqi harakat birligini taminlashda muhim zveno bo’lib qatnashadi.
Dramatik konfliktning puxta va qattiq tugulishi, unda murakkab hayotiy ziddiyat va insonning taqdirlarini qamrab olinishi voqealarini tez rivojlantiradi, persanajlar munosabatini darxol keskinlashtiradi, Navoiyning xalqparvarligi, adolat o’rnatishida qat’iy va o’z so’ziga amal qilishi ikkkinchi ko’rinishda tag’in ham kuchliroq qarshiliklarga- bekzodalar va ularning homiylari noroziligiga, Mansur kabi yangi ayg’oqchi dushmanlarning ko’payishiga sabab bo’ladi. Majididdin bilan Yodgorbek o’rtasidagi xoyinlikni ochuvchi xatning Navoiy qo’liga tushishi, Darveshali qo’zg’olonida uning og’asi ulug’ shoirimizning ishtiroki bor deya tuxmat qilinishi, sir ochilmasligi uchun Yodgorbekning qatil etib yuborilishi kabi hodisalar ayniqsa tashqi harakatni tobora kuchaytiradi, chuqurlashtiradi, ichki harakatga zamin hozirlaydi.
Ikkinchi parda oxirida (to’rtinchi ko’rinish) Navoiy dalillar bilan Majididdinning xoyin va razil shaxsligini ochib tashlagach, shoh tomonidan uni o’ldirish uchun jallodning chaqirilishi bilan drama, ayniqsa tashqi harakat ma’lum nihoyaga yaqinlashgandek, uning marrasi ko’rinib qolgandek tuyiladi. Biroq dramaturglarimizning, san’atkorligi konfliktni mahorat bilan rivojlantirishlari, unga munosib harakat tanlaganlari, voqealarni ilgaridan kuchaytirishga, dramatizmning oshishiga olib keladi: Majididdinning ustaomonligi va Darveshali qo’zg’oloni bostirilguncha uning o’limini kechiktirishga shohni ko’ndirishga kifoya qiladi. Bu hol o’z o’rnida yana yangi kurashuvlarning, yangi kuch bilan ilgariga jadal borishiga, murakkablashishiga olib keladi. Yangi jumboq - endi nima bo’lar ekan, degan mushkil savol va sir kitobxon yoki tomoshabinning hayajon va besabrlik bilan kutishga, asardagi dramatizmning asiri bo’lishga mahkum etadi.
Kanflikt keskin va murakkab bo’lsa bir shna asarida dramatizm bir necha bor yuqori cho’qillarni egallashi mumkin. Lekin ularning navbatdagisi oldindagisidan kuchli bo’lishi mumkin. Zotan bu janr dramatizmi tabiati shunitalab qiladi. “Alisher Navoiy” da xuddi shunday xislatlar mavjud. Jumladan, beshinchi va oltinchi ko’rinish (uchinchi pardada) Gliyning, shoh haramiga keltirilgach, og’ir va fojeali qismatga yo’liqishi, Jaloliddinning qatl etilishi, obodonchilik ishlarining yo’ldan chiqarilishi xaeakterlarni yangi vaziyatga munosib ravishda chuqur ochadi, dramani murakkablashtiradi. O’z niyatlari rejalarini muholifat tomonidan barbot etilayotganini ko’rgan Navoiy daxshatga tushadi, ayniqsa, yaqin do’sti Jaloliddinning o’ldirilishi Navoiyni larzaga solidi.
Ey! Voh!
Bu sho’rlik! Bu stam! Bu qonli vahshat!
Bu zulmat! Bu jafo! Bu zulm! Bu dahshat!
Gunohi ne erdi u tilla boshning?
Gunohi ne erdi u porloq quyoshning?
…Javohir saqlagan dengiz erdi u.
Hunar, fan bobida tengsiz edi u.
U san’at yurtining shunqori erdi.
U elning iftihori ori erdi.
Edi qilishlari pok o’zi ham pok.
Dili pok, ham tili pok, ham so’zi pok
-Bosh qahramon tilidan aytilgan va tashqi harakatlar majmuasining ichki
Harakatga olib kelishi sifatida yuzaga chiqqan monologda dramatizim o’zining yuqori cho’qqilaridan biriga chiqqan.
Lahza o’tmay shu zahotiyoq dramatizm ilgarigidan ham yuqoriga ko’tariladi: Gulining haramdaligini eshitgan Navoiyning shu ondagi holati, uning ruhi va kayfiyatini dramaturglar ifodasi, bosh qahramon nuqtai orqali tasavvur etish mumkin:
Yo rabbiy, bu ne hol!?
Tushummu yo bu o’ngummi. Tangrim.!?
Bu mashum mujdani kim sharh etar? Kim?
… Falak solmish mening boshimga g’ashlik.
Yiqil zolim falak, xormi stamkor!
Balolar domiga qilding girifdor!
Yiqil ustimga, gardun, yiql tez!
Yiqil boshimni yanch! Gavdamni bos, ez!
Navoiy ichki dunyosini, aniq vaziyatlardagi holatini g’oyat ta’sirli ifodalovchi va ichki harakterga boy bu monologdan so’ng shoir haram tomon otiladi. Natijada ichki harakat tashqi harakat bilan almashinadi. Dramatik oqim shu asnoda yaxlit va yagona yo’nalish kasb eta boradi. Keying ko’rinisharda ham dramatizm nafaqt pasayadi va susayadi, aksincha yangi- yangi vaziyatlarda zo’rayib, harakterlarning qirralarini keng ocha beradi. Bunga yettinchi ko’rinishda (to’rtinchi parda) Navoiyning Guliyga haramda duch kelib, “ko’zim chiqsin seni ko’rguncha mundoq, kesilsin til seni ko’rguncha mundoq” deya og’ir va mushkul ahvolda qolishi, Husayn Bayqaro bilan to’qnashuvchi vaziyatlar bilan shahidlik qila oladi.
Sakkizinchi ko’rinishda harakatni ilgariga yo’naltiruvchi yangi hayotiy vositalar mavjud etiladi.
Majididdin va uning maslakdoshlari taziqi bilan shoh tomonidan Astrabotga surgin xabar kelishi qilingan Navoiyning og’ir qismati, shoir ideallarining fojeasi yangi real sharoitda namoyon bo’ladi. Orzulari zamonning zo’rligi bilan barbot bo’lgach, uning ustiga Gulidan ham ayrilgach, ko’ngli hasta shoir ijodga butunlay sho’ng’iydi. Bu o’rinda asar sujetini rivojlantiruvchi, murakkablashtiruvchi tashqi harakatdan ko’ra persanajlar, qalbini, xususan, Navoiy psixologiyasini ochuvchi tashqi harakat ustin turadi. Hatto Mo’minmirzoning Balx ustida ota-bola – Husayn shoh bilan Badiuzzamon o’rtasida janjal chiqqani to’g’risida xabar kelishi Mansurning josusligi va qotilligi oshkor bo’lishi haqidagi tashqi harakatlar va ichki harakatlar ta’sirini bosib ketolmaydi. Shuning uchun ham p’esaning bu o’rindagi dramatizm qalblarga chuqur kira oladi.
Qayg’ularim bilan sherikman mangu!
Yuragimning tubidasan, Orzularim tog’idasan, Ko’ngilginam bog’idasan, Ilk sevgilim yodimdasan!...
Men senga baxt tilab yuribman yashab!
Sen mendan kechding jonim ne sabab? Nega ketding mening ko’nglimni g’ashlab? Xayotda yolg’iz qilib ketdingku tashlab, Men senga baxt tilab yuribman yashab!...
Meni aldab jonim ne foyda ko’rding?!
Men seni jonimdan ham ortiq sevardim, Doim birga bo’lamiz deb orzu qilardim, Senga sodiq bo’lib doim yurardim, Senga o’zgalar kerak men shuni bildim!...