Bilim All
   Son'g'ı qosılg'an resurslar
    » » » O’QUVCHILARNI MATN USTIDA ISHLASH VA GAP TUZISHGA O’RGATISH

    O’QUVCHILARNI MATN USTIDA ISHLASH VA GAP TUZISHGA O’RGATISH

    Rajapova Kumush

    QQDU “O’zbek filologiyasi” kafedrasi o’qituvchisi

     

    Gap fikrning eng kichik bo’lagi, nisbiy tugallangan fikr kabi ta’riflarga ega. Chunki inson gap orqali ko’zlagan maqsadi haqida xabar berishi, tinglovchidan biror voqea hodisani so’rashi, his-hayajon, buyurish kabi mazmunlarini ifodalaydi. Umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflaridayoq gap tuzish, gapning grammatik xususiyatlari haqida ma’lumot beriladi. Boshlang’ich sinfda asosan o’quvchilar gapning bosh bo’laklari; ega va kesim; gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari: darak, buyruq va undov gaplar haqida dastlabki ma’lumotlarni oladilar. Ona tilining izchil kursini ( V – IX sinflar ) o’rganish jarayonida gap haqida ma’lum malaka va ko’nikmalar shakllanib boradi. Ular gap orqali fikrni ixcham, to’g’ri va ta’sirchan ifodalashning turli yo’llari, usullari bilan tanishadilar. Umuman, ona tili darslarida gap ustida ishlashning usullari xilma-xil bo’lib, biz ularning ayrimlari haqida fikr yuritamiz.     

                1. Ixcham gap tuzish. O’rta maktabda ona tili mashg’ulotlari oldiga qo’yiladigan asosiy talablardan biri fikrni ixcham shaklda ifodalashga o’rgatishdan iborat. O’quvchi gap qurilishida ortiqcha so’zni ishlatmasligi, maqsadni aniq ifodalovchi so’zni topib qo’llashga odatlanishi, gap tuzishda zarur bo’lgan barcha grammatik qonuniyatlarni egallashlari shart. Bu haqida me’yoriy hujjatlarda va DTS da aniq ko’rsatilgan.

    Fikrni ixcham bayon qilish uchun o’zbek tili imkoniyatlaridan to’g’ri foydalanish zarur. O’quvchilarni berilgan gaplardan mazmunga salbiy ta’sir etmaydigan ma’lum bir so’zni tushirib qoldirishga o’rgatish gapni ixcham shaklda tuzishga odatlantirishining eng muhim omillaridan biridir. Masalan: Mehmonga kelgan odamlarga juda katta hurmat-e’zoz bildiriladi. –Mehmonlarga juda katta hurmat- e’zoz bildirildi. Men uyda o’tiribman – Men uydaman. Birlashgan odam yovni qaytarar- birlashgan yovni qaytarar kabi.

    Ba’zan gapda ayrim so’zlarni takror qo’llash ham fikr ta’sirligini oshiradi. Masalan: Yaxshi niyat- yorti davlat, yomon niyat-  yorti mehnat(maqol). Oq it, qora it - bari bir it ( maqol) kabi. Demak, o’quvchilarga zarur o’rinlarda so’zlarni takroriy qo’llashga o’rgatish, xalq maqol- matallaridan foydalanishga o’rgatish ham ularning  nutqini boyitishga, ixchamlik sari yetaklashga yordam beradi.

             2. Gapni kengaytirish va toraytirish.         O’quvchilarga gap va uning bo’laklari mavzusini o’tish jarayonida yig’iq va yoyiq gaplar tuzishga o’rgatish mumkin. Masalan ixcham gaplarni kengaytirish yoki yoyiq gaplarni toraytirish usullaridan foydalanamiz. Gapni kengaytirishning eng qulay usullaridan biri kesimdan savol berish orqali uning egasini yoki ikkinchi darajali bo’laklarini topib qo’yishdir. Jumladan, Boraman, kelishdi, ko’rganmisiz? kabi bir bosh bo’lakli gaplar berib, o’quvchilardan avval ularni ikki bosh bo’lakli gaplarga aylantirish (Men boraman, Ular kelishdi. Siz ko’rganmisiz?  kabi gaplar tuzishga odatlantirish ham maqsadga muvofiqdir. Chunki o’quvchilar mustaqil fikrlashga, erkin gap tuzishga o’rganadilar. Shuningdek, sodda yig’iq, ixcham gaplarni kengaytirishga odatlanadilar. Dastlab gap bo’laklaridan bir-biriga savol berish, ixcham fikrni kengaytirish mumkin. Masalan: Qushlar qayerga? uchishdi? – Qus– hlar issiq o’lkalarga uchishdi. – Qushlar qachon? Issiq o’lkalarga uchishdi Qushlar kuzda issiq o’lkalarga uchishdi kabi . Aksincha, ayrim hollarda sodda yoyiq gaplarni sodda yig’q gaplarga aylantirish usuli ham fikrni ixchamlashtirishga, aniqlikka olib keladi.

                3. Gapning mazmunini saqlagan holda shaklini o`zgartirish usuli.                  Mustaqil ishning bu turidan 5-9 sinflarda keng foydalanish mumkin. Ayniqsa,sintaksisning izchil kursini o`rganish jarayonida 8-9 sinflarda gap bo`laklari o`qitilgada sodda gaplarni ma’nodoshlari bilan almashtirish, qo`shma gaplardan sodda gaplar hosil qilish va ko`chirma gaplardan o`zlashtirma gaplar hosil qilish jarayonida foydalanish o`zining ijobiy samarasini beradi.

                 V sinflarda ham sintaksis haqida ma’lumotga ega bo`lgach, sodda gaplarga doir mavzularni o`rganishda foydalanish mumkin. Jumladan, gaplarning ifoda maqsadiga ko`ra turlari, gap bo`laklari, qo`shma va ko`chirmaga doir mavzularni ham o`rganishda ham o`z samarasini beradi. Masalan: «Kesim» mavzusini o`rgatayotganda kesimning gap bilan ifodalanishi, ularda ko’rsatish olmoshi –ki bog’lovchisining vazifasi, bu gaplarda, vergul (-ki bo’lsa) va ikki nuqtaning ( -ki bo’lmasa ) ishlatish holatlariga misollar keltiriladi. Ayrim hollarda bunday gaplarni kengaytirilgan birikmalarga aylantirish topshiriladi. Masalan: Maqsadimiz shuki, bolalar bo’sh vaqtlarida foydali ishlar bilan shug’ullansin. Maqsadimiz: bolalar bo’sh vaqtlarida foydali ishlar bilan shug’ullanishsin. Bizning maqsadimiz- bolalarning bo’sh vaqtda foydali ish bilan shug’ullanishi kabi. Demak, bu kabi amaliy ishlarning ahamiyati shundaki, elgilarning o’quvchi gap mazmunini saqlagan holda shaklini o’zgartiradi va ularda qanday tinish bqo’yilish holatlarini anglab oladilar.   

              Demak, gap mazmunini saqlagan holda uning shaklini o’zgartirish o’quvchilar nutqining o’sishiga, erkin fikrlashga va o’z nutqida sintaktik sinonomlarning boyishiga yaqindan yordam beradi.

     

    • O’quvchilarni gap tuzishga o’rgatish;
    • Ixcham gap tuzishga o’rgatish. Masalan:Men uyda o’tiribman = Men uydaman kabi;
    • toraytirish Gapni kengaytirish.
    • Boraman –Men boraman.  Ko’rganmisiz- Siz ko’rganmisiz;
    • Gapning mazmunini saqlagan holda shaklini o’zgartirish. Masalan: Maqsadim shuki, bolalar bo’sh vaqtida foydali ishlar bilan shug’ullantirish. Mening maqsadim – bolalar bo’sh vaqtida foydali ish bilan shug’ullantirish.

     

    1. Berilgan matndagi gaplarni ajratish

                 O’rta maktablarning V – VI sinflarida ayniqsa boshlang’ich sinflarda matnni gaplarga ajratish usuli samarali foydalaniladi. O'quvchi berilgan matnda tinish belgilar tushib qoldirilgan gaplarni aniqlaydilar, har bir gapning nisbiy tugallangan mazmunga ega aybo’lishini anglab oladilar. Shuningdek, gap tuzishga, har bir gapning qand gap ekanligini ajratishga odatlanadi. Ularda qanday tinish belgilar qo’yilishini bilib oladilar. Hatto so’z va gaplarni bir-biridan farqlaydilar. Berilgan so’zlar yordamida gap tuzishga o’rganadilar. Masalan: V sinf «Ona tili» darsligida 17- dars gap mavzusini o’rgatishga qaratilgan.  Darslikda berilgan 60-61-62 mashqlar o’quvchilarni gap tuzishga, so’z va gapning farqini ajratish, hatto bitta so’zdan ham gap haqida dastlabki nazariy ma’lumotlar berishda berilgan matn tarkibidagi har bir gapni aniqlash, qanday tinish belgilar qo’yilishi anglab olish lozim bo’ladi.

                Bu esa o’quvchilarni avvaldan nutqida qo’llanib yurgan gaplarga xos sintaktik qonuniyatlarni anglab olishga yaqindan yordam beradi.       Hatto matn yaratish jarayonida olingan nazariy bilimlarni amaliy qo’llashiga, yozma nutqining ravon bo’lishiga o’z ijobiy ta’sirini tekkizadi. Masalan: V sinfda «Ko’chirma gap» mavzusini o’qitishda o’quvchilarga avvalo og’zaki matn yaratish keyin esa yozma dialogik matn yaratish topshiriladi. Bu esa ularning og’zaki nutqidagi har qanday fikrni yozma bayon qila olish malakasini shakllantiradi. Umuman, matn ustida ishlash o’rta maktablarda keng yo’lga qo’yilgan bo’lib, ularning samarali foydalanish o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqlarining ravon bo’lishlarini ta’minlaydi.

             4. Mustaqil gap tuzishga o’rgatish usullari                                                                 O’quvchilarni mustaqil fikrlashga va o’z fikr mahsulini og’zaki va yozma shakllarda to’g’ri va ravon bayon qila olishga o’rgatish ona tili o’qituvchilari oldida turgan eng dolzarb masaladir. Demak, bu kabi ma’suliyatli ishlarni amalga oshirish maqsadida DTS va darsliklarda bir qancha talablar va topshiriqlar berilgan. Har bir sinfda o’quvchilarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqib talablar belgilab qo’yilgan. Jumladan, V sinf ona tili darsligida ham gap tuzishga o’rgatishga bag’ishlangan topshiriqlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin.

    - berilgan so’z, tayanch tushuncha, so’z birikmasi, tasviriy ifoda va                 - iboralardan foydalanib gap tuzish                                                                - berilgan andozaga qarab gap tuzish;                                                                       - berilgan mavzuli rasmlar asosida gap tuzish;                                              - o’qituvchi tomonidan yoki darslikda tavsiya qilingan mavzuga doir gap      tuzish kabi.

    Xullas, ona tilining izchil kursini o’rganish jarayonida gap ustida ishlash va gap tuzish berilgan barcha mashg’ulotlarni tarkibiy qismini tashkil etadi.  Demak, V sinf «Ona tili» darsligida berilgan sintaksis va punktuatsiya bo’limining maqsadi ham shu masalani o’rgatishga qaratilgan. Darslikda berilgan gap, gapda so’zlarning bog’lanishi, gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari, gap bo’laklari, qo’shma gap, ko’chirma gap va ularda tinish belgilarning ifodalanishi kabi mavzular shular jamlasidandir. 

     


    Bilim All » Ilimiy maqalalar bo'limi | 29-iyul, 2015 jıl
    Bul bet 27468 ret ko'rildi.


    Reyting: Maqala unadima? Baha beriw sizin' qolın'ızda!
    +20


    Äóí¸ëàðíè óéғîòãàí äàҳî (äîñòîí) 1-á¢ëèì

      Қîíèìäà ìàâæ óðàð îëîâëè ҳèñëàð. Ҳàқèқàò èñòàäèì, ìåҳðèíã á¢ëäè ¸ð, Âàòàíèì! Ýé øîíëè, қàäèìèé äè¸ð, Èäðîêèì òàðèõäàí áèð õèëқàò èçëàð! Îëòèí ñàòðëàðãà îëìîñ ҳàðô áèëàí...

    “Aydın” intellektual turnirinin’ II reyting oyınlarının ...

    “Kamolot” JJH A’jiniyaz atındag’ı No’kis Ma’mleketlik Pedagogikalıq Institutı baslang’ısh sho’lkemi janında du’zilgen “Ziyalı jaslar” intellektual klubı ta’repinen sho’lkemlestirilgen...

    “Aydın” intellektual turnirinin’ I reyting oyınları haqq ...

    2015-jıldın’ 16-yanvarınan 20-fevral aralıg’ında “Kamolot” JJH A’jiniyaz atındag’ı No’kis Ma’mleketlik Pedagogikalıq Institutı...











 English Time


Login:
Parol:
«    Noyabr 2024    »
DuSiSaPiJuSeEk
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
 Tamaddun nurı jurnalı

 Ku'nnin' qaharmani                  


Megaline.uz 2012-2016
E-ma'nzil: info@megaline.uz
Megaline.uz - saytının' informatsiyalıq resurs bazası "Bilim All" 2016.
Sayt materialların ruxsatsız ja'riyalaw qadag'an etiledi.