Bilim All
   Son'g'ı qosılg'an resurslar
    » » » Tungi yog’du

    Tungi yog’du
    Yoz tunlaridan biri edi. Ukam va men tashqarida yotar edik, birdan uyqum o’chdi. O’sha vaqtda tun ham yarimlab, tong ham otay deb turgan edi. Yulduzlar g’ira-shira miltirayotgan bir payt osmonda kuchli yog’du paydo bo’ldi. Xuddi tovuq tuxum qo’yayotgandek uchta to’rtta narsa yerga qarab tushdi, ular oppoq edi. Sakrab o’rnimdan turdim, u yoq-bu yog’imga qaradim, ukam shirin uyquda edi. Sekin yotdim, lekin qani ko’zlarimga uyqu kelsa. Tong ham o’tdi, yuz qo’limni yuvib bo’lgach nonushdaga o’tirdim, kechagi voqeani uydagilarga aytmadim. Nonushtadan so’ng do’stimnikiga borib kelaman deb oyimdan ruxsat so’radim. Lekin o’rtog’imnikiga bormadim. Uyimizga eng yaqin masjidga borib o’sha masjid imomi bilan gaplashdim, bo’lgan voqeani oqizmay-tomizmay aytib berdim. U menga tabassum bilan qarab

    - Tabriklayman bo’tam, muborak bo’lsin, -dedi. Men hech narsaga tushunmadim va hazratimdan meni nima uchun qutlayotganini so’radim, u menga
    - Niyatingizni aytdingizmi bolam? - desa
    - Qanaqa niyat otaxon? -deb so’radim.
    - O’g’lim, sizga aytsam kecha meroj kechasi edi. Unda xudoyimning didoriga yetgan odam tun yarmida osmonu falakka ko’tariladi, allohimning husnu jamolidan bahramand bo’ladi va tongga yaqin yerga tushadi. Bunday hodisaga guvoh bo’lgan ekansiz, shu voqealar sodir bo’layotganda qilgan orzularingiz ro’yobga chiqar edi.

    Ming afsuslar bilan uyga qaytdim. Yillar o’tdi har yili yozda xuddi shu tuni uyqudan kechib osmonga tikilaman, ancha yillar oldin bo’lgan voqeaning takror guvohi bo’lishni istayman, agarda men ana shunday tungi yog’duning guvohi bo’lsam, xudodan butun dunyoga tanilgan va tan olingan adiba bo’lishni so’rardim!


    Xalbayeva Shirinoy.

    Bilim All » Gu'rrin'ler bo'limi | 06-yanvar, 2015 jıl
    Bul bet 2546 ret ko'rildi.


    Reyting: Maqala unadima? Baha beriw sizin' qolın'ızda!

    Vidolashuv xati

    Kechki payt Beknur onasiga xat yozayotgan edi. “Onajon mana o’n oyki men uchun kuyib-pishasiz. Men uchun o’zingiz istamagan holda o’z farzandlaringizning ko’nglini ranjitdingiz. Mening hamma voqealardan xabarim bor, siz meni...

    Bulbul

    Yoz kunlaridan birida kechqurin tashqarida uxlash uchun yotgan edim. Somon yo’li yulduzlariga boqib xayol surayotsam alla qaysi tarafdan ajoyib bir yangradi, bu ovoz inson qalbining tub-tubidagi ezgu orzularni alangalatayotgan...

    Og’ir o’tmish

    Men hozir dengiz qirg’oqlarida dam olyapman, mayin shabada esib turibdi. Shu topda xayolimga hech nima kelmayapti. Faqat o’tmishimdan tashqari. O’tmishimning qayg’uli kunlari: mening qayg’uli kunlarim onam vafotidan so’ng...

    Chechaklar safiga qo’shilgan g’uncha

    Bolalik va yoshlikni inson umrining tongi deb atasak, o’rinli o’xshatish qilgan bo’lamiz. Bu beg’ubor davrda har bir o’g’il-qiz bir dunyo orzu-umidlar og’ushida yashaydi. Hayot, umrning ma’nosi to’g’risida o’z dunyoqarashi,...

    Men senga baxt tilab yuribman yashab!

    Sen mendan kechding jonim ne sabab? Nega ketding mening ko’nglimni g’ashlab? Xayotda yolg’iz qilib ketdingku tashlab, Men senga baxt tilab yuribman yashab!...











 English Time


Login:
Parol:
«    Aprel 2024    »
DuSiSaPiJuSeEk
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 
 Tamaddun nurı jurnalı

 Ku'nnin' qaharmani                  


Megaline.uz 2012-2016
E-ma'nzil: info@megaline.uz
Megaline.uz - saytının' informatsiyalıq resurs bazası "Bilim All" 2016.
Sayt materialların ruxsatsız ja'riyalaw qadag'an etiledi.