Bilim All
   Son'g'ı qosılg'an resurslar
    » » » Bahor bilan sirlashuv

    Bahor bilan sirlashuv
    G’amgin xayollarga g’arq bo’ldi bahor,
    Mehrli kun nuri qahat bu damda.
    Ayoz otamizning inomi oq qor,
    Oq ko’rpa o’zining bo’yiga tengmi?


    Mudraydi daraxtlar qor uchqunlaydi,
    Xushro’ysan dardlisan neni izlaysan?
    Balkim qalbing bilan pok ishqimni sen,
    Allaqanday sirli unsiz gizlaysan .

    Tolqinlar chayqalar daryolar toshar,
    Cheksiz sahrolarga inom etdim ol.
    Qush kabi parvozda bir olam topdim,
    Sen ham bir lahzaga quchog’imda qol.

    Ximmatim chekini so’rama aslo,
    Javob kutmagin hech bir savollaringa.
    … olis yashsh yo’qdir ketmasin yiroq,
    Intizorman ishqning shamollariga.

    Shuncha sahiy, sirdosh bo’lsamda hozir,
    Oshkora aytmayman aslo-daragim.
    Rashkimchi yurakka beradi jabr,
    Sevgisiz bog’larning bormi keragi?

    Seni ham qizg’ondim qalbim sultoni,
    Qizg’onganim kabi ko’p ayollardan.
    Ishon nurli bo’lar ertangi tonging,
    Xalos etar seni g’ash xayollardan.

    Bahor yayrab yashnab ko’ngillarda qol,
    Berayin ishq to’la yuragimni ol!


    Qoraqalpoq tilidan
    Anvar Allambergenov tarjimasi.

    Iste’dodli qoraqalpoq shoirasi Fotima Mirzaboyeva ijodidan ba’zi tarjimalar “Qoraqalpoq adabiyoti” gazetasining 2013-yilgi sentyabr-oktyabr sonlaridan olindi.

    Bilim All » Awdarma qosiqlar bo'limi | 11-fevral, 2016 jıl
    Bul bet 1577 ret ko'rildi.


    Reyting: Maqala unadima? Baha beriw sizin' qolın'ızda!

    Bahor

    Hamma yoqda bahor nafasi, Bulbul bilan oshno tutundim, Siz bilmaysiz mengina asli, Shoira bo’lmoq uchun tug’ildim....

    Sayr etmoqchiman...

    Istaklar ko’ngilda ochilgay go’yo, Men masrur ko’ngilning sho’x kulgusiman, Bo’ston ko’p, har biri o’zga bir dunyo, Men nazm bo’stonida sayr etmoqchiman....

    Yarashaylik

    Vafo tomirimda oqayotgan qon, Bevafolik tanangdagi jon, Men senga ishondim sen menga inon, Kel yarashaylik....

    Muhabbat

    Armon bo’lga muhabbat, Sarson bo’lga muhabbat, Orzulardan armonlari, Hirmon bo’lgan muhabbat....

    Bir seni sevarman so’zimga ishon!

    Seni o’ylab uyg’ondim har tong Aqlimga quloq solmas yuragim bejon Seni deya yasharman har laxza har on Bir seni sevarman so’zimga ishon....











 English Time


Login:
Parol:
«    Aprel 2024    »
DuSiSaPiJuSeEk
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 
 Tamaddun nurı jurnalı

 Ku'nnin' qaharmani                  


Megaline.uz 2012-2016
E-ma'nzil: info@megaline.uz
Megaline.uz - saytının' informatsiyalıq resurs bazası "Bilim All" 2016.
Sayt materialların ruxsatsız ja'riyalaw qadag'an etiledi.