Bilim All
   Son'g'ı qosılg'an resurslar
    » » » Beruniyning aql mashali

    Beruniyning aql mashali
    Kumushoy Rajapova
    Berdaq nomidagi Qoraqalpoq
    Davlat universiteti o’qituvchisi


    Abu Rayhon Beruniy o’rta asrning buyuk qomusiy olimi. “O’z davrida uning shug’ullangan sohasini sanashdan ko’ra shug’illanmagan sohasini sanash osoniroq” edi diyishadi. Beruniy o’ndan ziyod fanlarga oid mahsus asarlar yozgan.

    Olim milodiy 973-yil 4-sentyabr kuni xorazmshoh afrig’iylar sulolasining poytaxti Kot shahrida tug’ilgan. Qadimdan Xorazmda ilm fan taraqqiy topgan va doimiy rivojlanishda bo’lgan. Beruniy ana shunday muhitda voyaga yetgan. Olim yoshligi haqida shunday yozadi “Men bir Yunonistondan kelib qolgan olimdan turli xil o’simliklarning yunonchada qanday atalishini so’rab bir daftarchaga batafsil yozib borar edim va ularni yodlab olardim” deydi. Beruniyning oila a’zolari, ota bobolari va nasl nasabi haqida ma’lumotlar saqlanmagan. Lekin Beruniy bir rivoyatni she’riy tarzda talqin qilganligi bois uning onasini o’tin teruvchi va otasini kasalband bo’lgan deb noto’g’ri tahmin qiluvchilar ham bisyor. Beruniy qadimgi xorazm tilidan tashqari arab, so’g’diy, fors, yunon, suryoniy va qadimgi yahudiy tillarni puxta bilgan va shu tillarda yozilgan adabiyotlarni o’qiy olgan. Beruniy yoshligidan ustozi mashhur olim Abu Nasr ibn Iroq Mansur ibn Alidan ta’lim olib ilim sirlarini o’rgangan. Beruniy bu ustozini ko’pgina asarlarida hurmat bilan tilga olgan. O’z navbatida Ibn Iroqning ham Beruniyga mehri kuchli bo’lgan. U astranomiya, giyometrya va matematikaga oid 12 ta asarini shogirdi Abu Rayhon Beruniga bag’ishlab yozgan va bu ulug’ shogirdni boshqa ko’plab asarlarida hurmat bilan tilga olgan. 1035-1036 – yillari Beruniy o’zi yozgan asarlar ro’yxatini tuzgan va mazkur ro’yxatga 113 ta asar nomini keltirgan. Bu asarlardan 70 tasi astranomiyaga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi geografiyaga, 3 tasi minirologiyaga, 4 tasi kortografiyaga va boshqa fanlarga oid edi. Agar olimning undan keyin yashagan 13 yil ichida yozgan 50 dan ziyod asarlarini qo’shadigan bo’lsak ularning umumiy soni 160 dan oshadi. Ayrim manbalarda Beruniy 200 dan ziyod asar yozganni haqida ma’lumotlar ham uchraydi. Beruniyning “Minirologoya”, “Giyodoziya”, “Qonuni Masudiy”, “Al-javhar”, “Saydana”, “Hindiston”, “Yodgorliklar” asarlari mashhurdir.

    “Al-Osar al baqian al-kurun al-haliya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) qisqacha “Yodgorliklar” asari. Bu asar olimning bir vaqtning o’zida ko’plab fanlar bilan shug’ullanganligidan darak beradi. Asar Beruniyning o’ziga xos tabiatshunos, manbalarga tanqidiy ko’z bilan qaraydigan sinchikov olim, aql zakovvatli inson bo’lganligini tasdiqlaydi. Beruniy kitobda qaysi bir xalqni tilga olmasin, uning qaysi dinda ekanligidan qat’iy nazar ko’rgan, eshitgan, bilgan narsalarni xolisona so’zlab beradi. Olim asarida qadimgi yunon, xorazm, fors, surya, arab va boshqa xalqlarning insoniyat tafakkurini, moddiyatini rivojlantirish borasidagi xizmatlarini ko’rsatib beradi. Beruniy bu kitobda o’zi bilgan barcha xalqlarning: yunonlar, rimliklar, eronlar, sug’tlar, xorazimliklar, qibtiylar, xiristiyanlar va musulmonlarning yil hisobini va bayramlarini ta’riflab beradi. Beruniy bu masalalarni astronomiya fani nuqti nazaridan tahlil qiladi bir xalq yil hisobini ikkinchi xalq yil hisobiga aylantirish yo’llarini ishlab chiqadi. “Yodgorliklar” da ko’pchilik xalqlarning urf odatlari ananalari, bayramlari, dini, payg’ambarlari, muqaddas kitoblari haqida barcha ma’lumotlarni o’zida to’plagan yaxlit ensklapedya edi. Asarni olim 27 yoshida yozib tugatadi u Qobus ibn Vishmagirga bag’ishlangan. Asar Yevropada “Xranalogiya” nomi bilan mashhur.

    “Hindiston” (“Hindlarning aqlga sig’adigan va sig’maydigan ta’limotlarini aniqlash”) asari haqida olimlar R. Rozen va E. Zoxanlar shunday degan “Hindiston” kabi asar Yaqn Sharq va O’rta Osiyoda Beruniyga qadar ham Beruniydan keyin ham hech kim tamonidan yaratilgan emas. Sharq va g’arbning qadimgi va o’rta asrdagi butun ilmiy adabiyoti orasida bunga teng keladigan biror olimning undan oldin va keyin bo’lganini bilmaymiz.” Beruniy Sulton Mahmud hukmronligi davrida shimoliy Hindistonning ko’p viloyatlariga sayohat qilgan. U 13 yil davomida hind xalqi adabiyoti, madaniyati, tarixi, urf-odatini o’rganish bilan shug’ullanish natijasida “Hindiston” asarini dunyoga keltirdi. U qisqa vaqt ichida eski Sanskrit tilini ham puxta o’rgandi. Beruniy asarni yozish jarayonida o’z davrining mashhur olimlari bilan tanishadi va bu tanishuv shoh asarning mukammal chiqishini taminlaydi. Hajman katta sakson bob bo’lgan bu asarni yozishda olim eski hind qo’lyozmalaridan, bu mamlakatda o’zi ko’rgan surishtirgan aniq ma’lumotlardan unimli foydalanadi. Asarda hind adabiyoti, falsafasi, aniq fanlar, geyografiyasi, etnografiyasi, qonun va urf odatlari, dini, tarixiy diniy rivoyatlari, yozuvlari haqida fikirlar yuritiladi. Hozirgi hind olimlari hind madaniyati tarixini yoritish nuqtai nazaridan juda yuqori baholashmoqda va mo’tabar manbalardan biri deb hisoblashmoqda. Beruniy shunday deydi “Bu kitob bahslashish va tortishish kitobi emas, shuning uchun bu kitobda dushmanlar isbotini keltirmayman va haqiqatdan chetga chiqqanlarga qarshilik ko’rsatmayman. Bu faqatgina bayon qilish kitobidir xolos. Men bunda hindlar so’zini o’zicha yozaman: ularning yunonlar bilan yaqinliklari borligini bildirish uchun yunonlarning shu xildagi so’zidan qo’shaman”

    “Kitob as Saydana fi-t-tibb” (“Tabobat dorishunosligi”) qisqacha nomi “Saydana” bu kitobni yozishda Beruniy oldiga ikki maqsadni qo’ydi
    1) Dorivor o’simliklar hayvonlar va menerallarning tashqi belgilarini tasvirlash.
    2) Dori darmonlarning arab tilida qo’llanilayotgan atamalarini yunon, fors, surya, hind va boshqa tillardagi ekvivalentlari bilan taqqoslash.
    Olim dorivorlik hossa xususiyatlari va ta’siri kuchi bilan bir birining o’rnini bosuvchi dorilarga alohida ahamiyat berdiki, bu o’sha davr tabobatchiligining eng dolzarb masalalaridan hisoblangan. Gap shundaki o’rta asrlarda turli joylarda va turli mamalakatlarda har hil dori darmonlar bitta nom bilan atalar, bu esa ko’pincha bemorlar uchun xavfli bo’lgan anglashilmovchilikka sabab bo’ladi. “Saydana” asarida tabiatan tabiiy holda uchraydigan o’simliklar, hayvonlar, mevalar yoyinki tabiiy hom ashyolardan olinadigan minga yaqin dorivorlar haqida ma’lumot beradi. Bularning ko’pini Beruniy o’zi bilgan mamlakatlarda O’rta Osiyo, Eron, Afg’oniston, Hindistonda ko’rgan va shuning uchun ular haqida o’z shaxsiy fikirlarini bayon etgan. Beruniy kitobida keltirgan materiallar formokologiya fani uchun ahamiyatli bo’lib qolmay, balki yaqin Sharq va O’rta Osiyo, shuningdek Hindiston mamlakatlari o’simliklari dunyosi o’rganish nuqtai nazaridan ham ahamiyatlidir. Bundan tashqari “Saydana” lug’at asar ham hisoblanadi u bir vaqtning o’zida etimologik, tarixiy, tarjima, izohli lug’at hamdir, unda o’simliklarning 30 tildagi variant berilgan. “Saydanada” tilga olingan ayrim dorivor moddalar xususan dorivor giyohlar har tomonlama yaxshilab tekshirilgandan keyin hozirgi zamon tibbiyotida qo’llanilishi mumkinligiga shubha qilmasa ham bo’ladi.


    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
    1. Abu Rayhon Beruniy. P. G. Bulgakov – T .: Fan 1973
    2. O’zbekiston – buyuk allomalar yurti. Ubaydulla Uvatov –T .: Ma’naviyat 2010
    3. Ko’xna sharq darg’alari. Homidjon Homidiy – T .: Sharq 2004
    4. Barhayot Simolar. Ergash Ochilov – T .: O’zbekiston 2012

    Bilim All » Ilimiy maqalalar bo'limi | 15-noyabr, 2014 jıl
    Bul bet 5645 ret ko'rildi.


    Reyting: Maqala unadima? Baha beriw sizin' qolın'ızda!
    +3


    O’mir ba’ha’rinin’ ra’n’-ba’ren’ gu’li: Latofat Tajibaeva

    Jaslıq bul insan o’mirindegi ba’ha’r ma’wsimine megzes da’wir. Bul da’wirde ha’r bir insan jaqsılıqqa, do’retiwshilikke, izleniwshen’likke, pa’klikke o’mirde ne jaqsı niyet bolsa sog’an umtıladı,...

    Qayg’ularim bilan sherikman mangu!

    Yuragimning tubidasan, Orzularim tog’idasan, Ko’ngilginam bog’idasan, Ilk sevgilim yodimdasan!...

    Seni o’ylab!

    Seni o’ylab ko’zimdan yoshlar to’kildi Seni deya mag’rurgina qaddim bukildi Bu xolimni ko’rib dushmanlar kuldi Dardim ichimdadir ayta olmayman Shunda ham hech sendan kecha olmayman!!!...

    "Algebra" so’zi qay jerden kelip shıqqan?

    Bul so’z shıg’ıstın’ ullı matematigi ha’m ta’biyat tanıw pa’ni alımı Al-Xorezmiy atı menen baylanıslı. Ol qunt penen arab, parsı, hind ha’m grek tillerin u’yrengen. Muxammad...











 English Time


Login:
Parol:
«    Aprel 2024    »
DuSiSaPiJuSeEk
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 
 Tamaddun nurı jurnalı

 Ku'nnin' qaharmani                  


Megaline.uz 2012-2016
E-ma'nzil: info@megaline.uz
Megaline.uz - saytının' informatsiyalıq resurs bazası "Bilim All" 2016.
Sayt materialların ruxsatsız ja'riyalaw qadag'an etiledi.