Bilim All
   Son'g'ı qosılg'an resurslar
    » » » Ibn Sino bobo ulashar davo!

    Ibn Sino bobo ulashar davo!
    Reyimbayeva Nilufar
    Beruniy pedagogika kolleji
    “Tabiiy va tibbiy” fanlar kafedrasi mudiri.

    Shayxur rais – donishmandlar ustozi nomi bilan shuhrat qozongan tabib, shoir, qomusiy bilim egasi Abu Ali Husayn ibni abdulloh ibni hasan ibni sino 980-yili Buhoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida tug’iladi. Otaqsi Abdullo asli Balhlik bo’lib, somoniy hukmdorlar mahkamasida xizmatchi bo’lgan, onasi Setora esa Afshonalik edi. Ibn Sino besh yoshga kirgach, bolani o’qitish uchun oila Buhoroga ko’chib boradi avval xususiy muallimdan- Abu Abdullo Notaliy va Ismoil Zohidlardan mantiq asoslarini, riyoziyot, falsafa, fiqh-dinshunoslikni mukammal o’rganadi, keyin madrasada ta’lim olgan Ibn Sino o’tkir zehni, favqulodda qobilyati bilanalohida ajralib turadi. U qunt bilan mustaqil mutolaaga beriladi Ibn Sino o’z qo’li bilan yozgan tarjimai holida ilim o’rganish borasida chekkan zahmatlarini quyidagicha bayon etadi:
    “keyin yana bir yarim yil ilm va mutolaaga berildim. Mantiq va falsafaning barcha qismlarini qaytadan o’qib chiqdim, o’sha kezlarda men kechalari kam uxlab, kunduzlari ham ilimdan boshqa narsa bilan shug’ullanmas edim… Agar biroz uyquga ketsam tushimda ham o’ngimdagi o’sha masalalarni ko’rardim, ko’p masalalar yechimi tushimda ayon bo’lardi. Ana shu zaylda hamma ilmlarni mustahkam egallab oldim va ulardan inson imkoniyati darajasida xabardor bo’ldim”

    Ibn Sino mustaqil mutolaa bilan shug’ullanib, matematikani, astronomiyani, fizikani, arab va fors tillarini puxta bilib oladi. Mashhur tabib Abu Mansur Qamariydan ilmi tibni o’rganadi o’n yetti yasharligida Ibn Sino atoqli olim va tabib sifatida dong chiqaradi.
    Ibn Sino avval Urganchga, keyin Afg’oniston va Eronga o’tib ketishga majbur bo’ldi. U Gurgon, Ray shaharlariga boradi, bir oz vaqt Hamadon hokimi Abutohirga vazir bo’ladi. U yerdan Isfahonga o’tib, 1023-yili “Kitob-un- najot”, “Ishora va tanbihlar”, “Donishnoma” singari asarlarini yozadi. O’n yeti yoshida Ibn Sino maktub orqali Beruniy bilan tabiat hodisalari xususida munozara qilgan: davrning Abusahli Masehiy, Abunasri Iroq, Abulhayri Xammor singari mashhur olimlari suhbatida bo’lgan. Ushbu dalillar ham Ibn Sinoning favqulotda iste’tod sohibi ekanligini ko’rsatadi umrining oxirigacha sargardonlikda yurib 1037-yili Hamadon shashrida vafot etadi. Uning qabri ustiga o’n ikki qirra ustunli maqbara o’rnatilgan Ibn Sino umrining ko’p qismini darbadarlikda o’tkazganiga qaramay, muttasil ijod qildi. Dorivorlar tayyorlash, yurak kasalligi, jarrohlik kabi tibbiyot masalalariga, mantiq, falsafa, musiqa, adabiyotshunoslik til bilimi, tabiat, astranomiya va boshqa sohalarga doir to’rt yuzdan ziyod asar yozdi. Ibn Sinoning yigirma jilddan iborat “Kitob un- insof” asari hali topilmagan. Uning “Tib qonunlari” nomi bilan shuhrat qozongan asari o’tmishda Sharqda ham, G’arbda ham tibbiyotda asosiy qo’llanma hisoblangan, olimlarning tibbiyotga doir kashfiyotlari, ayniqsa, turli o’simliklardan kimyoviy yo’l bilan dori darmonlar tayyorlash haqidagi fikrlari hamon o’z qimmatini saqlab kelmoqda.

    Abu Ali ibn Sino butun dunyoda tabobat ilmining sultoni sifatida mashhur olamshumul tibbiy asarlari tufayli G’arbda Avitsenna nomi bilan dong taratgan. U Buhoro amiri Nuh ibn Mansurning oshqozon kasalini davolaganidan keyin uning shuhrati oshib ketadi. Ibn Sino asrlari XII ardan boshlab lotinchaga, u orqali yevropa tillariga tarjima qilina boshlagan. Jumladan “Tib qonunlari” asari beshta kitobdan iborat, o’zi lotinchada 40 marta to’liq nashr etilgan. Bu asarning birinchi kitobida odam tanasi organlarining tuzilishi va funktsiyalari, turli kasalliklarning kelib chiqish sabablari va ularni davolash usullari bayon etilgan. Ikkinchi kitob oddiy dorilar va ularning odam organizmiga ko’rsatadigan ta’siriga bag’ishlangan. Bu kitobda 800 dan ortiq, ularning xususiyatlari, tayyorlash va qo’llanish qilish usullari bayon qilingan. Uchinchi kitobda boshdagi kasalliklar va ularni davolash usullari haqida gapirilgan. To’rtinchi kitobda xirurgiya masalalari (suyaklarning chiqishi va sinishini davolash) haqioda so’z yuritilgan. Beshinchi kitobda murakkab dorivor moddalar, zaharlar va zaharlarga qarshi ishlatiladigan moddalar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuning uchun ham tibbiyot ilmining bobakaloni fahr va armon bilan yozgan ediki:

    Ko’k toqigacha yer qaridan asli azal
    Har qancha tugun bo’lsa, aql ayladi hal
    Har makru frib bandini yechsam-da tugal,
    Ko’nglimda tugun bo’lib faqat qoldi ajal

    Ibn Sino merosini 450 dan ortiq asarlar tashkil etadi. Shulardan bizgacha 160 ga yaqini yetib kelgan. Abu Ali Ibn Sino markaziy Osiyo, xususan O’zbekiston xalqlari madaniyatini dunyo miqyosida ko’tarishga ulkan hissa qo’shgan buyuk olim. YUNESKO qaroriga binoan uning 1000 yillik yubeleyi 1980-yilda dunyo miqyosida keng nishonlandi.
    Ushbu tabiatshunos faylasuf bobakalonimiz xozirgi kunda O’zbekiston xalqi yoshlarining qalbida abadiy yashab kelmoqda.



    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
    1. X. Xomidiy “Ko’hna sharq darg’alari” Toshkent 2004-yil
    2. E. Ochilov “Barhayot simolar” Toshkent 2012-yil
    3. O. Ayupov “Dunyo siyosat jamiyat” Guliston 2014-yil

    Bilim All » Ilimiy maqalalar bo'limi | 22-dekabr, 2014 jıl
    Bul bet 5595 ret ko'rildi.


    Reyting: Maqala unadima? Baha beriw sizin' qolın'ızda!
    +3


    Konstitutsiya - baxtimiz poydevori!

    Har yili konstitutsiyamiz qabul qilingan kuni nishonlar ekanmiz davlatimiz rahbari o’zlarining bayram tabrigini fuqorolarga yo’llaydi. O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi mamlakatimizning demokratik davlat va fuqorolik...

    Qayg’ularim bilan sherikman mangu!

    Yuragimning tubidasan, Orzularim tog’idasan, Ko’ngilginam bog’idasan, Ilk sevgilim yodimdasan!...











 English Time


Login:
Parol:
«    Aprel 2024    »
DuSiSaPiJuSeEk
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 
 Tamaddun nurı jurnalı

 Ku'nnin' qaharmani                  


Megaline.uz 2012-2016
E-ma'nzil: info@megaline.uz
Megaline.uz - saytının' informatsiyalıq resurs bazası "Bilim All" 2016.
Sayt materialların ruxsatsız ja'riyalaw qadag'an etiledi.