Bilim All
   Son'g'ı qosılg'an resurslar
    » » » Bulbul

    Bulbul
    Yoz kunlaridan birida kechqurin tashqarida uxlash uchun yotgan edim. Somon yo’li yulduzlariga boqib xayol surayotsam alla qaysi tarafdan ajoyib bir yangradi, bu ovoz inson qalbining tub-tubidagi ezgu orzularni alangalatayotgan navo menga tanish edi. Xa xa bu kuy men qomsayotgan kuy, bir yil mobaynida sog’ingan bulbul navosi edi. Jajjigina qushchaning bu qadar yoqimli ovoziga mast bo’lib qolgan edim. Navoni huzur qilib tinglar ekanman, o’tgan yilgi ayanchli voqea xayolimda gavdalanardi. Bog’imizning bir chekkasidagi katta olma daraxti va uning sershox, qalin bariglari orasidagi bul bul ini va tongdan shomgacha shomdan tongacha sayraydigan ona bulbul ko’z oldimga kelardi, bulbul ne-ne qiyinchilik mashaqqat bilan in qursa va o’zidan nasl qoldirish uchun tuxum qo’yib polapon ochsa, uni parvarishlab qanotlari mustahkam, ovozi odamlar qulog’iga yoqimli qilib sayraguncha uning uchun turli xavf- xatarga qolgan bo’lsayu, shunday qilib tarbiyalagach o’z bolasidan ayrilsa…

    Naqadar ayanchli holat. Bir kuni bog’da aylanib yurib o’sha olma daraxtidagi inga ko’zim tushdi. Qarasam ona bulbul polaponiga uchishni o’rgatayotgan, polapon esa qanotlarini tez-tez silkitib shoxdan-shoxga sakrab uchayotgan edi. Bir mahal qanot qoqishi noto’g’ri bo’ldi shekilli, u yerga ag’anab tushdi. Kuzatib turibman, shu payt qayerdandir yovvoyi mushuk chiqib, bulbul bolasini changalladiyu ko’zdan g’oyib bo’ldi. Men nima bo’lganini anglab yetgunimcha ona bulbul bolasidan ayrilib bo’lgan edi. O’sha kuni bulbul chunonam mungli nola qilgan ediki, bu kuy yuraklarni ezib yuborardi.

    Xalbayeva Shirinoy.

    Bilim All » Gu'rrin'ler bo'limi | 06-yanvar, 2015 jıl
    Bul bet 2534 ret ko'rildi.


    Reyting: Maqala unadima? Baha beriw sizin' qolın'ızda!

    Chechaklar safiga qo’shilgan g’uncha

    Bolalik va yoshlikni inson umrining tongi deb atasak, o’rinli o’xshatish qilgan bo’lamiz. Bu beg’ubor davrda har bir o’g’il-qiz bir dunyo orzu-umidlar og’ushida yashaydi. Hayot, umrning ma’nosi to’g’risida o’z dunyoqarashi,...

    O’ylasam

    Gar men sizni o’ylasam, Yuragim o’ynab ketar. Siz haqdagi qo’shiqni, Tinmasdan kuylab ketar....

    Yoshlik

    Ilk sevgimning nishonasi sen, Baxt uyinning koshonasi sen, Katta yo’lning peshonasi sen , Orzularim hirmoni yoshlik....

    Sevib sevilish xayot qonuni!

    Bu dunyodan hech kim yolg’iz o’tmasin Buni hatto dushmanimga ko’rmasman ravo Baxtsizlik hech kim qo’lidan tutmasin Kelsa ham baxtsizlik lek qilmang parvo!...











 English Time


Login:
Parol:
«    Aprel 2024    »
DuSiSaPiJuSeEk
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 
 Tamaddun nurı jurnalı

 Ku'nnin' qaharmani                  


Megaline.uz 2012-2016
E-ma'nzil: info@megaline.uz
Megaline.uz - saytının' informatsiyalıq resurs bazası "Bilim All" 2016.
Sayt materialların ruxsatsız ja'riyalaw qadag'an etiledi.