Bilim All
   Son'g'ı qosılg'an resurslar
    » » » Kutilgan savolga kutilmagan javob

    Kutilgan savolga kutilmagan javob
    Bir saltanatda ,zehinli, notiq, shoir yigit yashar ekan. Yigit saroyda kichik lavozimda ishlashiga qaramay , podshoh uning maslahatlariga quloq solardi.

    Ammo uni vazirlar xushlamas edilar. “- Bizdek vazirlar turib, uning gapini tinglash ochiq-oydin haqorat ” – deb hisoblardilar.
    Bir kuni vazirlar podshohga yigit ustidan arz qilishibdi:
    - Ey yurt otasi, olampanohim, vazirlaringiz nomidan men sizga, bir qoshiq qonimdan kechishinigizni so’rab arz qilmoqchiman, – deb gap boshladi bosh vazir.
    - Siz vazirlar xalq dardini so’zlaysiz. Shu sabab ko’pchilik bo’lib bekorga arz qilmaysiz. Marhamad, gapring, eshtaman – dedi podshoh.
    - Saroyingizda bir yigit andishasizdir, bizning g’ururimizga tegdi. Ul yigit sizning yoningizda bemalol, betamizlarcha erkin gapirar ekan siz so’ziga quloq solasiz. Har kim hukmdorga maslahat beraversa, xalq vazirlar donoligiga shubha qilmaydimi? – dedi bosh vazir.
    Qolganlar esa: “- olampanohim uni “oliy jazoga”ga torting”-dedilar.
    - Uni “oliy jazoga”ga tortmoq xudbinlikdir, aslida. Yaxshisi siz u yigit bilan bahs yuriting, bahsda kim g’olib chiqsa o’ng qol vazirim bo’ladi. Shu shartimga rozimisiz bosh vazirim – dedi podshoh.
    Bosh vazir esa o’ylamay –netmay rozi bo’ldi.
    Yigit chaqirtirildi. Vazir esa shunday savol bilan yigitni yerga urmoqchi boldi :
    - podshohimiz ko’zi-u, qulog’ini shunday boylabsizki , bizni yalangayoq bilan teng qildi.
    - Yo’q,yo’q. Qirolimiz shunchaki “Dushmanni balanddan turib emas, teng olishib yeng” demoqchi bo’lganlar
    xolos
    - Ha, siz shoirligingiz bois so’zga chechansiz. Lekn fidokor emessiz. Biz
    mamlakat uchun, podshoh uchun har narsadan kechurmiz. Siz
    bular uchun bori-yo’g’ingizdan kecha olmaysiz.
    - Yo’q adashasiz, men mamlakat hukmdori uchun emas xalq ma’rifatiati uchun, el farovonligi uchun fido bo’lishga tayyorman?! Bilinki go’zallikning intixosi bor, boylikning intihosi bor , umrning intihosi bor, hatto yerlarda ham intiho bo’ladi. Lek men tirik ekanman , qalamim intixo topmagay. Zero so’zlarim bilan madanyatimizga hissa qo’shgayman.
    - Bu bilan siyosatchi vazirlarni loyga qorishtirib, o’zingizni oy deb bilmoqchi ekansizda?
    Yigit sodda so’zlar orqasiga olam ma’noni yashirib, shunday javob qildi:

    Also meni oy demang,
    Teng qilmangiz, dog’i bor .
    O’zingizni loy demang ,
    Yer, suvning sanog’i bor.

    Vazir, yigit bu bilan nima demoqchiligini anglayolmay, hayratda qoldi .
    Podshoh esa ,, - So’zlaringiz nimani anglatadi? ” – deb so’ramoqchi bo’ldi-yu, ammo g’ururi yo’l qo’ymadi. Shunda shoh yigitning ziyrakligidan foydalanib dedi:
    - Bunday javobdan o’zim ham hayron qoldim.
    Podshoh nima demoqchiligini tushungan yigit shunday dedi :
    - Men o’zimni oyga teng bilmayman. Chunki u uzoqda, bari bir qo'limiz yetmaydi. Hech kim unga teng emas, oy bo’la olmaydi. Yer va suv esa xalqimizni boqadi. Ular sizga ko’mak berib, siyosat yuritadi.
    - Qoyil, juda tez va yaxshi javob berdingiz, – dedi podshoh.
    - Men siz shunday shart qo’yishingiz, vaziringiz shunday savol berishini bilgandim,- dedi yigit.
    Hamma uning donoligiga qoyil qoldi. Shunday qilib yigit uzoq yillar xalqiga manfaat keltiruvchi bosh vazir, podshohdan o’zining dono maslahatini ayamaydigan arbob bo’lib qolibdi.


    Xalbayeva Shirinoy.

    Bilim All » Gu'rrin'ler bo'limi | 06-yanvar, 2015 jıl
    Bul bet 2236 ret ko'rildi.


    Reyting: Maqala unadima? Baha beriw sizin' qolın'ızda!
    +1


    E’tiborsiz ish

    Qish ajoyib faslda, bizga juda yoqadi. Biz har yili muz ustida sirpanamiz, qorbo’ron o’ynaymiz. Mana bu yil ham qor yog’di, anhor muzlab qoldi. Bugun yakshanba. Endi mazza qilib o’ynash uchun chiqishimiz mumkin. Hamma kun sovuq...

    Qarz

    Oydin deraza oldida turib ho’ng-ho’ng yig’lardi. U xudodan erining dardiga darmon so’rardi. Xo’jayinim teziroq sog’ayib ketrsin deb kechayu-kunduz ibodat qilardi. Oydin biroz vaqtgacha deraza oldida turdi, shu payt darvoza...

    Boylik sirlari

    - Sevara, kel mehmon-mehmon o’ynaymiz, -dedi qo’shninikiga chiqqan Umida. Sevara esa yerga rasm chizib o’tirgan edi - Xo’p, kelaqol hozir oldingga chiqmoqchi bo’lib turgan edim, -dedi Umida Sevaraga qarab, -men senikiga...

    Tungi yog’du

    Yoz tunlaridan biri edi. Ukam va men tashqarida yotar edik, birdan uyqum o’chdi. O’sha vaqtda tun ham yarimlab, tong ham otay deb turgan edi. Yulduzlar g’ira-shira miltirayotgan bir payt osmonda kuchli yog’du paydo bo’ldi....

    Nihol va chirmovuqlar

    Katta o’rmon ichida, bir kichkina nihol o’sardi. Nihol katta va uzoq umr ko’ryotgan daraxtlar gapini eshitishni yoqtirmas, ularning so’zlarini nazariga ilmas ekan. U o’zini hammadan chiroyli deb bilar, boshqalar gaplashsa gapini...











 English Time


Login:
Parol:
«    Aprel 2024    »
DuSiSaPiJuSeEk
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 
 Tamaddun nurı jurnalı

 Ku'nnin' qaharmani                  


Megaline.uz 2012-2016
E-ma'nzil: info@megaline.uz
Megaline.uz - saytının' informatsiyalıq resurs bazası "Bilim All" 2016.
Sayt materialların ruxsatsız ja'riyalaw qadag'an etiledi.