Bilim All
   Son'g'ı qosılg'an resurslar
    » » » Farog’at Kamolova she’rlarining uslubiy xususiyatlari

    Farog’at Kamolova she’rlarining uslubiy xususiyatlari
    Ma’murjon Tursinboyev
    Berdaq Nomidagi QDU
    O’zbek filologiyasi fakulteti 4-kurs talabasi
    Ilmiy rahbar f.f.n. dotsent, Ilhombek Qurbonboyev


    Bugungi o’zbek àdàbiyotshunîsligi hàr bir tàdqiqîtchidàn o’tkir zåhn, sinchkîvlik, àyniqsà, yuzàgà chiqàyotgàn ilmiy kàshfiyot và yangiliklàrdàn õàbàrdîr bo’lishni, umumàn, kång qàmrîvli ish îlib bîrishni tàlàb etàdi. Bu esà milliy àdàbiyotimizning bîy mà’nàviy õàzinàsini chuqur o’rgànishimiz, uni ànglàshimiz uchun õizmàt qilàdi. Muhtàràm Yurtbîshimiz “Yuksàk mà’nàviyat –yångilmàs kuch” àsàridà tà’kidlàgànlàridåk, “Hàr bir ilmiy yangilik, yaràtilgàn kàshfiyot bu yangichà fikrlàsh và dunyoqàràshgà turtki båràdi, mà’nàviyatning shàkllànishigà o’zigà õîs tà’sir ko’rsàtàdi” . Shuning bàrîbàridà, ilmiy, ijîdiy izlànishlàrning sàmàràsi o’làrîq kàshf etilgàn hàr bir yangi fikr, tàdqiqîtchilàrning àdàbiy màsàlàlàr yuzàsidàn båràyotgàn yangichà õulîsàlàri àdàbiyotshunîslik bàzàsining to’ldirilib, ukàmmàllàshtirilib bîrilishigà turtki bo’làdi. Shå’riyatining màvzu ko’làmi judà kång. Shîir o’zi kuylàgàn hàr qàndày màvzudà yonib, to’lqinlànib, jîiz bo’lsà, dildàn àzîblànib kuylàshgà o’rgàngàn bo’lishi kerak. Shunday unsurlarni o’z she’rlarida mujassam qilolgan shoira Farog’at Kamolova. Shoira ko’pincha tabiatdan ilhomlanadi va to’lib toshib ijod qiladi, ayniqsa kuz manzarasi shoira ijodidagi alohida takidga sazovvordir. Shu bilan birgalikda hayot falsafasi, milliy qadryatlarimiz, dunyoning o’tkinchi ekanligi haqidagi fikirlar ham ularga uyg’undir. Quyida shoira qalamiga mansub she’rlardan birini tahlilga tortishga harakat qilamiz.

    Sekin yog’ar kuzning yomg’iri
    O’tiribmiz, so’zga xojat yo’q.
    Ko’zingizda aziz xotira
    Tanish mehr, tanish o’y,

    Yomg’ir adabiyotimizda ilhom ramzi sifatida qaraladi, lekin bu she’rda shoira aynan kuzgi yomg’irni takidlayapdi, nega endi kuzgi yomg’ir? Qaysidir ma’noda
    kuz umrga mengzalsa umr oxiri tushiniladi. Negaki tabiatda ham kuz xazon fasli, so’lg’inlik pallasi hisoblanadi. “O’tiribmiz so’zga xojat yo’q” butun
    bahor butun yoz bo’yi birga edik birga umr kechirdik bir birimizni so’zsiz ham tushinamiz shuning uchun ham so’z biz uchun muhim emas, kuzatish xotirlash
    kifoyadir degan ma’nodagi satrlar bayon etilgan.

    Bir gul ochulguncha fursat o’tibdi
    Bir ishq o’chmog’iga bu fursat yetmas
    Faqat bir qadarli tuman tushibdi
    Unda nimalardir oshkora emas

    Ustoz shoir G’afur G’ulomning “G’uncha ochulguncha o’tgan fursatni, kapalak umriga qiyos etgulik” deya boshlanuvchi “Vaqt” she’rini yodga soluvchi
    yuqoridagi misralar g’oyaviy badiiy jihatlari bilan “Vaqt” she’rining aynan o’zini eslatgani bilan Farog’at Kamolova talqinida boshqacharoq tarzda namoyon
    bo’ladi. Ishq jarohatlari ba’zan insonni umr bo’yi qiynab kelishi mumkinligini sodda va samimiy tarzda “Bir ishq o’chmog’iga bu fursat yetmas” deydi.
    Farog’at Kamolova she’rlarining bosh mazusi darajasigacha ko’tarila olgan tabiat va yomg’ir tasvirlari yorqin bo’yoqlar bilan ko’rsatilgan.

    Yana kuz, yana yomg’ir
    Yodimga solar u, sevgan chog’larni
    Hamdart sirdoshlarim jon o’rtoqlarim
    Yomg’irlar ostida yurganlarimiz
    Yana kuz, yana yomg’ir, aziz xotira

    Tabiiy ravishda dilimizda qandaydir iliqlik uyg’otishi mumkin bo’lgan kuzning mayin yomg’irlari shoira ijodida o’zining badiiy tastig’ini topgan. Bololikka
    sayr etgandek tasavvur uyg’otuvchi bu satrlar o’zining jozib tabiati va ohanga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Farog’at Kamolova bir she’rida
    shunday deydi

    Hattoki yonma yon yashab turib ham
    Bir birovin ba’zan sevolmas odam
    Hatto jonidan ortiq sevib ham
    Bir birovga mehr berolmas odam

    Bu to’rtlikda odam va olam haqiqati mujassam desak xato qilmagan bo’lamiz. Negaki hayotning o’zi buni isbotlab qo’yibdi umrlar misolida buni dalillash
    mumkin albatta .

    Kunlar hazin edi yaproqlar yupun
    Ko’nglimga botadi hasratning tig’i
    Shu qadar dunyoning ich-ichlaridan
    Go’yo chiqib kelar ajib bir yig’i

    Inson hayotida ro’y berishi mumkin bo’lgan har qanday vaziyatlar mavjud, ular kutilmagan va g’ayritabiiy bo’lishi mumkinligi hech kimga sir emas
    albatta.yuqorida keltirilgan misralar fikrimizning aynan tastig’idir desak yanglishmagan bo’lamiz.


    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
    1. Farog’at Kamolova “Holatlar kitobi 1”
    2. Farog’at Kamolova “Holatlar kitobi 2”
    3. Farog’at Kamolova “Holatlar kitobi 3”
    4. WWW.ziyouz.com
    5. WWW.ijod.uz
    6. WWW.ahmadazam.uz

    Bilim All » Ilimiy maqalalar bo'limi | 30-yanvar, 2015 jıl
    Bul bet 1949 ret ko'rildi.


    Reyting: Maqala unadima? Baha beriw sizin' qolın'ızda!

    Chechaklar safiga qo’shilgan g’uncha

    Bolalik va yoshlikni inson umrining tongi deb atasak, o’rinli o’xshatish qilgan bo’lamiz. Bu beg’ubor davrda har bir o’g’il-qiz bir dunyo orzu-umidlar og’ushida yashaydi. Hayot, umrning ma’nosi to’g’risida o’z dunyoqarashi,...

    Konstitutsiya - baxtimiz poydevori!

    Har yili konstitutsiyamiz qabul qilingan kuni nishonlar ekanmiz davlatimiz rahbari o’zlarining bayram tabrigini fuqorolarga yo’llaydi. O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi mamlakatimizning demokratik davlat va fuqorolik...

    Kel

    Tog’lar boshi qor ekan, Ko’nglim senga zor ekan, Menga soching dor ekan, Sayrona etaylik kel....











 English Time


Login:
Parol:
«    Aprel 2024    »
DuSiSaPiJuSeEk
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 
 Tamaddun nurı jurnalı

 Ku'nnin' qaharmani                  


Megaline.uz 2012-2016
E-ma'nzil: info@megaline.uz
Megaline.uz - saytının' informatsiyalıq resurs bazası "Bilim All" 2016.
Sayt materialların ruxsatsız ja'riyalaw qadag'an etiledi.